Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ nerv sistemasining sinapslarida impulslarning o`tishi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ nerv sistemasining sinapslarida impulslarning o`tishi. Vegetativ
nerv oxirlari ta‘sirlanganda ularda mediatorlar hosil bo`lishi haqidagi ma‘lumotlar 275 qon aylanishi va ovqat hazm qilishga bag‗ishlangan boblarda keltirilgan edi. Bu faktni 1921 -yilda O. Levi ajratilgan yurak ustidagi tajribalarda kashf etgan. Ana shu tajribalarda sayyor va simpatik nervlarga ta‘sir etilgan, so‗ngra boshqa organlar ustidagi tajribalarda ham shunga o`xshash ma‘lumotlar olingan. Ter bezlarini innervatsiyalaydigan barcha parasimpatik va simpatik nervlarning oxirlarida mediatorlardan asetilxolin, ter bezlarining nervlaridan tashqari barcha postganglionar simpatik nervlarning oxirlarida esa noradrenalin (bir metil gruppasidan mahrum etilgan adrenalin) hosil bo`ladi. Quyidagi faktlar har xil nervlarning oxirlarida nerv impulslarining ximiyaviy yo`l bilan o`tishini ko`rsatuvchi asosiy dalillardir: 1) ajratilgan organ tomirlaridan o`tuvchi suyiqlikda yoki organdan oqib ketuvchi sonda muayyan nerv ta‘sirlangan vaqtda asetilxolin yoki noradrenalin borligi (juda oz miqdorda hosil bo`ladigan, lekin juda katta fiziologik aktivlikka ega bo`lgan mediatorlarni aniqlamoq uchun tekshiriladigan suyuqlik asetilxolin yoki adrenalinga g‗oyatda sezgir biologik obyektlarga ta‘sir ettiriladi); 2) organ tomirlariga kiritiladigan asetilxolinning ta‘siri parasimpatik nervni ta‘sirlash effektiga o`xshaydi yoki noradrenalin ta‘siri va simpatik nervga ta‘sir etish effekti bir xil bo`ladi; 3) asetilxolinni parchalaydigan xolinesteraza fermenti parasimpatik mediatorni parchalab tashlaydi va adrenalinni ham, noradrenalinni ham parchalaydigan aminokisidaza fermenti simpatik mediatorni parchalab yuboradi; 4) ba‘zi zaharlar spetsifik ta‘sir ko`rsatadi: ezerin va prostigmin parasimpatik nervga ta‘sir etish effektini kuchaytiradi, bu moddalar xolinesterazani susaytirib, asetilxolinning parchalanishiga to‗sqinlik qiladi; organning asetilxolinga reaksiya ko`rsatish qobiliyatini yo`q qiladigan modda atropin parasimpatik nervga ta‘sir etish effektini bartaraf qiladi; to‗qimaning adrenalin va noradrenalin ta‘siriga sezgirligini oshiradigan modda — kokain simpatik nervga ta‘sir etish effektini kuchaytiradi. Mediatorlar vegetativ nerv sistemasining gangliylaridagi priganglionar sinapslarda ham hosil bo`ladi. Buni 1933-yilda A. V. Kibyakov mushuk bo‗ynining yuqori simpatik tuguni tomirlaridan Ringer Lokk eritmasini o`tkazib qilgan tajribalarida birinchi marta isbot etdi u preganglionar simpatik tolalar ta‘sirlanganda tugundan oqib ketuvchi eritmada adrenalinsimon modda borligini aniqladi. Preganglionar tolalarning sinapslaridagi qo‗zg‗atuvchi mediator asetilxolin ekanligini keyinchalik V. Feldberg va J. Gaddum ko`rsatib berdi. K M Shevelevaning tajribalariga qaraganda adrenalin simpatik gangley neyronlarining aktivligini kamaytiradigan mediator ekan. Adrenalinsimon modda hosil bo`ladigan tormozlovchi tolalar postganglionar tolalar bo`lib, tugunni innervasiyalaydi va uning funksional holatini o‗zgartiradi deb taxmin qilinadi. 276 Gangliylarning sinapslarida asetilxolinning ta‘sir etish xususiyati shuki, ta‘sir effektlari tugun atropindan zaharlangach yo‗qolmaydi, ammo nikotindan zaharlangach yo‗qoladi. Shunga asoslanib, asetilxolinga sezuvchan strukturalarning ikki turi bor, deb hisoblanadi; ularning bir turi atropin ta‘sirida, boshqa turi esa nikotin va boshqa ba‘zi bir moddalar — ganglioblokatorlar (geksoniy va boshqalar) ta‘sirida asetilxolinga sezuvchanligidan mahrum bo‗ladi. Asetilxolin va adrenalin yoki noradrenalin oxirgi apparatlardagina emas, parasimpatik va simpatik nerv tolalarida ham topilgan. Masalan, sayyor nerv tolalariga elektr toki bilan ta‘sir etilganda asetilxolin topildi, simpatik nervlarda esa adrenalinsimon modda (noradrenalin bo‗lsa kerak) borligi aniqlandi. G. Deyl nerv tolalarining oxirlarida qanday mediator hosil bo‗lishiga qarab, bu tolalarni x o l i n e r g i k va a d r e n e r g i k tolalarga ajratishni taklif etdi. Barcha parasimpatik nervlar, preganglionar simpatik tolalar, shuningdek postganglionar simpatik tolalar (bular ter bezlarini innervatsiyalab, muskullarning tomirlarini kengaytiradi) xolinergik tolalar hisoblanadi. Ularning nerv oxirlarida asetilxolin hosil bo‗ladi. Yuksak temperaturada ter chiqartiradigan va skelet muskullarining tomirlarini kengaytiradigan tolalardan boshqa postganglionar simpatik tolalarning hammasi andrenergik tolalar hisoblanadi. Andrenergik tolalarning oxirlarida noradrenalin hosil bo‗ladi. Nervlardan mahrum bo‗lgan organlarning tegishli mediatorlarga sezuvchanligi vegetativ nervlar qirqilgach va aynib qolgach oshib ketadi. Simpatik nerv sistemasidan innervasiyalangan har bir organ: yurak me‘da, ichak tomirlar, ko‗zning rangdor pardasi va shu kabilar simpatik nervlardan mahrum qilinsa (desimpatizasiya), adrenalinga va noradrenalinga ortiq darajada sezuvchan bo‗lib qoladi. Huddi shuningdek organ parasimpatik nervlardan mahrum qilinsa, asetilxolinga ortiq darajada sezuvchan bo‗ladi. Nervdan mahrum qilingan (denervasiya) tuqimalarning ortiq darajada sezuvchanlik sabablaridan biri shuki, to‗qimalarda adrenalinni parchalaydigan ferment (aminooksidaza) yoki asetilxolinni parchalaydigan ferment (xolinesteraza) kamayadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling