Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Gipotalamus funksiyalari gipotalamus (Do‘mboq osti) talamusdan 
pastroqda bo‗lib, 32 juft yadroning yig‗indisidan iborat, bu yadrolarni oldingi, o‗rta 
va orqadagi gruppalar degan uch gruppaga ajratish mumkin. Gipotalamus yadrolari 
nerv tolalari orqali talamusga, limbik sistemaga (bodomsimon yadro, gippokamp, 
gumbaz pushtasiga), shuningdek pastroqdagi tuzilmalarga, jumladan miya 
stvolining retikulyar formasiyasiga bog‗langan. Gipotalamus bilan gipofiz 
o‗rtasida keng nerv va tomir bog‗lanishlari bor, shu tufayli ko‗pgina organlar 
funksiyasining nerv va gormonal regulyatsiyasi integrallanadi. Gipotalamus va 
gipofizning ko‗pincha yagona gipotalamus-gipofiz sistemasi deb birlashtirilishiga 
ham sabab shu. Gipotalamus yadrolari mo‗l-ko‗l qon olib turadi; gipotalamus 


288 
kapillyar shoxobchasining tarmoqlari markaziy nerv sistemasining boshqa 
bo‗limlaridagi kapillyarlarga nisbatan bir necha marta ortiq. Gipotalamus 
kapillyarlarining xususiyatlaridan biri shuki, ular markaziy nerv sistemasining 
boshqa kapillyarlariga nisbatan ko‗proq qon o‗tkazadi. Gemato-ensefalik baryer 
orqali miyaning boshqa qismlariga kirolmaydigan ba‘zi yirik molekulali birikmalar 
gipotalamusning nerv xujayralariga ta‘sir eta olishi shunga bog‗liq. 
Gipotalamus yadrolariga ta‘sir etish va ularni yemirish tajribalariga asoslanib, 
yurak-tomir sistemasiga, xazm organlariga, termo-regulyatsiyaga, suv-tuz, 
uglevod, yog‗ va oqsillar almashinuviga, siydik ajralishiga, ichki sekresiya 
bezlarining funksiyalariga gipotalamus yadrolarining ta‘sir etishi aniqlangan. 
Gipotalamusga ta‘sir etilganda kuzatiladigan effektlar qisman retikulyar 
formasiya bilan simpatik va parasimpatik sistemalarning markazlari bilan 
bog‗langanligiga, qisman esa organizmning ko‗p funksiyalariga boshqa ichki 
sekretsiya bezlari orqali («Ichki sekresiya» bobiga qaralsin) yoki bevosita ta‘sir 
etuvchi gipofiz gormonlarining ko‗proq ishlanib chiqishiga a‘loqador. Shunday 
qilib, gipotalamus ta‘sirlanganda murakkab reaksiyalar kelib chiqadi, bu 
reaksiyalarnikiga nerv komponentiga gormonal komponent qo‗shiladi. 
Gipotalamusning ba‘zi yadrolari ularga talamusdan va miyaning boshqa 
bo‗limlaridan nerv impulslari kelishi natijasida, shuningdek gipotalamusning ba‘zi 
xujayralari fizik-ximiyaviy ta‘sirlarga saylanma sezuvchan bo‗lganligi tufayli
qo‗zg‗aladi. Gipotalamusda ichki muxit osmotik bosimining o‗zgarishiga yuksak 
darajada sezuvchan xujayralar — osmoretseptorlar va qon temperaturasining 
kamayishiga emas, balki ortishiga sezuvchan xujayralar—termoretseptorlar bor. 
Gipotalamusning orqadagi yadrolari ta‘sirlanganda qorachiqlar va ko‗z 
yorig‗i kengayadi, yurak urushi tezlashadi, tomirlar torayadi va arterial bosim 
ko‗tariladi, me‘da va ichaklarning motor funksiyasi tormozlanadi, qonda adrenalin 
va noradrenalin ko‗payadi, glyukoza konsentratsiyasi esa oshadi. Bu xodisalar 
simpatik nervlar qirqib qo‗yilgach yo‗qoladi. Gipotalamusning orqadagi 
yadrolarida simpatik nerv sistemasining oliy markazlari borligi shundan
anglashiladi. 
Gipotalamusning oldingi yadrolari ta‘sirlanganda qorachiqlar va ko‗z 
yoriqlari torayadi, yurak urishi siyraklanadi, arteriyalar tonusi pasayadi va arterial 
bosim kamayadi, me‘da bezlarining sekretsiyasi, me‘da va ichaklarning motor 
faoliyati kuchayadi, insulin ko‗proq ishlanib chiqadi, shuning natijasida qondagi 
glyukoza kamayadi, siydik ajraladi padefekasiya ro‗y beradi. Yuqorida aytilgan 
xodisalarning hammasi gipotalamusning oldingi yadrolarida parasimpatik nerv 
sistemasining oliy markazlari borligiga aloqador. 


289 
Gipotalamusning o‗rta yadrolari — kulrang do‘mboq degan soxasi 
ta‘sirlanganda yoki yemirilganda modda almashinuvi turlicha o‗zgaradi. Kulrang 
do‗mboq zararlanganda butun gavdani yog‗ bosishi va jinsiy infantilizm kelib 
chiqishi mumkin. Hayvonlarning kulrang do‗mbog‗i surunkasiga ta‘sirlanganda 
qonda lipidlar ko‗paygan va aortada aterosklerotik o‗zgarishlar ro‗y bergan. 
Maymunlarda gipotalamusning ba‘zi yadrolari bir necha oy ta‘sirlanganda me‘da 
va o‗n ikki barmoq ichak yarasi paydo bo‗ladi. Bu tajribalar trofik funksiyalarning 
boshqarilishida gipotalamus yadrolarining qatnashuvini ko‗rsatadi. 
Gipotalamusning oldingi, o‗rta va orqadagi yadrolari termoregulyatsiyada 
birgalikda qatnashadi. Gipotalamusi yemirilgan hayvon gavda temperaturasini 
doimo bir darajada saqlay olmaydigan (poykilo-term) bo‗lib qoladi. Kulrang 
do‗mboqqa mexanik kuch yoki elektr toki bilan ta‘sir etilganda ba‘zan gavda 
temperaturasi ko‗tarilib, xa deganda tushmaydi. Gipotalamus yadrolariga elektr 
toki bilan ta‘sir etish murakkab gormonal o‗zgarishlarga sabab bo‗ladi. Natijada 
gipofizning oldingi bo‗lagidan adrenokortikotrop. tireotrop va gonadotrop 
gormonlar, shuningdek gipofizning o‗rtadagi bo‗ladigan gormonlar chiqishi 
kuchayadi.
Gipofizning oldingi bo‗lagidan gormonlar chiqishiga gipotalamusning qantar 
a‘loqa prinsipidagi. ta‘siri qondagi shu va boshqa gormonlar miqdori bilan idora 
etiladi. Buni xalqasimon o‗zaro ta‘sirning quyidagi misolida ko‗rsatish mumkin. 
Gipotalamusga ta‘sir etilganda gonadotrop gormon ko‗proq ishlanib chiqadi, 
natijada jinsiy bezlarning ichki sekretsiyasi kuchayadi. Jinsiy gormonlar 
konsentrasiyasi oshganda esa gipotalamusning gonadotrop gormon chiqishini 
qo‗zg‗aydigan yadrosi tormozlanadi. Urg‗ochi quyonning kulrang do‗mbogiga 
estrogen kristali kiritilsa, gipotalamus gonadotrop gormon chiqishini qo‗zg‗amay 
qo‗yadi va tuxumdonlar atrofi yallig‗lanadi. Erkak itlar gipotalamusining kulrang 
do‗mbog‗iga: testosteron kristali kiritilsa, gipofiz gonadotrop gormon ishlab 
chiqarmaydi, natijada moyaklar atrofi yallig‗lanadi. Gipotalamusning jinsiy 
gormonlarga nisbatan maxsus sezuvchanligi shu bilan isbot etiladiki, 
gipotalamusga gormonlar kiritilganda ro‗y beradigan o‗zgarishlar miyaning 
boshqa qismlariga gormonlar kiritilganda ro‗y bermaydi. 
Gipofizning o‗rtadagi bo‗lagidan gormonlar chiqishiga gipotalamusning 
ta‘siri ham qaytar a‘loqa prinsipida qonning osmotik bosimi bilan boshqariladi. 
Gipotalamusning oldingi yadrolari yemirilganda buyraklar ko‗proq siydik 
chiqaradi, bu yadrolar ta‘sirlanganda esa antidiuretik gormon ko‗prok chiqishi 
sababli diurez keskin darajada kamayadi. Gipotalamusning turli qismlari 
ta‘sirlanganda ro‗y beruvchi javob reaksiyalarining xususiyati shuki, ularda 
gavdaning ko‗pgina organlari ishtirok etadi. Bu reaksiyalar kompleks, 
integrallangan reaksiyalardir.


290 
Gipotalamus yadrolari umumiy, xulq-atvor reaksiyalarining aksarisida 
qatnashadi. Gipotalamus talamusdan, oqimtir yadrodan va retikulyar formasiyadan 
impulslar olib, ovqatga munosabat reaksiyalarida qatnashadi. Gipotalamus 
yadrolaridan biri ventromedial yadro ta‘sirlanganda xayvon allaqachonlardan beri 
berilmay qo‗ygan tansiq ovqatdan ham voz kechadi, shu yadro yemirilganda esa 
ovqatni ko‗proq yeydi. Gipotalamusning ikkinchi paraventrikulyar yadrosi 
ta‘sirlanganda chanqov paydo bo‗lib, suvga extiyoj oshib ketadi. Gipotalamus 
jinsiy refleksda va agressiv-ximoyalanish reaksiyalarida ham qatnashadi. Mushuk 
gipotalamusining ventromedial yadrosiga nuqtasimon ta‘sir etilsa, agressiv refleks 
ro‗y-rost yuzaga chiqadi, bu soxta g‗azab reaksiyasi deb ataladi. 
Shunday qilib, gipotalamus simpatik va parasimpatik nerv sistemalarining 
funksiyalarini va endokrin bezlarning sekretor funksiyalarini boshqarib, 
organizmdagi barcha murakkab reaksiyalarining vegetativ komponentni 
ta‘minlandi. Gipotalamus faoliyatini o‗z navbatida markaziy nerv sistemasining 
oliy bo‗limlari po‗stloq ostidagi yadrolar, miyacha va katta yarim sharlar po‗stlog‗i 
kontrol qilib turadi, ularga gipotalamus bevosita nerv yo‗llari orqali ham, miya 
stvolining retikulyar formasiyasi orqali ham bog‗langan. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling