Va oliy nerv faoliyati


Yurak shartli reflekslari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Yurak shartli reflekslari. Odamda yurak faoliyatini o`zgartiradigan shartli 
reflekslar hosil qilingan. Shu maqsadda biron shartli ta`sirot ko‗z soqqasini bosib
turish bilan bir vaqtga to‗g‗ri keladi. Ko‗z soqqasi bosilganda yurak urishi refleks 
yo`li bilan (vagusning qo‗zg‗alishi tufayli) siyraklashadi - Ashner refleksi deb 
shunga aytiladi.Shungа o‗xshash bir qancha tajribalar natijasida shartli refleks 
kelib chiqadi.Endi birgina shartli ta`sirotni qullanilishi yurak urishini siyraklata 
oladi. 
Nafasni va gazlar almashinuvining shartli refleks yo`li bilan o`zgarishi. 
Hayvonlarda ham, odamda ham nafas shartli refleks yo`li bilan o‗zgarishi 
mumkinligi V. M. Bexterev laboratoriyasida allaqachon ko`rsatib berilgan. 
Faqat shartli ta`sirotning qo‗llanilishi bilan bir vaqtda bir necha tajriba 
mabaynida muskul ishi bajarilganligi natijasida o‗pka ventilyatsiyasining shartli 
refleks yo`li bilan ortishi va kislorodning ko`proq yutilishini R. P. Ol'nyanskaya 
kuzatgan. 
Muskullar ishlashiga aloqador bo`lgan bu shartli refleksning fiziologik 
ahamiyati organizmni ishgа tayyorlashdan iborat. Ish boshlashdan oldinoq gazlar 
almashinuvining kuchayishi va o‗pka ventilyatsiyasining ortishi muskul faoliyati 


300 
vaqtida organizmning ko`proq chidamli bo‗lishiga va ish qobiliyatining 
yaxshilanishiga yordam beradi. 
Boshqa ichki organlar faoliyatining shartli refleks yo`li bilan 
o‘zgarishi. Turli signallarni shartsiz ta`sirotlar bilan birga qo‗llanib, ko`pgina ichki 
organlar faoliyatini o`zgartiradigan shartli reflekslarni vujudga keltirsa bo`ladi. 
Taloqning qisqarishi, tomirlarning torayishi, buyraklarda siydik ajralishining 
kamayishi va shunga o‗xshashlarda namoyon bo`ladigan shartli reflekslar shu 
tariqa vujudga keltirilgan. Shartli reflekslar tufayli organizmda ro‗y beruvchi 
gormonal 
o`zgarishlarni 
bir 
qancha 
tadqiqotchilar 
aniqlashgan.Masalan, 
og‗rituvchi ta`sirotning shartli signali qondagi adrenalinni ko`paytiradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling