Va oliy nerv faoliyati


Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti. Shartsiz reflekslar - 
organizmning irsiyat yo`li bilan o`tadigan tug‗ma reaktslaridir. Shartli reflekslar
organizmningindividual taraqqiyot jarayonida "turmush tajribasi" asosida kasb 
etadigan reaksiyalaridir. 


295 
70-rasm. Refleks yuzasidan I.P.Pavlov o‗tkazgan tajribalar. 
Shartsiz reflekslar turga taalluqli, ya`ni shu turning hamma vakillariga xosdir. 
Shartli reflekslar individual bo‗ladi: bir turning ba`zi vakillarida bo‗lishi, 
boshqalarida esa bo‗lmasligi mumkin. Shartsiz reflekslar birmuncha doimiy; 
shartli reflekslar esa doimiy bo‗lmay, muayyan sharoitga qarab hosil bo‗lishi, 
mustahkamlanishi yoki yo‗qolishi mumkin, ularning bu xossasi nomidan ham 
ko`rinib turibdi. Shartsiz reflekslar muayyan bir retseptiv maydonga qo`yilgan 
adekvat ta`sirlovchilarga javoban yuzaga chiqadi.Shartli reflekslar esa turli 
retseptiv maydonlarga qo`yilgan turli-tuman ta`sirotlarga javoban yuzaga chiqa 
oladi. 
Katta yarim sharlar pustlog‗i juda rivojlangan hayvonlarda shartli reflekslar 
miya po‗stlog‗ining funksiyasidir.Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib tashlangach 
shartli reflekslar yo‗qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan anglashiladiki, 
shartli reflekslarga qarama-qarshi o‗laroq, shartsiz reflekslarning yuzaga chiqishida 
markaziy nerv sistemasining quyi bo‗limlari - po‗stloq ostidagi yadrolar, miya 
stvoli va orqa miya yetakchi rol' o`ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak darajada 
tabaqalashgan odam va maymunlarda ko‗pgina murakkab shartsiz reflekslar katta 
yarim sharlar po‗stlog‗ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqishini qayd qilib 
o‗tmoq kerak. Primatlarda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining zararlanishi natijasida 
shartsiz reflekslarning patologik ravishda buzilishi va ba`zilarining yo‗qolib ketishi 
shundan guvohlik beradi. 


296 
Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov to`g`lish paytigacha hosil 
bo‗lavermasligini ta`kidlab o‗tmoq kerak. Ko‗pgina shartsiz reflekslar, 
masalan, lokomotsiya, jinsiy aktga taalluqli reflekslar odam va hayvon 
tug‗ilgandan keyin uzoq vaqt o‗tgach yuzaga chiqadi, lekin ular nerv tizimi
normal taraqqiy etgandagina namoyon bo‗ladi. Shartsiz reflekslar filogenez 
jarayonida mustahkamlangan va irsiyat yo‗li bilan o`tadigan reflektor reaktsiyalar 
fondiga qo`shiladi. 
Shartli reflekslar shartsiz refkekslar asosida vujudga keladi.Shartli refleks 
hosil bo‗lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biron 
o‗zgarishi katta yarim sharlar po‗stlog‗iga sezilib, biron shartsiz refleksning 
yuzaga chiqishi bilan bir vaqtda to‗g‗ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi 
muhit yoki organizmning ichki holati o‗zgarishi, shartli refleksning ta`sirlovchisi - 
shartli ta`sirlovchi, yoki signal bo‗lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab
bo‗luvchi ta`sirot - shartsiz ta`sirot shartli refleksning vujudga kelishida shartli 
ta`sirotga yo‗ldosh bo‗lishi, uni mustahkamlashi kerak. 
Oshxonada pichoq va vilkaning jaranglashi yoki itga ovqat beriladigan 
idishning taqqillashi so‗lak chiqartirilishi uchun bu tovushlar ovqat bilan takror 
bir vaqtga tug‗ri kelishi - so‗lak chiqarish uchun dastlab indifferent bo‗lgan 
ta`sirlovchilar ovqat bilan, ya`ni so‗lak bezlarining shartsiz ta`sirlanishi bilan 
mustahkamlanishi kerak. Huddi shuningdek itning ko‗z oldida elektr 
lampochkasini yondirish yoki qo‗ng‗iroq chalish oyoq terisiga elektr tokini ta`sir 
ettirish bilan bir vaqtga tog‗ri keltirilsa (har-gal oyoq terisiga elektr toki ta`sir 
ettirilganda oyoq bukish shartsiz refleksi kelib chiqadi), faqat shundagina oyoq 
bukish shartli refleksini vujudga keltira oladi va ta`sirot - shartsiz ta`sirot shartli 
refleksning vujudga kelishida shartli ta`sirotga yo‗ldosh bo‗lishi, uni 
mustahkamlashi kerak. Xuddi shuningdek shamni loaqal bir marta ko`rish, badan 
kuyish sezgisi bilan to‗g‗ri kelgandan keyingina yosh bola yonayotgan shamdan 
qo`lini tortib yig‗lashi mumkin. Yuqorida keltirilgan hamma misollarda
avvaliga nisbiy indifferent bo`lib kuringan tashqi ta`sirotlar idish- tovoqning 
taqillashi, yonib turgan shamni kurish elektr lampalarining yonishi, qo‗ng‗iroq 
tovushi shartsiz ta`sirotlar bilan mustahkamlangandagina shartli ta`sirlovchi 
bo`lib qoladi. Tashqi olamning dastlab indifferent bo`lgan signallari faqat 
shundagina faoliyatining muayyan turi uchun ta`sirlovchi bo`lib qoladi. 
Shartli reflekslar hosil qilish uchun vaqtincha aloqa vujudga kelishi zarur. 
Boshqacha aytganda, shartli ta`sirotni sezuvchi po‗stloq hujayralari shartsiz 
refleks dugasining tarkibiga kiruvchi po‗stloq neyronlariga vaqtincha bog‗lanishi 
kerak. 
Shartli va shartsiz ta`sirotlar bir vaqtga to‗g‗ri kelganda va bir-biriga ta`sir 
etganda katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi turli neyronlari bir- biri bilan bog‗lanadi. 


297 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling