Va oliy nerv faoliyati


Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari. Shartsiz 
reflekslarning aksarisi bir necha komponentdan tuzilgan murakkab reaktsiyalardir. 
Masalan, it oyog‗iga elektr toki bilan ta`sir etib yuzaga chiqariladigan shartsiz 
himoyalanish refleksida himoya harakatlari bilan bir qatorda nafas kuchayadi va 
tezlashadi, yurak tezroq uradi, ovoz reaktsiyalari paydo bo`ladi (it g‗inshiydi, 
vovullaydi), qon tarkibi o`zgaradi (leykotsitoz, trombotsitoz va hokazo ro‗y 
beradi). Ovqatlanish refleksi ham harakat (ovqatni yamlash, chaynash, yutish), 
sekretor, nafas, yurak - tomir va boshqa komponentlarga bo‗linadi. 
Shartli reflekslar, odatda, shartsiz refleks strukturasini gavdalantiradi, chunki 
shartsiz-ta`sirot qaysi nerv markazlarini qo‗zratsa shartli ta`sirot ham o`sha nerv 
markazlarini quzg‗atadi.Shu sababli shartli refleks komponentlari tarkibi shartsiz 
refleks komponentlari tarkibiga uxshaydi. 
Shartli refleks komponentlari reflekslarning shu turi uchun spetsifik asosiy 
komponentlarga va nospetsifik ikkinchi darajadagi. komponentlarga bo‗linadi. 
Himoyalanish refleksida harakat, ovqatlanish refleksida esa harakat va sekretor 
komponentlar asosiy hisoblanadi. 
Asosiy komponentlarga yo‗ldosh bo`ladigan o`zgarishlar - nafas, yurak urishi, 
tomirlar tonusining o`zgarishlari ham hayvonning ta`sirotga yaxlit reaktsiya 
ko`rsatishi uchun ham muxim, lekin ular, I. P. Pavlov aytganidek "sof xizmatkorlik 
rolini" o‗ynaydi. Masalan, himoyalanish shartli ta`sirlovchisi tufayli nafas 
tezlashuvi va kuchayishi, yurakning tez-tez urishi, tomirlar tonusining ortishi 
skelet muskullarida modda almashinuvini kuchaytirib, himoya harakat 
reaktsiyalarini yuzaga chiqarish uchun optimal sharoit tug‗diradi. 
Eksperimentator shartli reflekslarni tekshirganda asosiy komponentlardan 
birontasini ko`rsatkich sifatida tanlab oladi. Shuning uchun ham shartli va shartsiz 
harakat yoki sekretor yoki lokomotor reflekslar deb aytishadi. Ammo, ular 
organizm butun reaktsiyasining faqat ayrim komponentlari ekanligini nazarda 
tutmoq kerak. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling