Va oliy nerv faoliyati
Farmakologik preparatlar ta`siriga doir shartli reflekslar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Farmakologik preparatlar ta`siriga doir shartli reflekslar. Morfin
ta`siriga shartli refleks hosil qilish mumkinligi I. P. Pavlov laboratoriyasida ko`rsatib berilgan edi. It organizmiga morfin yuborilgach bir necha minutdan keyin organizm funktsiyalari murakkab ravishda o`zgaradi; so‗lak ajralishi, qusish, defekatsiya, nafasning o`zgarishi, gandiraklash, uyqu bosishi va, nihoyat, uyqu ro‗y beradi. Bir vaqtda va bir-xil sharoitda ko`p marta (8-17 kun mobaynida) morfin yuborilsa, yuqorida tasvirlangan fiziologik xodisalar (so‗lak ajralishi, qusish, nafasning o`zgarishi, gandiraklash) da ifodalanadigan shartli refleks tajriba sharoitining ta`sirida, morfin yuborishga tayyorgarlik kurish yoki teri ostiga fiziologik eritma yuborishning o`zidayoq kelib chiqadi. Morfindan zaharlanishga harakterli simptomlar shartli refleksda organizmga morfinning bevosita ta`sir etishidagiga nisbatan sustroq kurinadi. Boshqa ko`p moddalar miya po‗stlog‗ining markazlariga bevosita yoki refleks yo`li bilan ta`sir etsa, ularga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mumkin, Masalan, A. O. Dolin indifferent ta`sirotni teri ostiga bo‗lbokapnin yuborish bilan birga qulladi. Bu ta`sirlovchi 10-12 marta takrorlangach bo‗lbokapnindan zaharlanish manzarasini shartli refleks yo`li bilan gavdalantira oladigan bo`lib qoldi. Hayvonda katalepsiya holati ro‗y beradi, bo‗lbokapninning o`zi ta`sir etgandagi kabi, katalepsiya holatida oyoqlar guyo mumga uxshab qoladi, istagan vaziyatda shunday qotib qoladiki, itni to‗r li-tuman vaziyatga kiritsa bo`ladi. Bu tajribalarning hammasi shuni isbot etadiki, shartli refleks hosil bo‗lishi natijasida faoliyatini o`zgartirmaydigan qo‗zg‗almaydigan yoki tormozlanmaydigan bironta ham organ yo‗q, organizmning har-bir funktsiyasini shartli reflektor ta`sirotlar bilan yuzaga chiqarish yoki tormozlash mumkin. Hozirgi tadqiqiqotlar bosh miya katta yarim sharlarining po‗stlog‗ida funksiyalarni boshqarish imkoniyatlari katta ekanligini ko`rsatib berdi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling