Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
302 72-rasm.Ovqatlanish shartli reflekslari tekshiriladigan sharoitning sxematik tasviri (I. P.Pavlovdan). Bolalarda shartli reflekslarni tekshirish usullarini A. G. Ivanov- Smolenskiy ishlab chiqdi. U shartli signallarni ovqatlanish, nutq yoki orientirovka reaktsiyalariga sabab bo‗luvchi ta`sirotlar (rasmlar ko`rsatish) bilan mustahkamladi. Ovqatlanish harakat reflekslari tekshirilganda bola shartli ta`sirot berilgan paytda qulidagi rezinka ballonni kesib, konfet (ovqat) oladi.Ballonii qisish ovqatlanish shartli refleksini qayd qiladigan usul hamdir. Shartli reflekslar hosil qilishda shartsiz ta`sirotdan odatda 1-5 soniya ilgari signal beriladi. Tajribalar shunday qilinganda shartsiz ta`sirot ta`siri bilan deyarli bir vaqtga to‗g‗ri keladigan shartli refleks paydo bo`ladi. Bu refleks vujudga kelib mustahkamlangach, shartli ta`sirotning boshlanishi bilan shartsiz ta`sirotning boshlanishi o`rtasidagi interval uzaytiriladi: shartsiz ta`sirot shartli ta`sirotning boshlanishidan "keyinda qoldiriladi".Ovqatlanish reflekslarini hosil qilishda bunday kechikish odatda 20-30 soniyani tashkil etadi, himoyalanish harakat reflekslarini hosilqilishda teriga elektr toki bilan ta`sir etish - 8-10 soniya keyinda qoldiriladi.Shartli ta`sirotning shartsiz ta`sirotdan keyinda qoldirilishi shartli refleks miqdorini ulchashga imkon beradi. Sunggi yillarda M. N. Livanov, A. B. Kogan, A. I. Roytbak va boshqa tadqiqotchilar Pavlovning shartli reflekslarni urganish uchun yaratgan klassik metodikasi bilan bir qatorda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli sohalari va po‗stloq ostidagi strukturalarning faoliyatini tekshirish uchun elektrofiziologik usullardan ham foydalanmoqdalar. Shu maqsadda, shartli reflekslar hosil qila boshlashdan ancha vaqt ilgari hayvon miyasining turli strukto‗r alariga elektrodlar joylab quyiladi, tajriba vaqtida esa bu elektrodlar elektroentsefalografga ulanadi. Bu shartli refleksning yuzaga chiqishida qatnashayotgan har xil tuzilmalarning, ya`ni miya bo‗limlarining elektr aktivligi qanchalik o`zgarganini ko‗zatishga imkon beradi Maymunda shartli reflekslarni yuzaga chiqargan vaqtda katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi ayrim hujayralarning elektr aktivligini qayd qilish metodikasi Jasper laboratoriyasida ishlab chiqildi.hayvon maxsus yasalgan stanokka qimirlamaydigan qilib yotqizildi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli chuqurligiga mikroelektrod kiritish imkonini beradigan qurilma kalla suyagiga joylandi. Tajriba vaqtida yarim sharlar po‗stlog‗ining ayrim hujayralaridan ta`sir berishdan oldin va har xil shartli ta`sirlovchilarni qullanib, harakat potentsiallari ajratib olindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling