Va oliy nerv faoliyati
Vaqtga doir shartli reflekslar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta`sirotlar kuchiga bog‘liq, ekanligi.
Vaqtga doir shartli reflekslar. Vaqtga doir maxsus shartli reflekslar
mavjudligini I. P. Pavlov isbot etib berdi. Itga har10 daqiqada ovqat berib turilsa, shartli refleks vujudga keladi. Bu refleks shundan iboratki, itga avvalgi safar ovqat berilgach 10 daqiqagacha oxiriga sulagi oqa boshlaydi va ovqat idishi sari harakatlanish reaksiyasi ro‗y beradi. Itlarda muayyan vaqt oralig‗iga doir oyoq bukish - himoyalanish shartli refleksini xuddi shu yo‗l bilan vujudga keltirish mumkin. Buning uchun tajriba vaqtida itning oyog‗iga muttasil bir xil vaqtdan keyin, masalan, har minutda elektr toki bilan ta`sir etish zarur. 304 Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni ham vujudga keltirsa bo`ladi. Masalan, itga har kuni muayyan soatda ovqat berilsa, o`sha soatga yaqin hali ovqat berilmaganidan turib, me`da shirasi chiqa boshlaydi. Mehnat va turmush rejimi doimo birday turganda - muayyan soatlarda ishlaganda, muayyan vaqtda ovqatlanganda, har kuni ma`lum vaqtda yotib uxlaganda - vaqtga doir harxil shartli reflekslar odamda ham ko‗zatiladi. Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mexanizmlari har xil. Minutlar hisobidagi qisqa vaqtda nerv markazlarining xolatiga qo‗zg‗aluvchanligining o`zgarishiga, muayyan darajasiga, avvalgi ta`sirot iziga doir shartli reflekslar hosil bo`ladi. Uzoqroq vaqtga doir shartli reflekslarni butun organizm holatiga, xususan, modda almashinuvi, xazm organlari faoliyatining holati va intensevligiga doir reaktsiyalar deb tushunish mumkin. Shartli refleks miqdori shartsiz va shartli ta`sirotlar kuchiga bog‘liq, ekanligi. Birday sharoitda hayvondagi shartli refleks miqdori uning vujudga kelishi uchun asos bo`lgan shartsiz refleks kuchiga, shuningdek shartli ta`sirot kuchiga bog‗liq Masalan, tovush bilan ta`sir etib turib, itning oyoq terisiga juda kuchsiz elektr toki bilan ham ta`sir etilsa, vujudga keltirilayotgan shartli refleks zaif, omonat bo`lib chiqadi. Bordi-yu, shartsiz ta`sirot kuchi oshirilsa, kuchliroq va barqaror ximoyalanish refleksi vujudga keladi. Shartli refleks miqdori shartsiz ta`sirot kuchiga bog‗liq ekanligini tekshirib, shartsiz stimulning absolyut kuchi emas, balki shu stimul tufayli yuzaga chiqadigan qo‗zg‗alish intensivligi hal qiluvchi rol' uynashi aniqlandi. Masalan, tajribadan oldin tuyg‗izilgan itda ovqatlanish shartsiz reflekslari susaygan bo`lib, shartli refleks miqdori shunga yarasha kamayadi. Shartsiz ta`sirot kuchi doimo bir xilda turganda shartli refleks miqdori signal ta`sirotning jismoniy kuchiga bog‗liq. Bu kuch qancha.ortiq bo`lsa, shartli refleks o`shancha kuchli bo`ladi. I. P. Pavlov shu ma`lumotlarga asoslanib, kuch nisbatlari qonunini ta`riflab berdi. Bu qonun shartli refleks miqdori shartli ta`sirot kuchiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq ekanligini ko`rsatadi. Ammo, "kuch qonun" faqat muayyan doirada amal qiladi –har qanday shartli ta`sirot uchun kuch chegarasi bor, bu chegaradan utgach ta`sirotni kuchaytirish shartli reaksiyaning susayishiga sabab bo`ladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling