Va oliy nerv faoliyati


Shartli reflekslarning biologik ahamiyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Shartli reflekslar organizmning 
moslanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Ular organizmning hayot 
jarayonida tashqi muhit moslanishini ta`minlaydi va o`zgaruvchan xayot sharoitida 
organizmning mukammalroq orientirovkasi (muljal olishi) uchun zarur bo`ladi. 
Shartli reflekslar hosil bo‗lishi natijasida organizm bevosita shartsiz 
ta`sirotlarnigina emas, shu ta`sirotlarning organizmga ta`sir etish imkoniyati ham 
reaktsiya ko`rsatadi. Reaktsiyalar shartsiz ta`sirotdan bir necha vaqt ilgari paydo 
bo`ladi. Organizm shu vaziyatda qiladigan ish-harakatlariga shartli reflekslar 
yordamida oldindan tayyorlanadi. Shartli reflekslar ovqat topishga, xavf-xatardan 
barvaqt qutilishga, zararli ta`sirotlarni bartaraf etishga yordam beradi va shunga 
o‗xshash. 
P. S. Ko`palov va B.I. Xodorovlarning ma`lumotlariga qaraganda, 
organizmning moslanishida shartli reflekslarning ahamiyati yana shunda namoyon 
bo`ladiki, shartsiz ta`sirotdan ilgari shartli signalning ta`sir etishi shartsiz refleksni 
kuchaytirish va uning rivojlanishini tezlatadi. Masalan, ovqat yeyishdan ilgari 
ovqatga, signalining ta`sir etishi ovqatlanishni tezlatadi, ya`ni harakat 
reaktsiyalarini kuchaytiradi va so‗lak ajratish shartsiz refleksining tezligini 
oshiradi. Hayvonning tana terisiga kuchsiz elektr toki blan ta`sir etib vujudga 


308 
keltirilgan himoyalanish shartsiz harakat refleksi undan oldin ta`sir etadigan shartli 
signal tufayli keskin darajada kuchayadi. Buning sababi shuki, shartli va shartsiz 
ta`sirlovchilarning effektlari o`zaro qo‗shilib ketadi, chunki ikkalasi ham shu 
shartsiz refleks (ovqatlanish himoyalanish, jinsiy va boshqa reflekslar) markazini 
qo‗zg‗atadi. 
Shartli reflekslarning tashqi(shartsiz) tormozlanishi. Har xil yot 
ta`sirlovchilar shartli reflekslarni osongina tormozlaydi. Masalan, ovqatlanish 
shartli refleksidan oldin bexos yot tovush kelsa yoki qandaydir yot hid sezilsa, yoki 
yoritilish sharoiti keskin darajada o`zgarsa, shartli refleks susayadi va xatto 
butunlay yo‗qolishi mo‗mkin .Buning sababi shuki, har qanday yangi ta`sirlovchi 
itda orientirovka refleksini vujudga keltiradi, bu refleks esa shartli reaktsiyani 
tormozlaydi. 
Hayvon yoki odamda boshqa nerv markazlarining faoliyati bilan 
bog‗langan, ya`ni yot reflektor reaktsiyalarni vujudga keltiradigan ta`sirotlar 
ham shartli reflekslarni tormozlaydi. Masalan,hayvon oyoq terisiga elektr toki 
bilan ta`sir etib og‗ritilsa yoki shu to‗g‗rida signal berilsa, ovqatlanish shartli 
reflekslari keskin darajada tormozlanadi. Ichki organlardan keluvchi ta`sirotlar 
ham shunday effekt bera oladi. Qovuqning tulib ketishi, qusish, jinsiy qo‗zg‗alish 
biron organdagi yalliglanish protsessi ovqatlanish shartli reflekslarini susaytiradi. 
Tormozlanishning bu turlari o`rtasidagi umumiy xususiyat shuki, ular yangi 
reflektor reaktsiyani vujudga keltiradigan signallar ta`sirida kelib chiqadi. I.P. 
Pavlov bunday tormozlanishni tashqi tormozlanish deb atab bosh miya katta yarim 
sharlari po‗stlog‗ida shunday tormozlanish kelib chiqish mexanizmini bir
vaqtdagi manfiy induktsiya hodisasi bilan izohladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling