Va oliy nerv faoliyati


Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi. I. P. Pavlov shartli 
reflektor faoliyatning asosiy qonuniyatlarini aniqlab, bu faoliyatning buzilishini 
ham urgandi. Oliy nerv faoliyatining eksperimental patologiyasi asoslari shu tariqa 
yaratilgan, bu esa psixiatriya va klinik nevrologiya uchun ayniqsa 
muhimdir.Ko`pgina zaharlardan birdaniga yoki surunkasiga zaharlanish, yuqumli 
kasalliklar, turli organlar funktsiyasining buzilishi, jumladan, qon aylanishi, nafas, 
ovqat xazm qilish,chiqarish organlari faoliyatining buzilishi, o‗qituvchi ta`sirotlar, 
endokrin bezlar faoliyatining o‗zgarishlari va shungа o‗xshashlar oliy nerv 
faoliyatining patologiyasiga sabab bo`la oladi. 
Eksperimental nevrozlar degan patologik holatlar alohida diqqatga sazovor. 
Ular katta yarim sharlar po‗stlog‗ining patologik holati bo`lib, nerv sistemasi yoki 
organizmning boshqa organlari shikastlanmasdan turib vujudga kelishi mumkin. 
Eksperimental nevroz oliy nerv faoliyatining funktsional buzilishidan iborat. Bosh 
miya faoliyati qiyinlashganda, nerv protsesslarini o‗ta zuriqtiradigan sharoitda 
eksperimental nevroz ro‗y berishi mumkin. Masalan, juda kuchli shartli va shartsiz 
ta`sirotlar qo‗llanilganda, murakkab va nozik differentsirovkalar hosil qilinganda 
(bir-biriga yakdi ikki tonii yoki bir-biriga uxshaydigan ikki shaklni 
differentsiallash), tormozlovchi signallar uzoq (bir necha minut) qo‗llanilganda va 
tormozlovchi ta`sirotdan shartli ta`sirotga tez utilganda ko`pincha eksperimental 
nevrozlar ko‗zatilgan. 
Oliy nerv faoliyatining patologik holati ko`pincha hayotga xavf tugdiruvchi 
vaziyat ro‗y berishi natijasida kelib chiqqan. A. D. Speranskiy kuzatgan 
eksperimental nevroz shu jihatdan ibratlidir. Leningraddagi katta toshqin vaqtida 
suvdan zarar ko‗rgan itda normal shartli reflektor faoliyat buzilgan: shartli 
reflekslarni tekshirish tajribasi vaqtida it ovqat yemay quygan va barcha shartli 
reflekslari yo‗qolib ketgan .Oliy nerv faoliyati faqat 2 oydan keyin birmuncha 


320 
normal holatga kelgan. Ammo, tajriba xonasiga suv oqimini quyish bilanoq shartli 
reflekslar yana buzilavergan. Jildirayotgan suvning tovushi va poldagi xalqobni 
ko‗rish toshqin vaqtida hayvonga ta`sir etgan shartsiz ta`sirovchilarning shartli 
segnallari bo`lib qolgan va shu sababli patologik holatning takrorlanishiga sabab 
bo`lgan. 
Eksperimental nevrozlar yo tormozlanishning susayishida, yo qo‗zg‗alishning 
susayishida yoki ikkala protsess harakatchanligining o`zgarishida namoyon 
bo`ladi. 
Tormozlanish 
protsessining 
kuchi 
kamayganda 
ta`sirotlarni 
differentsiallash buziladi, shartli reflekslar sunadi va kechikadi; qo‗zg‗alish 
protsessi susayganda esa shartli reflekslar miqdori kamayadi. Nerv protsesslari 
harakatchanligining o`zgarishi ularning yo inertligi (faoliyatsizligi) da, yoki 
haddan tashqari harakatchanligida, anchagina irradiatsiyaga moyilligida namoyon 
bo`ladi. Eksperimental nevrozlarda shartli signallar kuchi bilan shartli refleks 
miqdori o`rtasidagi nisbatlar ko`pincha harakterli ravishda o`zgaradi. 
Nevroz holati avj olaboshlaganda teng keluvchi faza ko‗zatiladi: turli 
kuchdagi ta`sirlovchilar taxminan teng reflektor javobni yuzaga chiqara boshlaydi. 
Bu fazadan keyin paradoksal faza keladi, unda shartli signal kuchi bilan shartli 
refleks miqdori o`rtasidagi normal nisbat buziladi: kuchli shartli signallar kuchsiz 
effektni, kuchsiz shartli signallar esa kuchli effektni yuzaga chiqaradi. Nevroz 
holati yanada avj olganda kuchli, shuningdek kuchsiz shartli signallarning 
effektlari juda ham susayadi (narkotik faza).Nihoyat, muayyan hollarda 
ultraparadoksal fazani ko‗zatish mumkin. Bu fazaning harakterli belgisi shuki
ijobiy shartli signallar tormozlovchi effekt beradi, tormozlovchi shartli signallar 
esa, aksincha, ijobiy shartli reaktsiyaga sabab bo`ladi. 
Baravarlovchi, paradoksal va ultraparadoksal fazalar ko`p kunlar va hatto 
haftalar davom etishi mumkin. Ba`zan nevroz holati barqaror bo`lganda shartli 
signallar kuchi bilan shartli refleks miqdori o`rtasidagi anormal nisbatlar surunkali 
(xronik) tus oladi. Siyraklik holatidan uyquga o‗tishda eksperimental nevroz 
bo`lmaganda ham ba`zan shunga o‗xshash hodisalar uchraydi. Ayni vaqtda itlar 
ustidagi tajribalarda ko`pincha shunday holatlar ko‗zatiladiki, ovqatlanish shartli 
refleksining sekretor komponenti saqlangani holda harakat komponenti 
tormozlanadi: shartli signalning ta`siriga javoban so‗lak chiqadi-yu, hayvonga 
hatto ovqat berilgandan keyin ham, u ovqat idishi sari harakatlanmaydi. Murakkab 
reaktsiyadagi ayrim komponentlarning shunday ajralib qolishi gipnozda ham qayd 
qilinadi. I. P. Pavlov gipnozga butun miya po‗stlog‗ini emas, balki uning katta 
bo`lagini o‗z ichiga olgan sun`iy (partsial) uyqu deb qaragan edi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan fazalar N. E. Vvedenskiy kashf etgan parabioz 
fazalariga o‗xshash ekanligi e`tiborni jalb etadi. Ammo, bu o‗xshashlik faqat 
yuzaki o‗xshashlikmi yoki shartli tormozlanish bilan N. E. Vvedenskiy tasvir etgan


321 
parabiotik tormozlanishning tabiati asos e`tibori bilan birligidan kelib chiqadimi
bu masala hali ravshan emas. 
Nevroz holatlari yo butun yarim sharlar po‗stlog‗ini yoki uning o‗ta zuriqqan 
va funktsional jihatdan susaygan ayrim qismlarini uz ichiga olishi mumkin. Miya 
po‗stlog‗idagi ayrim qismlarning funktsiyasi buzilgan taqdirda oliy nerv 
faoliyatining o‗zgarishlari ko‗ruv yoki eshituv, yoki terining muayyan 
retseptorlariga ta`sir etilgandagina aniqlanishi mumkin. 
M. K. Petrovaning ko‗zatishlariga qaraganda, chuqur nevroz holatlari somatik 
buzilishlarga, masalan, terining ekzematoz zararlanishiga, ba`zi umumiy 
kasalliklarning yomonlashuviga vа zuriqishiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Oliy nerv faoliyatining buzilishi bir necha kun va haftalardan ko`p yillargacha 
ko‗zatilishi mumkin. Miya po‗stlog‗idagi patologik holatning chuqurligi va 
qanchadavom etishi uning sababiga va hayvonning individual xususiyatlariga - 
nerv sistemasining tipiga bog‗liq. 
Nerv protseeslarining o‗ta zuriqishi sababli hayvonda kelib chiqqan patologik 
holatlarni bartaraf qilish uchun dam beriladi, ya`ni shartli refleks tajribalari bir 
necha hafta yoki oylab to‗xtatib quyiladi va tajriba sharoiti yengillashtiriladi 
(buning uchun nevroz holatini vujudga keltirgan ta`sirotlar qo‗llanilmay turadi). 
Shartli reflektor faoliyatning buzilishini tuzatmoq uchun brom va kofein tuzlari 
dori moddalar sifatida ishlatilib, yaxshi natijalar olinadi. Natriy bromid 
tormozlanish protsesslarini, kofein esa qo‗zg‗alish protsesslarini kuchaytiradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling