Va oliy nerv faoliyati


Harakat malakalarini hosil qilishning fiziologik mehanizmlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Harakat malakalarini hosil qilishning fiziologik mehanizmlari.Katta 
yarim sharlar po‗stlog‗ida vaqtincha aloqalarning vujudga kelishi va 
mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat aktlarini, ya`ni 
harakat malakalarini hosil qilishga asoslanadi. Odamning hayot va faoliyat davrida 
hosil qiladigan malakalari juda ko`p. Tikka turish ham, yurish ham, yugurish 
ham, mehnat va sportdagi har xil harakatlar ham harakat malakalariga kiradi. 
Malakalarni hosil qilishda miya po‗stlog‗ining effektor - piramidal neyronlari bilan 
harakat analizatori va boshqa analizatorlarning po‗stloqdagi sensor hujayralari 
o`rtasida neyronlararo vaqtincha aloqalar vujudga keladi. 
Bunday aloqalarning vujudga kelish mexanizmini quyidagicha tasavvur etish 
mumkin.Odam va yuksak darajadagi hayvonlarda miya po‗stlog‗idagi piramidal 
neyronlarning shartli yoki shartsiz refleks yo`li bilan qo‗zg‗alishi oqibatida harakat 
vujudga keladi. Shu bilan birga har bir harakat vaqtida miya po‗stlog‗iga harakat 
apparatining proprioretseptorlaridan, shuningdek mazkur harakat natijalarini, ya`ni 
ish effektlarini idrok etishda qatnashuvchi ko`pgina gavda retseptorlaridan afferent 
impulslar oqimi kelib turadi. 
Miya po‗stlog‗idagi motor zona neyronlari bilan boshqa turli zonalardagi 
neyronlarning qo‗zg‗alishi takror qo‗shilavergach (harakat va uning natijasida 


322 
kelib chiqadigan afferent impulslar turli zonalarga boradi), vaqtincha aloqalar 
vujudga keladi. Bu aloqalar ixtiyoriy harakatlarni, ya`ni muayyan natijaga erishish 
yo`lidagi harakatlarni bajarish imkoniyatini tug‗diradi. Hayvonning harakati, 
masalan, oyog‗ini ko‗tarishi yoki richagni oyogi bilan bosishi natijasida u ovqat 
yesa va bu effekt bir necha marta takrorlansa, harakat analizatorining po‗stloqdagi 
hujayralari (skelet muskullari, burimlar va boylamlarning retseptorlaridan afferent 
impulslar oladigan po‗stloq hujayralari) bilan ovqatlanish markazining hujayralari 
o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi (Yu. M. Konorskiy). Shu aloqalar 
vujudga kelishi tufayli hayvon miya po‗stlog‗ining ovqatlanish markazi 
quzg‗alganda u hargal oyog‗ini ko‗taradi yoki richagni oyog‗i bilan bosadi. 
Hayvonga odatda qanday sharoitda ovqat berilsa, o`sha sharoit ta`sirida yoki 
ilgari shartsiz ovqatlanish ta`siroti bilan mustahkamlangan har xil shartli signallar 
ta`sirida shunday holatni itda tajriba yo`li bilan yuzaga chiqarish mumkin. Xuddi 
shuningdek odam qo‗lining harakati - knopkani bosishi natijasida xonada chiroq 
yonsa, harakat analizatori bilan ko‗ruv analizatorining neyronlari o`rtasida, ya`ni 
o`sha harakat va uning natijalarini idrok etuvchi neyronlar o`rtasida vaqtincha 
aloqalar vujudga keladi. Shuning uchun ham odam qorong‗i xonaga kirganda 
chiroqni yoqish uchun viklyuchatel knopkasini bosadi va shunga o‗xshash 
hayvonlar va odam yashaydigan tabiiy sharoitda harakat malakalari ko`pincha 
sinab ko‗rish va yanglishish metodi bilan, ya`ni sinab qidirish harakatlari natijasida 
hosil bo`ladi. 
Quyidagi tajribani ko‗zdan kechiraylik och it qafasga qamab qo‗yilgan, 
qafasning eshigi faqat oyoq bilan bosib ochilishi mumkin. Eksperimentator qafas 
oldidan bir muncha nariga bir parcha kolbasa qo‗yadi, shunga ko‗ra hayvonning 
miya-po‗stlog‗idagi ovqatlanish markazi shartli refleks yo‗li bilan qattiq
qo‗zg‗aladi. It qafas chiviqlari orasidan tumshug‗ini suqib kolbasani olishga 
urinadi.muddosiga yetolmaydi. Shundan keyin u oyoqlaridan birini kolbasaga 
yaqinlashtirmoqchi bo`lib, qafas chiviqlarining orasiga suqadi. Bu ham natija 
bermaydi hayvon qattiq qo‗zg‗aladi, keyingi oyoqlari bilan tikka turib, eshikchani 
butun gavdasi bilan itaradi, ayni vaqtda it tasodifan lukidonni bosadi, lukidon 
burilib, eshikcha ochiladi va it kolbasaga etishadi. Bunday tajribalar 
takrorlanganda hayvon ovqatga etishish uchun zarur harakatni darrov bajaradi. 
Bunday harakat malakasining vujudga kelish mexanizmi quyidagicha. 
Ovqatni ko‗rish va hidini sezish ovqatlanish markaziga qattiq ta`sir etganda 
qo‗zg‗alish ovqatlanish markazidan yarim sharlar po‗stlog‗ining sensomotor 
zonasnga (harakat analizatorining po‗stloqdagi uchiga) irradiatsiyalanadi, shu 
tufayli har xil qidirish harakatlari vujudga keladi. It bajaradigan ko`p harakatlardan 
faqat bittasi izlangan natijani beradi, ya`ni ovqatga yetishtiradi. Bu holda 
lukidonni ochish (harakat reaktsiyam) bilan bog‗langgan proprioretseptev 


323 
ta`sirotlar va ko‗ruv ta`sirotlari shartsiz ovqatlanish ta`siroti bilan birga bo`lgani 
uchun harakat hamda ko‗ruv analizatorining hujayralari bilan ovqatlanish 
markazining hujayralari o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi, bular esa 
hayvonning keyinchalik shu harakat vazifasini darrov hal qilishiga yordam beradi. 
G‗oyat muhimi shuki,hayvon har bir yangi vazifani hal qilishda avvalo ilgari 
hosil qilgan harakat malakalaridan yoki ularni tashkil etuvchi ayrim 
komponentlaridan foydalanadi. Yo‗qorida ko‗zdan kechirilgan misolda qafas 
eshikchasini ochish usuli o`zgartirilsa.masalan lukidonni uni bosish yo`li bilan 
emas, balki ko‗tarish yo`li bilan ochiladigan qilib qo‗yilsa, it avvalo oyoq bilan 
bosishdan iborat eski usulni tatbiq etib ko‗radi, faqat keyinchalik bir necha behuda 
urinishdan keyingina, ya`ni avvalgi shartli reflektor harakat reaktsiyasi takror 
mustahkamlanmagach, boshqa sinov harakatlarini bajara boshlaydi. 
Odamda ham ko`pgina harakat malakalari sinash-qidirish harakatlari 
yordamida vujudga keladi. Bolada harakatlarning rivojlanishini ko‗zdan kechirib, 
bunga bemalol ishonish mumkin.Bola hayotining 4-5-oyida buyumni, masalan, 
ko‗z oldiga osib quyilgan ravshan rangli o‗yinchoqni ushlab olishga urinadi. 
Dastlab bu urinishlar xaotik betartib bo`ladi, chunki bolaning miya po‗stlog‗ida 
ko‗z va qo‗l harakatlarini uyg‗unlashtiradigan vaqtincha aloqalar hali yo‗q bola 
o‗yinchoqqa tikiladi, qo‗lini uzatadi, ko`p marta qo‗li yetmaydi va kafti 
uyinchoqqa tegib, uni ushlab olmaguncha shu ahvol davom etadi. Bunday 
harakatlarda dastlab butun gavda va yuz muskullari qatnashadi. 
Bola mashq qilgan sayin harakatlari tobora aniq bo`lib qoladi. U yanglish 
harakatlarni kamroq qilib, uyinchoqqa qo‗lini tegizadi va nihoyat, bola buyumga 
birinchi galdayoq qo‗l tegizishga urganadi. Ammo buyumni ushlash uchun kaft va 
barmoqlarni o`sha buyumga nisbatan to‗g‗ri ushlash kerak. Ammo, bolada bunday 
mahorat hali yo‗q. Bu gal ham zarur harakat malakasi vujudga kelmaguncha sinov-
qidiruv harakatlarining yana bir butun seriyasi namoyon bo`ladi. Kichkina 
buyumlarni bosh barmoq bilan ishora barmoqni qarama-qarshi qo‗yib ushlab olish 
qobiliyati bolada kechroq taraqqiy etadi. 
Bolaning barqaror tikka turish, yurish, yugurish va shunga o‗xshash harakat 
malakalarini hosil qilishida ham, sinov-qidiruv harakatlarini bajarish yo`li bilan 
vaqtincha aloqalar hosil qilish mexanizmi muhim rol o‗ynaydi. Gavda 
muvozanatini 
yoki 
uning 
fazoda 
siljishini 
ta`minlaydigan 
harakatlar 
mustahkamlanib qoladi, gavda muvozanatiga halal beradigan yoki gavdaning 
siljishiga yordam bermaydigan harakatlar esa tormozlanadi.Harakatning o`zi yoki 
natijasi vujudga keltiradigan afferent impulslar shartli qo‗zg‗alishni avtomatik 
ravishda mustahkamlab to‗rar ekan, vaqtincha aloqalar saqlanaveradi.Harakat 
biron sabab bilan avvalgiday foydali natija bermasa, ya`ni shartli qo‗zg‗alish 


324 
shartsiz ta`siroт bilan mustahkamlanmasa, faqat shundagina vaqtincha aloqalar 
tormozlanadi. 
Har xil ixtiyoriy harakatlarni analiz qilish shunday xulosaga olib keladi 
harakatning istalgan natijasi olinganda afferent impulslar boradigan po‗stloq 
hujayralarining komplekti ixtiyoriy harakatlarning har biri boshlanishidan shartli 
refleks yo`li bilan qo‗zg‗aladi hujayralarning shu kompleksiga P.K. Anoxin 
harakat aktseptori, deb nom bergan. Harakat aktseptori hujayralarining shartli 
refleks yo`li bilan qo‗zg‗alishiga harakat natijasini oldindan bilib beradigan, 
kelajakni oldindan ko`rsatadigan fiziologik mexanizm deb qarash mumkin. 
Harakat natijasi olinganda harakat aktseptori hujayralariga afferent impulslar 
kelishi esa qanoatlanish, rag‗batlanish, maqsadga etish emotsiyalarining fiziologik 
asosini tashkil etadi.Bu holda emotsional-ijobiy reaktsiyalarni yuzaga chiqarish 
bilan bog‗langan muayyan po‗stloq, osti strukturalari ham reaktsiyaga tortiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling