13-mavzu. Yong‘inga xavfli zonalardagi elektr qurilmalar Reja
Download 174.67 Kb. Pdf ko'rish
|
13 маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchalar. Umumiy talablar
13-mavzu.Yong‘inga xavfli zonalardagi elektr qurilmalar Reja 1.Qo„llash doirasi.Umumiy talablar. 2.Elektr mashinalari. Elektr apparatlari va asboblari. 3.Elektr yuk ko„tarish mexanizmlari. Qo‘llash doirasi Qoidalarning ushbu qismi yong‟in xavfi bo„lgan zonalarda joylashgan binolarning ichida va tashqarisida o„rnatilgan elektr qurilmalariga nisbatan qo„llaniladi. Ushbu elektr qurilmalari, shuningdek, ushbu bob bilan to„ldirilmagan qismi bo„yicha Qoidalarning boshqa bo„limlari talablariga ham javob berishi kerak. Yong‟inga xavfli zonalar uchun elektr qurilmalari (mashinalar, apparatlar, qurilmalar) va tarmoqlarini tanlash va o„rnatish, ushbu qoidalarning mazkur bobidagi yonuvchan materiallar (suyuqliklar, chang va tolalar) tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi. Uy-joy va jamoat binolarining elektr qurilmalariga bo„lgan talablar ushbu qoidalarning 7.1-bobida, ko„ngilochar korxonalar, klub muassasalari va sport inshootlarining elektr qurilmalari uchun esa ushbu Qoidalarning 7.2-bobida berilgan. Tushunchalar. Umumiy talablar Yong‟inga xavfli zonalar – deb, normal texnologik jarayonda yoki uning buzilishlarida yonuvchan (yonadigan) moddalarga doimo yoki vaqti-vaqti bilan murojaat qilinishi mumkin bo„lgan binolarning ichidagi va tashqarisidagi bo„sh hududlar tushuniladi. Yong‟inga xavfli zonalarni tasniflash ushbu Qoidalarning 7.4.3-7.4.6-bandlarida keltirilgan. P-I sinf zonalari – chaqnash harorati 61°C dan yuqori bo„lgan yonuvchan suyuqliklar qayta ishlanadigan joylarda joylashgan zonalar (ushbu Qoidalarning 7.3.12-bandiga qarang). P-II sinf zonalari – havo hajmiga nisbatan quyi kontsentratsion alangalanish chegarasi 65 g/m 3 dan ortiq bo„lgan yonuvchan chang yoki tolalar ajratilib chiqadigan xonalar hududi. P-IIa sinf zonalari – qattiq yonuvchan moddalar qayta ishlanadigan joylarda joylashgan zonalar. P-III sinf zonalari - chaqnash harorati 61°C dan yuqori bo„lgan yonuvchan suyuqliklar va qattiq yonuvchan moddalar qayta ishlanadigan joylardan tashqarida joylashgan zonalar. Har doim yoki vaqti-vaqti bilan yonuvchi moddalar qayta ishlanadigan, lekin texnologik jarayon ochiq olov ishlatish bilan olib boriladigan, texnologik qurilmalarning qismlari yoki sirtlari yonuvchi bug‟, chang yoki tolalarning o„z- o„zidan yonish haroratigacha qiziydigan xonalarning hududlari va tashqarida o„rnatilgan apparatlardan 5 m gacha gorizontal va vertikal masofa doirasidagi elektr qurilmalari yong‟inga xavfli deb qabul qilinmaydi. Belgilangan 5 metr zonadan tashqaridagi tashqi qurilmalarning xonalari yoki muhitidagi atrof-muhit sinfi ushbu muhitdagi texnologik jarayonlarga qarab aniqlanishi kerak. Qattiq, suyuq va gazsimon yonuvchan moddalar yoqilg‟i sifatida yondirilgan yoki yoqish yo„li bilan utilizatsiya qilinadigan binolar zonalarida va tashqarida o„rnatilgan qurilmalarning zonalaridagi elektr qurilmalari qismi yong‟inga xavfli deb hisoblanmaydi. P-II sinfli yong‟inga xavfli zonalariga xizmat ko„rsatuvchi shamollatish ventilyatorlari va havoni almashtiradigan ventilyatorlari joylashgan xonlar hududlari P-II sinfli yong‟inga xavfli zonalariga ham tegishli. Zonalarining mahalliy hududlaridagi havoni chiqarib tashlash uchun xizmat qiladigan ventiloyatorlar zonasi hudud bilan bir xil sinfli yong‟inga xavfli zona hisoblanadi. P-II sinfli yong‟inga xavfli zonalariga xizmat qiluvchi va tashqi to„siq kontsruktsiyalariga o„rnatilgan hamda ventilyatorlar uchun mahalliy hududlaridagi havoni chiqarib tashlanadigan yong‟inga xavfli zonalarini har qanday sinfida elektr dvigatellar P-III sinf uchun tanlanadi. Yong‟inga xavfli zonalarini chegaralari va sinflarini aniqlash texnologlar tomonidan loyiha yoki ekspluatatsiya tashkilotining elektr xodimlari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak. V toifali ishlab chiqarish (va omborlar) xonalaridagi elektr qurilmalar, qoida tariqasida, ushbu qoidalarning 7.4-bobining tegishli sinfning yong‟in xavfli zonalaridagi elektr qurilmalarining talablariga javob berishi kerak. Xonalar va tashqi o„rnatilgan yong‟inga xavfli yakka qurilmalarda yong‟inni kengayishini oldini olish choralari ko„rilmagan bo„lsa, ushbu qurilmadan 3 m gacha bo„lgan gorizontal va vertikal masofadagi hudud yong‟inga xavfi bo„lgan hisoblanadi. Yong‟ingi xavfli bo„lgan zonalarda o„rnatilgan elektr qurilmalarini tanlashda atrof-muhit sharoitlari (kimyoviy faoliyat, atmosfera yog‟inlari va boshqalar) ham hisobga olinishi kerak. Har qanday sinfli yong‟inga xavfli zonalarda qo„zg‟almas kontakt ulanishlari payvandlash, presslash, qalaylash, qo„rg‟oshin yoki boshqa shunga teng usulda amalga oshirilishi kerak.Ruxsat etilgan kontakt ulanishlari o„z-o„zidan ochilib (bo„shab) ketishini oldini olish uchun moslama bilan jihozlangan bo„lishi kerak. Yong‟ingi xavfli bo„lgan hududlarni o„z ichiga olgan binolar, inshootlar va tashqi qurilmalarni, shuningdek, yonuvchan suyuqliklar, chang yoki tolali materiallar va boshqalar joylashtirilgan uskunalarni (metall idishlar, quvurlar va boshqalar) o„rnatilgan xonalarni yerlagichlari statik elektr toki bilan asoslantiriladigan uchqun chiqishini oldini olish ishlarini bajarish, binolar va inshootlarni yashindan himoyasini tuzulishi va loyihalashtirilishi hamda qurilmalarni statik elektr tokidan himoya qilish amaldagi me‟yorlarga asosan amalga oshiriladi. Har qanday sinfli yong‟inga havfli zonalarda uskunadan statik elektrtokini olib tashlash uchun choralar ko„rish kerak. Yong‟inga xavfli zonalarda elektr qurilmalarining yerlagichi EUTQ I bo„lim 1.7- bandiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Download 174.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling