Va oliy nerv faoliyati


Uyqu. Uyqu vaqtidagi fiziologik o`zgarishlar


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Uyqu. Uyqu vaqtidagi fiziologik o`zgarishlar. Uyqu yuksak darajadagi 
hayvonlar organizmining qaytarib bo`lmaydigan ehtiyojidir. Odam umrining 
uchdan bir qismi davriy uyqu holatida o‗tadi. Nerv sistemasi, jumladan bosh miya 
katta yarim sharlar po‗stlog‗i aktivligining kamayishi, tevarak-atrofdagi 
voqelikdan 
aloqa 
uzilishi 
uyquning 
eng 
doimiy 
va 
muhim 
belgilaridir.Organizmning tashqi olam bilan aloqasi odatda tez, guyo to‗satdan 
uziladi va xuddi shunday zudlik bilan siyraklikka almashinadi, ya`ni nerv 
sistemasining aktivligi va unga aloqador adekvat kontakt-organizmning tevarak-
atrofdan muhit bilan aloqasi tiklanadi. Uyqu vaqtida oliy nerv faoliyatida va 
sensomotor sferada ayniqsa keskin o`zgarishlar ro‗y beradi. 
Uyqu vaqtida olingan elektroentsefalogramma o`zgarishlari harakterlidir. 
Siyraklik holatidan uyquga o‗tganda, qoida ularoq po‗stloq ritmlari sekinlashadi, 
elektroentsefalogrammada siyraklik holatiga xos bo`lgan ildam betaritm o‗rniga 
yuksak amplitudali alfa, teta va delta tebranishlar paydo bo`ladi. Ammo so‗nggi 
vaqtda 
chuqur 
uyquning 
shunday 
formalari 
tasvir 
etildiki, 
unda 
elektroentsefalogrammada sekin ritmlar o‗rniga past amplitudali, yuksak chastotali 
tebranishlar paydo bo`ladi, bu tebranishlar esa siyraklik vaqtidagi tebranishlarga 
o‗xshaydi. Bu, tush kurishga bog‗liq, deb faraz qilishadi. Chuqur uyqu vaqtida 
muskul tonusining pasayganligi yaqqol ko‗rinadi. Uxlab yotgan kishining aksari 
muskullari tamomila bo`shashgan bo`ladi. O‗tirgan holda uxlab qolgan kishining 
uyqudan ilgari qo‗lida ushlab turgan narsalari qo‗lidan tushib ketishiga, boshi 
ko‗kragiga engashib qolishiga, tanasi esa pastga tushishiga sabab shu. 
Ammo muskullarning bo`shashuvi va tonusining pasayishi uyquning doimiy 
va muqarrar komponentlari emas, hatto normal uyqu vaqtida turli harakatlar 
bajarilishi mumkin, masalan, o‗tirib uxlab qolganda muayyan poza uzoq saqlanishi 
mumkin. Gipnotik uyqu(gipnoa Uyqusi)ning ba`zi formalarida, masalan, kataleptik 


325 
uyquda muskullar tonusi hatto keskin darajada oshib ketadi. Sezuvchanlikning 
hamma turlari - ko‗ruv, eshituv, ta`m bilish, hidlash va teri sezuvchanligi juda ham 
pasayadi. Uxlayotgan kishida biron reaktsiyani yuzaga chiqarmoq uchun siyraklik 
davridagiga nisbatan kuchliroq ta`sirotni qo‗llanish talab qilinadi. Uyqu vaqtida 
reflektor funktsiya keskin darajada susayganligi qayd qilinadi.
Shartli reflekslar tormozlangan, shartsiz reflekslar ancha susaygan bo`ladi. Bu 
reflekslarning ta`sirot busag‗alari anchа oshadi, latent davri uzayadi. Uyqu 
manzarasida sensomotor o`zgarishlar vegetativ funktsiyalarning o`zgarishiga 
nisbatan ustun bo`lib chiqadi. Tinch chuqur uyqu vaqtida nafas olish hiyla siyrak 
tekisroq bo`lаdi; gazlar almashinuvi va asosiy almashinuv birmuncha susayadi; 
yuraк urishi siyraklashadi; arterial bosim pasayadi; buyraklarda siydik kamroq 
hosil bo`ladi. 
Tungi uyqu vaqtida odamning gavda temperaturasi pasayadi. 
Ammo bu uyquning qanday bo`lmasin to‗g‗ridan-to‗g‗ri spetsifik ta`siriga bevosita 
bog‗liq emas. Odam gavda temperatu rasining sutkalik o`zgarishlari - kechasi 
pasayishi va kunduzi ko‗tarilishi (sutkalik miniial temperatura taxminan soat 3 
dan 5 gacha, maksimal temperatura soat 16 dan 18 gacha ko‗zatiladi) Uyqu 
kelmaganda yoki tartibi buzilganda. ya`ni odam kunduzi uxlab, kechasi 
uxlamaganda ko‗zatiladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling