Va oliy nerv faoliyati
G. Gelmgoltsning qarashlari va simvollar nazariyasi"
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sezgilarni tashqi olamning ob`ektiv realligi in`ikosi sifatida materialistik tushunish.
G. Gelmgoltsning qarashlari va simvollar nazariyasi". XIX asrning eng
yirik tadqiqotchisi G. Gelmgolts ham boya aytilgan qarashlarni qisman quvvatlagan edi. Gelmgolts materialist bo`lsa-da, izchil materialist emas edi. Lenin antganidek agnostitsizmga va kantchilikka moyil bo`lgan simvol materializm, yoki yarim materializmning namoyandasi edi. Gelmgolts quyidagilarni yozgan edi: "Men sezgilarni tashqi hodisalarning simvollari deb belgiladim va bu simvollarning ular timsol qilib ko`rsatadigan narsalarga qanday bo`lmasin o‗xshashligini rad qildim. Sezgilarimizning sifati bu sezgini tug‗dirgan tashqi ta`sirning xossalarini bizga bildirib to‗rganligidan, sezgi ta`sirning tasviri emas, balki belgisi deb hisoblanishi mumkin, chunki tasvir aks ettiriluvchi buyumga bir qadar o‗xshash bo‗lmog‗i kerak Belgining esa belgilangan buyumga o‗xshash bo‗lishi mutloqo shart emas". Shu bilan birga Gelmgolts materialist filosoflarga ergashib, tashqiolamning real ob`ektiv mavjudligini e`tirof etibchiqdi va tushuncha va tasavvurlarimiz o`zimiz kuradigan yoki tasavvurimizga keltiradigan buyumlarning nerv sistemasiga va ongimizga ko`rsatadigan ta`sirlaridir", deb xisoblanadi. I. Myo‗llerning qarashlarini va simvollar, yoki shartli belgilar nazariyasini materialist filosoflar haqqooniy ravishda qattiq tanqid qilishdi. Sezgilarni tashqi olamning ob`ektiv realligi in`ikosi sifatida materialistik tushunish. Sezgi izchil materializm nuqtai nazaridan ob`ektiv olamning sub`ektiv obrazidir. "Sezgi, - deb yozgan edi V. I. Lenin, - ongning tashqi olam bilan xaqiqatanan bevosita bog‗lanishidir, tashqi ta`sirlanish energiyasining ong faktiga aylanishidir". Ob`ektiv reallik - harakatdagi materiya ongimizga bog‗liq bo`lmagan holda mavjuddir. Retseptsiya organlari yetkazib beradigan axborot tufayli bu materiyaning xossalari ongimizda aks etadi. 341 "Sezgilarimiz ob`ektiv reallikni, ya`ni insoniyatga va inson sezgilariga bog‗liq bo`lmagan holda mavjud bo`lgan narsani aks ettiradi" (V. I. Lenin). Sezgilar qandaydir abstrakt simvollar yoki belgilar emas. Ular narsalarning ob`ektiv xossalarini aks ettiradi, ularning bir qadar aniq suratlarini, tasvirlarini beradi. Uning fikricha, "surat hech qachon model bilan tula-tukis tenglasha olmasligi shubxasizdir, ammo surat bir masala-yu, simvol, "shartli belgi" boshqa masaladir. Surat bo`lgan yerda "surati aks ettiriluvchi" narsaning zaruran va muqarrar ravishda ob`ektiv realligi bo‗lmogi kerak"Shartli belgi", simvol, iyogroglif mutloqo kerak bo`lmagan agnostitsizm elementini to‗ldiruvchi tushunchalardir". Fanning butun tarixi va odamzodning butun praktikasi agnostitsizmni, ya`ni olamni bilish mumkinligini inkor etishni rad qiladi va olamni bilish mumkinligini tasdiqlaydi. Praktika - sezgi va idroklarimiz to‗g‗rnligini ko`rsatuvchi kriteriy. Inson o‗z retseptorlari bilan dunyo haqida axborot olib, uni analizator apparatlarning jami yig‗indisi, asosan bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗i bilan qayta ishlab olinayotgan axborotning to‗g‗riligini o‗z faoliyati, hayot praktikasi bilan tekshirib, dunyoni bilib oladi. Retseptorning ta`sirlanishi va markaziy nerv sistemasi oliy bo‗limlarining qo‗zg‗alishi natijasida kelib chiqqan sezgilar va idroklarning to‗g‗riligini praktika (odamda ijtimoiy praktika) kontroli ta`minlaydi. Sezgi va idroklarning to‗g‗rnligini ta`minlash uchun bir retseptsiya organlarining ko`rsatishlarini ikkinchi retseptsiya organlarining kursatishlari bilan taqqoslash katta ahamiyatga egadir. Masalan, buyumlarning kattaligi, qanchamasofada ekanligi, ularning harakati yoki tinch to‗rganligi ko‗ruv, tuyg‗u va muskul sezgisi organlaridan bir vaqtda impulslar kelib turishi tufayli idrok etiladi. Bola o`zi oladigan axborotning to‗g‗riligini yoshligidan uz faoliyati bilan tekshirib, bir butun qilib birlashtiradi, katta yoshli odam tashqi olam haqidagi idroklarning to‗g‗rligiga shuning uchun mahkam ishonadi. Sezgi organ-lari yetkazib beradigan axborotni baholashda praktikaning rolini shu bilan ko`rsatish mumkin: ko‗zning optik sistemasi to‗r pardada tunkarilgan tasvir bersa ham, biz uni tuppa-tugri idrok etamiz. Buning sa-babi shuki, "yuqori" va "past" tushunchasi ko‗z yetkazib beradigan axborotni ogirlik kuchining ta`siri, gavdaning fazodagi vaziyati va shu kabilarni sezadigan boshqa retseptorlarning yetkazib bergan axborotiga solishtirib kurish natijasi hisoblanadi. Ko‗ruv sezgilarini to‗g‗ri baxolash imkoniyatini belgilab quyadigan asosiy mezon odamning amaliy faoliyatidir. Stratton 8 kungacha ko‗zoynak taqqan, bu ko‗zoynak tashqi buyumlar-ni tuntarib ko`rsatgan, ya`ni ularning tasviri to‗r pardaga tuppa-to‗g‗ri tushgan. Eksperimentator avval "yuqori" ni "past" bilan aralash-tirib yuborgan, lekin keyinchalik unda yangi praktika tufayli sekin-asta to‗g‗ri idrok vujudga kelgan, pastdagi yoki yuqoridagi buyumlarning tasviri to‗r pardaga garchi tuppa-to‗g‗ri 342 tushsa ham, ular yana to‗g‗ri idrok etila boshlagan. Ko‗zoynak olib quyilgandan keyin hambir necha vaqt yana tuntarilgan olam sezgisi paydo bo`lgan. Shunday qilib, miyaga hamma afferent yo‗l lar orqali keluvchi signallarning o`zaro ta`sir etishi tevarak-atrofdagi olamning aniq idrok qilinishini, uning kompleks (yig‗indi xolida) tasavvur qili-nishini ta`minlaydi. Ayni vaqtda markaziy nerv sistemasining oliy bo‗limlarida - bosh miya po‗stlog‗ida - afferent impul'slar shu payt-da miya pustlog‗‘iga keluvchi boshqa afferent impul'slar bilangina emas, balki ilgarigi ta`sirotlarning izlari, ya`ni organizmga ta`sir etgan ta`sirlovchilarning markaziy nerv sistemasida qolgan izlari bilan ham o`zaro ta`sir etadi. Bu o`zaro ta`sir fazodagina emas, vaqtda ham ruy beruvchi xodisalarga baho berilishini ta`minlaydi. SHu tariqa tevarak-atrofdagi voqelikning miyada to‗g‗ri aks etishi uchun shart-sharoit vujudga keladi. Tabiat va jamiyatni bilish hamda o`zgaruvchan odamzodning erishgan muvaffaqiyatlari, fan va texnika yutuqlari odamning sezgi organlari yordamida oladigan va bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗ida analiz qilinadigan axboroti to‗g‗riligini, aniqligini, ob`ektiv reallikka moslignii tasdiqlovchi eng -yaxshi dalil bo‗lib xizmat qiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling