Va oliy nerv faoliyati


Oliy nerv faoliyati xaqidagi ta`limot va psixologiya


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Oliy nerv faoliyati xaqidagi ta`limot va psixologiya. I. P. Pavlov 1902 yilda 
oliy nerv faoliyatni tajribada tekshira boshlaganda shu faoliyatning qonuniyatlari 
hayvonlarda (Pavlov tajribalarida - itlarda) aniqlangach, odamning oliy nerv 
faoliya-tini tushunish uchun o`sha qonuniyatlardan foydalanishni maqsad qilib 
olgan edi. I. P. Pavlov 1903 yildayoq Madriddagi xalqaro meditsina kongressida 
shartli reflekslarga bag‗ishlab qilgan birinchi dokladi-da o`sha vaqtda g‗oyat uzoq 
tuyilgan shu maqsad to‗g‗risida gapirgan edi: "Olingan ob`ektiv ma`'lumotlarni fan 
tashqi belgilarning o‗xshashligi yoki ahamiyatiga asoslanib, sub`ektiv olamga ham 
ertami-kechmi olib utadi ..., degan edi. Ayni vaqtda I. P. Pavlov odam psixik 
faoliyatining g‗ayri tabiiy tabiati haqidagi idealistik tasavvurni dadil rad etdi. 
"Nato‗ralist uchun, - degan edi, u, - hamma gap metodda, qaqshamas darajada 
mustahkam haqiqatni topish imkoniyatlaridadi'r. Uning o`zi uchun majburiy 
bo`lgan faqat shu nuqtai nazardan jon nato‗ralistik printsip sifatida nato‗ralistga 
kerak bo‗lish u yoqda to‗rsin, uning dadil va chuqur analizini behuda cheklab, 
uning ishiga xatto zararli ta`sir ko`rsatgan bo‗lur edi.  
Voqelikni aks ettirish formalari taraqqiyotning turli bosqichlarida to‗rlichadir. 
Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda uz ifodasini topadigan konkret-xissiy in`ikos 
soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakt - umumlashtirilgan in`ikosi beqiyos
murakkab bo`lib, tafakkurda, ya`ni odam miyasining abstraktlovchi ishi asosida 
vujudga keladigan tushuncha, muhokama, xulosalarda uz ifodasini topadi. 
Oliy nerv faoliyatni urganish tashqiolamning miyada aks etishga yordam 
beradgan ko`pgina fiziologik mexanizmlarni bilib olish imkoniyatini 
tug‗diradi. 


343 
Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret-
hissiy in`ikos etadi, sezgilar, idroklar tassavvurlar hosil bo`ladi. Nerv sistemasi 
bo`lgan hayvonlarda retseptorlarning qo‗zg‗alishi, nerv markazlariga nerv 
impul'slarining utishi va nerv markazlarning qo‗zg‗alishi sezgilarning fiziologik 
negizi hisoblanadi. Ayni vaqtda organizm retseptorlariga ta`sir etuvchi buyum 
xodisalarning ayrim xossalari to‗g‗risida signallar olib to‗radi. Nerv sistemasining 
rivojlanish protsessida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, shu bilan birga 
sezgilarning o`zi murakkab hamda nozik va aniq bo`lib qoladi. Voqealikni aks 
ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar 
asosida kelib chiqadi. 
Sezgilarga qarama-qarshi o`laroq, idrok butun buyumni xossalar-ning 
Yig‗indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga 
bir qadar bo‗lingan xolda idrok etiladi. Bu kat-ta yarim sharlar pustlog‗‘ining 
analitik-sintetik faoliyatiga muqarrar bog‗liq. Buyum va xodisalarning turli 
xossalari idrok etilganda miya pustlog‗‘ining ko`p nuqtalari bir yo‗la qo‗zg‗aladi. 
SHuning natijasida ana shu nuqtalar o`rtasida vaqtincha aloqa vujudga keladi. 
Vaqtincha aloqalar hosil qilish imkoniyati nerv sistemasining evolyutsion 
taraqqiyot protsessida kelib chiqqan bo`lib, tashqi olamni aks ettirishning sifat 
jihatidan yangi formasini nishonlaydi. Vaqtincha aloqa - eng muhim fiziologik 
hodisa, shu bilan birga psixik xodisa hamdir, psixologiyada assotsiatsiya deb 
ataladigan xodisaning uzginasidir. Bir buyum yoki xodisaning o`zidan ko`p marta 
signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi, shuning natijasida butun 
buyum yoki hodisaning o`ziga qanday reaktsiya ko`rsatilsa, o`shanday reaktsiya 
kelib chiqi-shi uchun buyum yoki xodisaning xossalaridan bir qismini sezish 
kifoya. Bu, miya po‗stlog‗ida qo‗zg‗alishning yoyilish (generalizatsiya) oqibatidir. 
Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi - bir-
biridan ajratiladi. Murakkab idroklar shu paytda organizmga ta`sir etib to‗rgan 
kompleks ta`sirotlarning analiz va sintez qilinishiga bog‗liq,. 
Voqealikni 
konkret-xissiy 
aks 
ettirishning 
mukammalroq 
formasi 
tasavvurlardir. Bu holda ilgari organizmga ta`sir etgan buyum va xodisalarning 
konkret obrazlari vujudga keladi. Tasavvur - buyum yoki xodisani fazo-vaqt 
bog‗lanishida ta`riflab, obrazli aks ettirish demakdir. Tasavvurning kelishi - ilgari 
ta`sir etgan signallardan yarim sharlar po‗stlog‗ida qolgan izlarni analiz va sintez 
qilish natijasidir. Tasavvurlarning shakllanishi uchun fiziologik analiz va 
sintezning yuksak kurinishlari zarur. Voqealikni aks ettirishning bu formasi 
sistemalilik asosida, boshqacha aytganda, dinamik stereotipiya asosida vujudga 
keladi Tasavvurlar assotsiatsiyalarga va ularning zanjirlariga, ya`ni murakkabroq 
vaqtincha aloqalarga asos-lanadi. 


344 
Shuni aytib o‗tmoq kerakki, konkret-hissiy in`ikosga taalluqli ba`zi 
protsesslar odamdan kura hayvonlarda yaxshiroq rivojlangan bo‗lishi mumkin ... 
Ayrim ta`sirotlar - tovush, hidta`sirotlari hayvonlarda odamdagidan mukammalroq 
analiz qilinadi. hayvonlar, masalan, it bu ta`sirotlarni odamdan kura yaxshiroq 
differentsiallay-di, ya`ni bir-biridan ajratadi.
Shu bilan birga ta`sirotlarni analiz va sintez qilishning yuksak formalari - 
kompleks ta`sirotlarni analiz va sintez qilish odamdan kura itda kamroq 
rivojlanganligini A. G. Ivanov-Smolenskiy va L. G. Voronin ko`rsatib berdilar. 
Hayvonlarda, hatto yuksak darajada-gi hayvonlarda konkret xissiy, obrazli 
inikosning faqat turli formalari bor. hayvon bevosita voqealikdan yiroqlasha 
olmaydi; abstraktsiya qila olmaydi. Buyum va xodisalarning moxiyati xaqida 
tushunchasi bo`lmaydi. 
I. P. Pavlov maymunlarda shartli reflokslar hosil qilish tajribalarining ko`p 
variantlariga asoslanib, ba‘zi qulay sharoitda shimpanze ko‗ruv obrazlarini analiz
qila oladi, bu - maymunlardagi elementar tafakkurning nihoyasidir, deb 
hisoblanadi. 
I. P. Pavlovning shimpanze ustida qilgan klassik tajribasi yuksak darajadagi 
maymunlarda tafakkurning chegaralanganligiga misol bo`la oladi. Maymun 
xonaga yashikda banan quyildi. Yashik teshigining oldiga ut yoqib quyildi. 
Maymun bananni olish uchun krujkaga yonidagi bakdan suv tuldirib, utga sepishi 
kerak edi. Bu ish maymunga bir necha marta ko`rsatilgach, u ana shu malakani tez 
egalladi. Bu tajriba keyinchalik xovuz o`rtasida to‗rgan xolda ham takrorlandi. 
Suvli bak shu solga emas, qushni solga quyildi. Maymun utni uchirib, bananni 
olish uchun ne mashaqqatlar bilan qushni solga utib, undagi bakdan suv oldi. Sol 
atrofidagi suvdan foydalanish garchi osonroq bo`lsa ham, maymuning tasavvurida 
utni uchirish faqat bakdan suv olishga bog‗lik edi. Maymunda suv va uning 
xossalari xaqida tushuncha yo‗q. Maymun abstrakt va umumlashtirilgan 
tafakkurga qodir emas. Uning tafakkuri boshqa sut emizuvchi hayvonlarga 
nisbatan garchi mukammalroq bo`lsada, faqat obrazli tafakkurdir, bu tafakkur 
tevarak-atrofdagi olamning ayrim, yakka buyum va xodisalari xaqidagi tasavvurlar 
bilan chegaralangan. 
Odam psixikasi hayvonlarning primitiv psixikasidan asosan shu bilan farq 
qiladiki, odam uylab topilgan, aytilgan yoki yozilgan so`zlar bilan ifodalanuvchi 
abstrakt (mavhum) tushunchalar bilan fikrlay oladi. Ikkinchi signal sistemasining 
rivojlanishi tashqi olamni ''Obstrakt-umumlashtirib aks ettirishga imkon berdi. 
In`ikosning bu-formasi odamga tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanishda 
hayvonlarga nisbatan juda katta fazilatlar beradi. Odamning voqealikni abstrakt-
umumlashtirib aks ettirishining moddiy negizi - ikkinchi signal sistemasi odamni I. 
P. Pavlov ta`biri bilan aytganda, "voqealik egasi" qilib qo‗yadi.Oliy nerv 


345 
faoliyatining asosiy fiziologik qonuniyatlarini aniqlash tufayli fiziologik va 
psixologik tadqiqotlarni birlashtirish haqida masala qo‗yish mumkin bo‗ldi.Ikki 
signal sistemasi to‗g‗risidagi ta`limot voqealikning odam ongida aks etish 
fiziologik asoslarini ochib beradi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling