Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Nazorat savollari: 
 
1. I.P.Pavlovning shartli reflekslarni hosil bo‗lishiga doir fikrlari 
qanday edi? 
2.  Gistologik va elektrofiziologik tadqiqotlar haqida nimalar bilasiz? 
3. .Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi qo‗zg‗alish va tormozlanish 
induktsiyasi qanday jarayon hisoblanadi?
4. Nerv sistemasining tiplariga nimalar kiradi? 
5. Shartli reflektor faoliyatining patologik buzilishi deganda nimalar 
tushuniladi? 
6. Harakat malakalarini hosil qilishning fiziologik mehanizmlariga 
nimalar misol bo‗ladi? 
7. Uyqu.Uyqu vaqtidagi fiziologik o`zgarishlar haqida gapirib bering? 
8. Uyqu turlari va uyqu nazariyalari haqida ma‘lumot bering? 
9. 
Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari. Birinchi va 
ikkinchi signal sistemalari nima? 
10. 
 Ikkinchi signal sistemasining funktsiyalarida 
miya po‗stlog‗idagi turli zonalarning ahamiyati nimadan iborat? 
11. 
Agnoziya, Eshituv agnoziyasi, Apraksiya, Afaziya haqida 
nimlarni bilasiz? 
12. 
Birinchi hamda ikkinchi signal sistemalari bilan po‗stloq osti 
tuzilmalarining o`zaro munosabati nimadan iborat? 
13. 
Sezgilar va idroklarning tug‗riligi qanday jarayon? 
14. Sezgi organlari spetsifik energiyasi qonuni va fiziologik idealizm haqida 
ma‘lumot bering?
15. G. Gelmgoltsning qarashlari va simvollar nazariyasining mazmuni 
qanday?
16. Sezgilarni tashqi olamning ob`ektiv realligi in`ikosi sifatida materialistik 
tushunish qaqnday kechadi? 
17. Oliy nerv faoliyati xaqidagi ta`limot va psixologiya haqida yoritib bering? 
 
 
 
 
 


346 
XULOSA 
O‗quv qo‗llanma universitet va institutlarning nomutaxasis talabalari uchun 
tavsiya etilgan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim 
vazirligi tamonidan tasdiqlangan «Yosh fiziologiyasi, gigiyenasi va oliy nerv 
faoliyati » fani o‗quv dasturi asosida tuzilgan. O‗quv qo‗llanmada odam organizmi 
a‘zolari va tizimlarining turli yosh davrlarida o‗sish va rivojlanishining fiziologik
xususiyatlari, nerv tizimini tashkil etuvchi xujayra va tuzulmalarning tuzilishi, ular 
borasida o‗tkazilgan ekspremental tadqiqot natijalari ilmiy asosda keltirilgan 
hamda tibbiyotga bog‗langan. 
Yuqorida takidlaganimizdek fiziologiya biologik fanlarning eng muhim 
bo‗limlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. U tirik organizm, undagi organlar, 
to‗qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini, ya`ni 
ularning hayot faoliyati jarayonlarni o‗rganadi. Fiziologiya funktsiyalarini har 
tomonlama chuqur tushunish uchun ularning hamma xossalarini, ko‗rinishlarini, 
o‗zaro munosabatlarini organizmning turli holatlarida va tashqi muhitning turli 
sharoitida aniqlashga intiladi.
O‗quv qullanmada fanning asosiy usuli kuzatish ekanligi, kuzatishlar esa 
eksperimental tajribalarda olib borilishi zarurligi, buning uchun shaxs, odam va 
hayvonlar organizmidagi hayotiy jarayonlarning kechishi jadalligi va yo‗nalishlari 
haqida mukammal tushunchalarga ega bo‗lishi uchun dastavval talaba, laboratoriya 
sharoitida hayvonlarida kuzatishlar olib borish ko‗nikmalariga va nazariy 
bilimlarga ega bo‗lishi zarurligi keng misollar yordamida bayon etilgan.
Talaba ana shu tajribalarda kuzatish bilan bir qatorda eng zamonaviy 
asbob-uskunalardan foydalanib, hayotiy jarayonlarning tegishli tomonlarini 
chuqurroq o‗rganishga harakat qiladi. Tajribalar paytida olingan ma‘lumotlar ilmiy 
va amaliy jihatdan tahlil qilinib, fiziologik jarayonlar davomida yuz bergan 
o‗zgarishlarni ilmiy asosda tushuntirib bergach, xulosa chiqaradi va tajribalarga 
yakun yasaydi. Bayon etilgandek fiziologik tajribalar, o‗tkir va surunkali (xronik) 
tajriba usullariga bo‗linadi. Fiziologik tajribalarning usullari turlicha. Ularga 
ta‘sirlash, ekstrepatsiya, transplantatsiya, biotoklarni ro‗yxatga olish, denervatsiya 
va fistula usullarini bilib oladi.
Shu bilan birga talaba kursni o‗zlashtirishi davomida, ontogenezning turli 
davrlarida organizmning hayot faoliyatining xususiyatlarini o‗rganadi. Shaxsning 
taraqqiyoti tuxum hujayrasi otalangandan boshlab umrining oxirigacha davom 
etishi, bunda organlar, tizimlar va yaxlit organizmning o‗sishi hamda rivojlanishi 
davomida funktsiyalarning borishi har xil yosh davrlarida o‗ziga xos 
o‗zgarishlarga va hususiyatlarga ega bo‗lishligini tushunib yetadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling