Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
ISBN 567-6688-24-555-7 «IQTISOD-MOLIYA», 2021 3 Kirish. Asosiy ma’lumotlar Fiziologiya biologik fanlarning eng muhim bo‗limlaridan biri bo‗lib, tirik organizm, undagi organlar, to‗qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini, ya`ni ularning hayot faoliyati protsesslarini o‗rganadi. Fiziologiya funktsiyalarini har tomonlama chuqur tushunish uchun ularning hamma xossalarini, ko‗rinishlarini, o‗zaro munosabatlarini organizmning turli holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya funksiyalarining turda va individda rivojlanishini, ularning doimo o‗zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslanishini o‗rganadi. Funksiyalarni chuqur o‗rganish va shu tariqa aktiv ta`sir qilib, ularni xohlagan tomonga yo‗naltirish fiziologiyaning oxirgi maqsadidir. Fiziologiya eksperimental fan bo‗lganligi bois uning asosiy usuli kuzatishdir, kuzatishlar esa eksperimental tajribalarda olib boriladi. Fiziolog, ya‘ni kuzatishlarni olib boruvchi shaxs, odam va hayvonlar organizmidagi hayotiy jarayonlarning kechish jadalligi va yo‗nalishlari haqida mukammal tushunchalarga ega bo‗lishi uchun dastavval laboratoriya va ayrim qishloq xo‗jalik hayvonlarida kuzatishlar olib borish ko‗nikmalariga va nazariy bilimlarga ega bo‗lishi zarur. Ammo u kuzatishlar bilangina cheklanib qolmay, balki u yoki bu turdagi hayvonlar orasidan analoglar tanlab olingach, ushbu hayvonlarda eksperimental tajribalarni tashkil qilish va zarur usullar yordamida eksperimental tadqiqot ishlari - tajribalarini ham bajarish bilimlariga ham ega bo‗lishi kerak. Ana shu tajribalarda kuzatish bilan bir qatorda eng zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanib, hayotiy jarayonlarning tegishli tomonlarini chuqurroq o‗rganishga harakat qiladi. Tajribalar paytida olingan ma‘lumotlar ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinib, fiziologik jarayonlar davomida yuz bergan o‗zgarishlarni ilmiy asosda tushuntirib bergach, xulosa chiqaradi va tajribalarga yakun yasaydi. Fiziologik tajribalar, o‗tkir va surunkali (xronik) tajriba usullariga bo‗linadi. Fiziologik tajribalarning usullari turlicha. Ularga ta‘sirlash, ekstrepatsiya, transplantatsiya, biotoklarni ro‗yxatga olish, denervatsiya va fistula usullari kiradi. Patologiya grekcha «pathos» – «kasallik», «logos» – «ilm» so‗zlaridan olingan bo‗lib, kasallikning asosini va kelib chiqishini o‗rganuvchi fan. Umumiy va xususiy patologiya tafovut qilinadi. Umumiy patologiya kasallik va patologik jarayonlarni rivojlanish qonuniyatlarini: ularning sababi (etiologiya), mexanizmi (patogenez), kechishi va oqibatini o‗rganadi. Umumiy patologiyani o‗rganish turli kasallikni rivojlanish qonuniyatlarini, ularning irsiyatga va immunitetning holatiga bog‗liqligini tushunishga asos soladi. 4 Xususiy patologiya kasalliklar tasnifini, ayrim kasalliklarni rivojlanish qonuniyatlari, ularning asorati va oqibatini o‗rganadi. Patologiya patologik fiziologiya va patologik anatomiyaga bo‗linadi. Patologik fiziologiya, fiziologik usullardan foydalangan holda kasal organizmdagi funksional o‗zgarishlarni o‗rganadi, patologik jarayonlarning kelib chiqish, paydo bo‗lish, kechish va oqibatlarining umumiy qonuniyatlarini belgilaydi. Patologik fiziologiyaning usullari. Butun organizmning, shuningdek, uning ayrim tizimlari va a‘zolari faoliyatining kasallik holatida buzilishini kasal odamda o‗rganiladi. Klinik kuzatishlar, a‘zolar va tizimlar faoliyatini turli kasalliklar vaqtida tekshirish har qaysi kasallikka xos bo‗lgan funksional buzilishlarni belgilab beradi. Patologik anatomiya kasallik vaqtida va sog‗aygandan so‗ng organizmda vujudga keluvchi to‗qima va a‘zolar tuzilishining o‗zgarishlarini, shuningdek, kasallikning rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadi. Patologik fiziologiya va patologik anatomiyada yoshga a‘loqador patologiya katta ahamiyatga ega, chunki u bir xil kasallikning nima uchun bolalarda, kattalarda va qariyalarda turlicha kechishini aniqlashga yordam beradi. Patologiyaning bu qismiga so‗nggi bir necha o‗n yillar mobaynida ko‗p e‘tibor berilmoqda. Qariyalar patologiyasi – gerontologiya maxsus fan sifatida ajratilgan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling