Va oliy nerv faoliyati
YOSH FIZIOLOGIYASI, GIGIYENASI VA OLIY NERV FAOLIYATI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
YOSH FIZIOLOGIYASI, GIGIYENASI VA OLIY NERV FAOLIYATI FANI, UNING MAQSAD VAZIFALARI VA RIVOJLANISH TARIXI Yosh fiziologiyasi gigiyenasi, oliy nerv faoliyati va markaziy nerv tizimi fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning mustaqil tarmog‗i bo‗lib, u ontogenezning turli davrlarida organizmning hayot faoliyatining xususiyatlarini o‗rganadi.Ontogenez grekcha ontos-tirik mavjudot, shaxs, genesis -rivojlanish, kelib chiqish demakdir. Shaxsning taraqqiyoti tuxum hujayrasi otalangandan boshlab umrining oxirigacha davom etadi. Bunda organlar, tizimlar va yaxlit organizmning o‗sishi hamda rivojlanishi davomida funktsiyalarning borishi har xil yosh davrlarida o‗ziga xos bo‗ladi. Fiziologiya fanlarining klassifikatsiyasi. Hayvonlar fiziologiyasi ko‗pincha mustaqil bo‗lgan, biroq o‗zaro jips bog‗langan bir qancha fanlarga Hayvonlarda eksperimental tajribalarni tashkil qilish va zarur usullar yordamida eksperimental tajribalarni ham bajarish kerak. 5 bo‗linadi. Fiziologiyani avvalo umumiy, solishtirma va maxsus (yoki xususiy) qismlarga ajratishadi. Umumiy fiziologiya muhit ta`siriga tirik materiya javob berishining umumiy qonuniyatlarini, har bir organizmga xos bo‗lgan asosiy hayotiy protsesslarni o‗rganadi, tirik tabiatni o‗lik tabiatdan farqlovchi sifat jihatidan o‗ziga xos hodisalarni tekshiradi. Hujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo‗limlaridan biridir. Har xil turlarga mansub organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funktsiyasining o‗ziga xosligini solishtirma fiziologiya tekshiradi. Bizning davrimizda evolyutsion fiziologiyaga aylanib borayotgan solishtirma fiziologiyaning maqsadi funktsiyalarning tur va individda rivojlanishi qonuniyatlarini o‗rganishdir. Barcha fiziologik materiallarni umumlashtiruvchi fanlar - umumiy fiziologiya va evolyutsion fiziologiyalardan tashqari fiziologiyaning maxsus (yoki xususiy) bo‗limlari ham bor. Fiziologiyaning boshqa maxsus sohalaridan odam va yuksak hayvonlar fiziologiyasi ko‗proq rivojlanmoqda. Mehnat fiziologiyasi jismoniy mashg‗ulotlar va sport fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi odam fiziologiyasining amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan sohalardir. Maxsus vazifalariga ega bo‗lgan patologik fiziologiya fiziologik fanlarning alohida bo‗limidir, normal fiziologiya sog‗lom organizmdagi hayotiy protsesslarni o‗rgansa, patologik fiziologiya organizmda patologik protsesslarning ro‗y berishi, rivojlanishi va o‗tishining umumiy qonuniyatlarini, ya`ni kasal organizm hayot faoliyatining maxsus belgilarini o‗rganadi, kasal organizm shu belgilari bilan sog‗lom organizmdan farq qiladi. Universitetlarni va pedagogika institutlarini tamomlab, maktabga ishga kelgan yosh mutaxassislar, odatda, o‗quv materialini o‗rgatishni tashkil qilishda, maktab o‗quvchilari bilan muloqotda bo‗lishda, tarbiyaviy ishlar olib borishda qiyinchiliklarga duch keladi. Yosh o‗qituvchi sinovlar va yanglishishlar yo‗li bilan zarur tajribani egallash uchun uzoq vaqt davom etadigan mustaqil pedagogik ish olib borishiga to‗g‗ri keladi. Bu qiyin va mashaqqatli yo‗ldir. Kasbga oid pedagogik tayyorgarlikni kuchaytirishda talabalarning oliy o‗quv yurtidagi o‗qish davrida zarur bilim va ko‗nikmalarni qunt bilan egallashlari ko‗zda tutiladi. Yosh fiziologiyasi, gigiyenasi va oliy nerv faoliyati kursi psixologiya- pedagogika fanlari turkumining bir qismi bo‗lib, uning vazifasi bo‗lajak o‗qituvchilarni bolalar va o‗smirlarning yoshga oid, morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak - tomir, tayanch-harakatlanish sistemasi fiziologiyasi va rivojlanayotgan organizmning boshqa xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog‗liqni saqlash va mustahkamlash, o‗quv faoliyatining har xil turlarida yuksak 6 ish qobiliyatini saqlab qolishga doir hozirgi bilimlar sohasi bo‗yicha tayyorlashdan iborat. Yosh fiziologiyasi, gigiyenasi va oliy nerv faoliyatining boshqa fanlar uchun ahamiyati. Bolalar va o‗smirlarni yoshga xos xususiyatlarini bilish psixologiya, pedagogika tibbiyot va jismoniy tarbiya uchun katta ahamiyatga ega. O‗quvchilar bilim olish jarayonida axborotlarni qabul qiladi, ularni eslab qoladi, takror bayon qiladi, taqqoslaydi, unutadi. Bunda ularning tasavvur, abstrakt fikrlashi kabilar yordamga keladi. Ongli va ongsiz ravishda sodir bo‗ladigan bu barcha psixik jarayonlar organizm funktsiyalari idora etilishining fiziologik qonunlari bo‗yicha amalga oshiriladi. Yoshga oid fiziologiya sohasidagi yutuqlar bola organizmida psixik jarayonlarning rivojlanish xususiyatlarini tushunishga imkon beradi. Yoshga oid psixologiya fan sifatida odam organizmining turli yoshdagi davrlarida psixikaning paydo bo‗lishi, rivojlanishi va mavjud bo‗lishi qonuniyatlarini o‗rganadi. Yoshga oid psixologiyaning rivojlanishida Oliy nerv sistemasi fiziologiyasi sohasida erishilgan yutuqlar alohida ahamiyatga cga. O‗qituvchining o‗quvchi bilim faoliyatini to‗laligicha tashkil qilishi o‗qitishning mohiyati hisoblanadi. Bu yerda gap pedagogning o‗quvchida psixik jarayonlarni boshqarish sohasida amalga oshiradigan maqsadga muvofiq xatti- harakatlari ustida boryapti. Bu vazifaning muvaqqiyatli hal qilinishning bu jarayonlarni, ularning qonuniyatlarini va harakatga keltiruvchi sabablarini nechog‗li yaxshi bilishiga, bola shaxsining rivojlanishini yo‗naltira olishiga bog‗liq. Mazkur sohadagi bilimlar o‗qituvchiga o‗quv-tarbiya jarayonini ilmiy asosda, ya'ni yosh avlodning mavjud fiziologik imkoniyatlari to‗g‗risidagi bilimlarga asoslangan holda tashkil qilishi uchun zarurdir. O‗qituvchining vazifasi o‗quvchilarga o‗z fani bo‗yicha puxta bilim bcrish va tarbiyalashgina emas, balki ularning sog‗ligini muhofaza qilishdan ham iborat ekanligi nazarda tutiladigan bo‗lsa, «Yoshga oid fiziologiya» kursi bo‗yicha bilimlarni egallash o‗qituvchiga bu ishni aktiv va yaxshi amalga oshirish uchun poydevor bo‗lib hisoblanadi. Yosh fiziologiyasi, ayniqsa, jismoniy tarbiya uchun muhim ahamiyatga ega, chunki yosh xususiyatlarini bilmasdan turib yosh sportchilarni jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha takomillashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‗lmaydi. «O‗sayotgan organizmning yosh -xususiyatlarini hisobga olmagan jismoniy tarbiya rahbari hech narsaga yaramaydi, u foyda emas zarar keltiradi»,- deb yozgan edi. N.A.Semashko. Organizm harakat faoliyatining fiziologik asoslarini bilmasdan turib jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilish mumkin emas. Yosh bilan bog‗liq o‗zgarish asosida yotuvchi mexanizmlarni chuqur bilish, jismoniy mashqlarni tanlash va 7 miqdorini belgilashda xato qilmaslikka yordam beradi. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan ko‗p yillik shug‗ullanish yosh xususiyatlarini, kishining rivojlanganligi uning tayyorlik darajasini, tanlangan sport turi bo‗yicha jismoniy sifatlarning rivojlanishi va harakat malakalarining shakllanish xususiyatlarini hisobga olgandagina muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat va sportga havasni kichik maktab yoshida yuzaga keltirish kerak. Sportda o‗smirlar bilan ishlash katta qiyinchiliklarga olib keladi. Buning sababi shundaki, 12 dan 16 yoshgacha bolalarning jismoniy qobiliyati kuchli rivojlanadi va ko‗pchilik sport turlarida maqsadga muvofiq yo‗naltirish uchun juda qulay bo‗ladi. Shu bilan bir vaqtda o‗smirlar organizmidagi shiddatli neyro-endokrin qayta qurilishlar sportni qo‗shimcha ta'sirlovchi deb qarash imkonini beradi, biroq u biologik jarayonlar borishini yaxshilashi ham, yomonlashtirishi ham mumkin. Jismoniy tarbiya o‗qituvchilari va trenerlar o‗rgatish jarayonini bolalar va o‗smirlar organizmining fiziologik imkoniyatlari bilan kelishtirish borasida katta ish bajarishlari kerak. Sportning turli sohasi uchun qobiliyatlilarni tanlash va ularni muntazam mashg‗ulotga jalb etish zarur vazifalardan hisoblanadi. Fiziologiya fani tekshirishlarida boshqa fanlarning ma`lumotlariga asoslanadi va o`z navbatida bir qancha fanlarning rivojlanishiga asos bo‗ladi. Fiziologiya hamisha fizika bilan ximiya qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish metodlaridan keng foydalanadi Buning sababi shuki, har bir hayotiy protsessda modda va energiya almashinadi, ya`ni ximiyaviy va fizikaviy protsesslar ro‗y beradi. Fiziologiyada fiziologik tadqiqotlarning ikki yo‗nalishi - fizik va ximiyaviy yo‗nalishlari muhim ahamiyat kasb etganiga sabab shu. Bu ikki yo‗nalish yordamida juda ko‗p ma`lumotlar to‗plandi, organizmda fizik va ximiyaviy protsesslar o‗tishining o‗ziga xos qonuniyatlari protsesslarni o‗rganish uchun maxsus metodlar va texnikaviy usullar ishlab chiqildi. Hayotiy hodisalarni tekshirishning fizik va ximiyaviy yo‗nalishlari biologik fizika va biologik ximiya degan mustaqil fanlarga aylanganiga sabab shu. Fiziologiyadagi biofizik yo‗nalishning muhim tarmoqlaridin biri- elektrofiziologiya hayvonlar organizmida teri, muskul, bez to‗qimalari qo‗zg‗alganda ro‗y beruvchi elektr hodisalarini o‗rganadi. Biofizika va bioximiya organizm yoki qismlarining hayot faoliyati belgilari bo‗lgan ayrim fizik va ximiyaviy protsesslarni, ya`ni bir butun fiziologik funktsiyaning ayrim elementlarini o‗rganadi. Biofizika va bioximiya hayotiy voqealarni analiz qilish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Fiziologiya morfologik fanlar - anatomiya, gistologiya, sitologiyaga jips bog‗liq. Buning sababi shuki, morfologik va fiziologik xodisalar bir-biri bilan 8 chambarchas bog‗langan. Organizm va qismlarining shakli, strukturasi va ularning funktsiyasi o‗zaro bog‗liq ularning makroskopik, mikroskopik va submikroskopik tuzilishini va tekshirilayotgan funktsiya yuzaga chiqayotganida bu tuzilish o‗zgarishini bilmay turib organizm funktsiyalarini chuqur o‗rganib bo‗lmaydi. Mashinalar, mexanizmlardagi va tirik organizmlardagi bog‗lanish va boshqarilishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fan – kibernetika so‗ngi yillarda fiziologiya uchun katta ahamiyat kasb etmoqda. Kibernetika matematik usullardan foydalanadi, fiziologik protsesslarning oddiy sxemalarini nazariy jihatdan tuzish va ba`zi xossalari bilan organizmda sodir bo‗luvchi protsesslarga o‗xshaydigan protsesslarni gavdalantiruvchi sun`iy mexanizmlarni yasash (ya`ni modellash) bilan shug‗ullanadi. Biologik hodisalarning sun`iy modellari bu hodisalarni ataylab soddalashtiradi va sxemaga soladi. Fiziologiya barcha meditsina fanlariga ham yaqindan bog‗liq. Buning ustiga I. P. Pavlov aytganidek "Keng ma`noda tushuniladigan fiziologiya bilan meditsinani Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling