Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
ajratib olingan) organ tomirlaridan shu maqsadda muayyan eritmalar o‗tkaziladi,
bu eritmalar tarkibini eksprementator tartibga solib turadi (perfuziya metodikasi) va tirik to‗qimalar uchun zarur tashqi muhit-muayyan temperatura, namlik va shu kabilar muhayyo qilinadi. Yuqorida sanab o‗tilgan metodikalarning hammasi organizmda sodir bo‗ladigan protsesslar tabiatini chuqur bilib olishga xizmat qiladi Ular xujayra darajasigacha, xatto uning bo‗laklarigacha analiz qilinadi; mikrofiziologik eksperimentlarda, masalan, yakka muskul, nerv hujayrasi va boshqa hujayralar tekshiriladi. Biror organ, to‗qima yoki hujayrada ro‗y beradigan har-bir fiziologik jarayonni organizmda sodir bo‗ladigan boshqa hamma protsesslardan alohida o‗rganish fiziologiyadagi analitik tadqiqot vazifasidir. Bu holda yolg‗iz organ, to‗qima, hujayraning funktsiyasi (ishlashi), faqat shu protsess haqida har tomonlama tasavvur olish mumkin. Hayvonlar bilan odamning hamma funktsiyalarini nerv sistemasiga bo‗ysunganligini e`tirof qilish nuqtai nazaridan o‗rganish sintetik tadqiqotning muhim xususiyatidir. Bunday tadqiqot yo‗nalishi nervizm printsipi deb atalgan. Fiziologik eksperimentlarda turli hayvonlar ko‗proq tekshiriladi. Odam organizmida eksperiment o‗tkazish imkoniyatlari juda cheklangan, chunki unga zararli ta`sir eta oladigan omillar bilan ta`sir etish yaramaydi. Bundan tashqari, yaqin vaqtlargacha odam organizmidagi bir talay protsesslarni kuzatish imkoniyatlari ham, yozib olish imkoniyatlari ham kamroq edi. O‗tmishda fiziologik hayvonlar ustidagi tajribada tatbiq etgan tekshirish usullaridan odam 12 organizmini o‗rganishda foydalanib bo‗lmasdi. Modomiki shunday ekan, ko‗p organlarning funktsiyalari haqidagi ma`lumotlar hayvonlarni tajriba qilib olingan ma`lumotlardangina iborat edi. Endilikda esa ahvol o‗zgardi. So‗nggi o‗n yillarda fiziologlar va mediklar fizika, radiotexnika, elektronika va kibernetikaning zamonaviy muvaffaqiyatlaridan foydalanmoqdalar, bu esa sog‗lom va kasal organizm funktsiyalarini o‗rganishda katta yordam berdi. Elektr metodlari organizmda sodir bo`ladigan mexanik tovush, temperatura va boshqa prinsiplarni o`rganishga imkon beradi. Tekshirilayotgan ob`ekt bilan radio aloqa yordamida bog‗lanib, fiziologik axborotni ichkariga uzatish, ya`ni radiotemmetriyaning fiziologik tadqiqotlarda qo‗llanilishi metodikadagi eng katta muvaffaqiyatidir. Shu maqsadda odam yoki hayvonga datchik degan asbob taqib qo‗yiladi. Datchik - tekshiriladigan xodisani sezuvchi qurilmadir. Tekshiriladigan kishi yoki hayvonga yoki uning yaqiniga joylanadigan maxsus radioperedatchik boya aytilgan qurilmaga ulanadi. Odam va hayvonlar butun organizmining funktsiyalarini tekshirish uchun turli xujayra, organ, sistemalarda ro‗y beruvchi ko‗p va turli-tuman fiziologiya ,fizikaviy va ximiyaviy protsesslarni bir yo‗la yozib olish g‗oyatda muhimdir. So‗nggi yillarda fiziologlar fiziologik axborotni analiz qilish va qayta ishlash uchun elektron hisoblash mashinalarini tadbiq eta boshlashdi, bu esa hozirdayoq yangi muhim natijalar berdi. Yosh fiziologiyasi gigyienasi, oliy nerv faoliyati va markaziy nerv tizimi fiziologiyasi fanining rivojlanishiga g‗arb va sharq olimlari ham katta hissa qo‗shishgan. Odam va hayvonlar organizmining hayoti faoliyatini bilishga taraqqiyot rivojlana boshlagan vaqtdayoq urinib kelingan. Qadimiy Xitoy, Hindiston, Yunon- Rim filosoflari va tabiblarining zamonimizgacha yetib kelgan asarlarida ba`zi anatomik-fiziologik tasavvurlar uchraydi. Ularda ayrim to‗g‗ri fikrlar bilan bir qatorda juda ko‗p fantastik muhokama va yanglishliklar mavjud. Qadimgi vaqtda hayvonlarda eksperiment o‗tkazishga urinib kurishgan bo‗lsa ham, organizm ilmiy asosda tekshirilmagan. Bu borada qadimda ham ko‗plab olimlar yirik asarlar yaratishgan va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Masalan, tabobat ilmining yirik vakili –Buqrot eramizdan oldingi IV-asrda «Bola tabiati» haqida deb nomlangan kitob yozgan.IX- X asrlarda esa O‗rta Osiyodan yetishib chiqqan, Ibn Sino, Beruniy, al Farobiy, Najimiddin Samarqandiy kabi olimlar, Sharqdan Abu Bakr Roziy kabi yetuk olimlar o‗zlarining tibbiyotga bo‗lgan qiziqishlari bilan ajralib turishgan. Jumladan Abu Bakr Roziy «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi»deb nomlangan yirik asarida bola tarbiyasi, bolalar va chaqaloqlarni to‗g‗ri ovqatlantirish qoidalari haqida so‗z yuritilgan.Undan tashqari Roziy «Bolalar kasalliklari» degan asar 13 ham yaratgan. Bobokalonimiz Ibn Sinoning mashxur «Tib qonunlari» asarida bolalarda tomir urushi (puls)ning o‗ziga xosligi, bolalar va o‗smirlarda ko‗p uchraydigan ichki, yuqumli kasalliklar va ularni davolash usullari ko‗rsatib o‗tilgan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling