Va oliy nerv faoliyati


XX asrda fiziologiyaning rivojlanishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

XX asrda fiziologiyaning rivojlanishi. XX asrda fiziologiyaning 
rivojlanishida yangi davr boshlandi, bu davrning harakterli belgisi shuki, hayot
protsesslarini tor analitik tushunishdan keng sintetik tushunishga o‗tildi. Oliy nerv 
faoliyati haqida P. Pavlov yaratgan ta`limot fiziologiyaning muhim muvaffaqiyati 
bo‗ldi. I. P. Pavlov reflektor nazariyani juda kengaytirdi va rivojlantirdi, odam va 
yuksak hayvonlarning tashqi muhit ta`siriga mukammal va murakkab javob 
berishini ta`minlovchi nerv mexanizmini o‗sha nazariya asosida ochib berdi. 
Shartli refleks shunday mexanizm bo‗lib, oliy nerv faoliyatining organi esa bosh 
miya yarim sharlari po‗stlog‗idir.I. P. Pavlov, uning ko‗pdan-ko‗p shogirdlari va
hamkorlari bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida sodir bo‗ladigan asosiy 
protsesslarni o‗rganishdi, miya po‗stlog‗i organizm bilan muhit o‗rtasidagi 
munosabatning eng murakkab shakllarini hamda organizmning oliy integratsiyasini 
ta`minlashini (ya`ni uning barcha organ, to‗qima xujayralari funktsiyasini 
birlashtirib turishini) eksperimentda isbot etishdi. 


19 
Hayvonlardagi oliy nerv faoliyati qonuniyatlarining aniqlanishi tufayli 
odam bosh miyasi faoliyati qonunlarini ochishga yaqindan yondashish mumkin 
bo‗lib qoldi. Shuning natijasida ikkinchi signal sistemasi haqidagi ta`limot 
yaratildi, ikkinchi signal sistemasi faqat odamga xos bo‗lib, nutq va abstrakt 
tafakkur bilan bog‗langan. I. P. PAVLOV (1849-1936). 
XX asrda oraliq modda almashinuv protsesslari, ya`ni xujayra, to‗qima va 
organlarda turli ximiyaviy birikmalarning o‗zgarish protsesslari sinchiklab 
tekshirildi. Tadqiqotchilar ximiyaviy statikani o‗rganishdan ximiyaviy dinamikani 
aniqlashga o‗tdilar. Organizmdagi ximiyaviy dinamikani o‗rganish asosida turli 
ximiyaviy protsesslarning funksional o‗zgarishlarga, fiziologik faoliyatga bog‗liq 
ekanligi aniqlandi, ximiyaviy fiziologiya (yoki funktsionаl bioximiya) degan yangi 
soha vujudga keldi. Muskul qisqarishining ximiyaviy dinamikasi aniqlanganligi va 
muskullar ishlayotganda foydalaniladigan energiya manbai topilganligi bu 
soxaning katta muvaffaqiyatidir. Ximiyaviy fiziologiya sohasidagi tadqiqotlarning 
rivojlanishi hozirgi asrda endokrinologiya, vitaminlar haqidagi ta`limot, 
mediatorlar haqidagi ta`limot kabi yangi sohalarning yaratilishi bilan nishonlandi. 
Endokrinologiya ichki sekretsiya bezlari-endokrin bezlarning fiziologiyasini, 
bioximiyasini va patologiyasini o‗rganadi. Endokrin bezlar ko‗pi fiziologik 
aktivlikka ega bo‗lgan, ya`ni oz miqdorda gavdadagi ko‗p organlar xolati va 
faoliyatini o‗zgartira oladigan ximiyaviy birikmalar – gormonlarni ishlab, qonga 
chiqaradi.
Vitaminlar haqidagi ta`limot – vitaminologiya – ovqatdagi oqsillar, 
yog‗lar, uglevodlar va mineral tuzlarga kirmaydigan, organizm uchun energiya 
manbai hisoblanmaydigan, biroq modda almashinuvi va o‗sish protsesslarini 
boshqarib turish uchun zarur bo‗lgan maxsus moddalarni tekshiradi. Vitaminlarni 
1880 yilda N. Lunin kashf etgan , biroq ularni har tomonlama tekshirish faqat 
1910-1912 yillardan boshlandi. ―Vitaminlar‖ degan terminni polyak olimi Funk 
taklif qilgan.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling