Va oliy nerv faoliyati


Mediatorlar haqidagi ta`limot


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Mediatorlar haqidagi ta`limot. Nerv oxirlarida hosil bo‗ladigan ba`zi 
ximiyaviy birikmalarning fiziologik rolini o‗rganadi. Mediatorlar nerv impulsini 
nerv oxiridan periferik organlarning hujayralariga yoki nerv hujayralariga 
o‗tkazuvchi ximiyaviy moddalardir. Mediatorlarni 1920 yilda O. Levi baqaning 
ajratilgan yuragidagi nervlarga ta`sir etib tajribada aniqladi. Bu kashfiyot juda ko‗p 
olimlarning tadqiqotlarida tasdiqlandi va yanada rivojlandi (Sobiq itfoqda A. F. 
Samoylov, A. V. Kibyakov va boshqalar, AQSHda U. Kennon, D. Naxmanson, 
Angliyada G. Deyl, V. Fel‘dberg, Bel‘giyada M. Bakg Frantsiyada B. Mints).
Markaziy va periferik nerv sistemasining hamma qismlari qo‗zg‗alganida 
yoki tormozlanganida fiziologik aktiv moddalar hosil bo‗lishi endilikda aniqlandi. 


20 
Atsetilxolin,adrenalin va uning hosilasi- noradrenalin, shuningdek ba`zi boshqa 
moddalar mediatorlar ekanligi ko‗rsatib berildi; ularning ta`sir etish mexanizmi 
zo‗r berib o‗rganilmoqda. Mediatorlar nerv oxirlarida nerv implusini o‗tkazishdan 
tashqari, nerv to‗qimasining qo‗zg‗aluvchanligini va fiziologik holatini o‗zgartira 
olishi ham aniqlandi. Mediatorlarni o‗rganish klinika uchun amaliy jihatdan 
muhim natijalar berdi. Nerv sistemasining bir qancha kasalliklarida va 
zaharlanishning ba`zi turlarida mediatorlar hosil bo‗lishi, ta`sir etishi va 
parchalanishi buzilar ekan, bunday kasalliklar va zaharlanishlarni davolashning 
yangi metodlari shu asosda tavsiya etildi va amaliyotda joriy qilindi. 
Endokrinologiya, vitaminologiya va mediatorlar haqidagi ta`limotning 
muvaffaqiyatlari tufayli organizm hayot faoliyatini boshqarishda ba`zi ximiyaviy 
birikmalarning g‗oyat muhim ahamiyati borligi ma`lum bo‗ldi. Ximiyaviy faktorlar 
funksiyani birlashtirish, uyg‗unlashtirish va boshqarishda qatnashadi. Bir xil 
hujayra va tuqimalarda hosil bo‗lib qon va to‗qima suyuqligi orqali boshqa 
hujayralarga yetib boradigan moddalarning organizm funksiyalariga ta`sir 
ko‗rsatishi gumoral regulyatsiya deb ataladi 
Tadqiqotlarning fizik yo‗nalishi ham fiziologiyani katta yangiliklar bilan 
boyitdi. Avvalo elektrofiziologiya yutuqlarini qayd qilib o‗tish kerak bu yutuqlar 
asosan elektronika va radiotexnikadan foydalanish natijasida qo‗lga kiritildi. XX 
asrning boshlarida turli galvanometr (V. Eyntxoven, A. F. Samoylov), keyinchalik 
elektr toki yoki kuchlanishini kuchaytiruvchi elektron asboblar va osillograflar (G. 
Gasser, E. Edrian) qo‗llanilishi tufayli markaziy va periferik nerv sistemasi, yurak 
va muskullarda ro‗y beruvchi elektr hodisalarini sinchiklab analiz qilish mumkin 
bo‗ldi. 
Bu tadqiqotlarning ahamiyati shuki, harakat toki yoki potensial deb 
ataluvchi elektr o‗zgarishlari qo‗zg‗alish protsessiga muqarar hamrox bo‗ladi. 
Elektrofiziologik tadqiqotlar meditsina praktikasida keng rasm bo‗ldi. Masalan, 
yurak faoliyatining elektr ko‗rinishlarini qayd qilish – elektrokardiografiya – yurak 
kasalliklarida yurak faoliyati buzilganini bilib beradigan nozik diagnostik usul 
bo‗lib qoldi. Bosh miya faoliyatining elektr ko‗rinishlarini o‗rganish – 
elektroentsefalografiya bosh miyaning ba`zi kasalliklarini aniqlashda, jumladan 
o‗smalar lokalizatsiyasini bilishda muhim ahamiyatga ega. 
XIX asr oxirlarida rivojlana boshlagan fizik ximiya nazariyasi va 
usullaridan XX asrda fiziologlar foydalana boshlashdi. Fiziologik protsesslarni hal 
qilish uchun fizik ximiya qonunlarini tatbiq etishga V. Yu. Chagovets (1896-
1903), keyinchalik esa amerikalik biolog Dj. Leb, nemis olimlaridan fiziolog Yu. 
Bernshteyn va fizik ximik V. Nernst, rus fizigi va fiziologi P. P. Lazarev birinchi 
marta urinib ko‗rishdi. V. Yu. Chagovets tirik to‗qimalardagi elektr hodisalari 


21 
tabiatini aniqlash uchun S. Arrenniusning elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini 
tatbiq 
etdi 
va 
bioelektr 
potensiallari 
to‗qimalardagi 
elektrolitlar 
kontsentratsiyasining farq qilishi natijasida paydo bo‗ladi, degan xulosaga keldi.
XX asrda markaziy nerv sistemasi quyi qismlarining fiziologiyasini 
o‗rganishga katta hissa qo‗shildi: nerv markazlari haqidagi ta`limot rivojlantirildi, 
funksiyalar uyg‗unlashuvi, ya`ni koordinatsiyaning umumiy qonuniyatlari, orqa 
miya, uzunchoq miya, o‗rta miya, miyacha, po‗stloq osti yadrolarida reflektor 
reaksiyalar o‗tishining xususiyatlari o‗rganildi (Angliyada CH. Sherrington, 
Gollandiyada R. Magnus, Rossiya da N. E. Vvedenskiy, A. A. Uxtomskiy S. 
Beritashvili, E. A. Asratyan, A Shda J. Dyusser de Barenn, J. Fulton, Avstraliyada 
J. Ekkls va boshqalarning tadqiqotlari). Bosh miya retikulyar formatsiyasining 
funktsiyasi aniqlandi (G. Megun va G. Morutsi, P. Anoxin va boshqalar). XX asrda 
ilmiy tadqiqotlar va turli mamlakatlarda fiziologiya problemalarini ishlab 
chiqayotgan tadqiqotchilar juda ko‗payib ketdi. Masalan, 1889 yili butun dunyoda 
fiziologiya va qo‗shni fanlar bo‗yicha hammasi bo‗lib 700 dan sal ortiq asar nashr 
qilingan bo‗lsa, so‗nggi vaqtda bilimning bu sohalarida yiliga 30 000 dan ortiq 
ilmiy asar e`lon qilinmoqda. 
Zamonamizda ilmiy tadqiqotlarning tashkil qilinishi ham o‗zgardi. Hozir 
murakkab apparatlar bilan jihozlangan va har xil ixtisosli mutaxassislar ishlayotgan 
katta ilmiy institut va laboratoriyalarda tadqiqotlar olib borilmoqda: fiziologiya 
muammolarini hal qilish ustida fiziologlar bilan bir qatorda biofiziklar,‘ 
bioximiklar, 
morfologlar, 
matematiklar 
va 
injenerlar 
hamjihat 
bo‗lib 
ishlamoqdalar. 
Hozirgi kunda O‗zbekistonda yosh ―Yosh fiziologiyasi gigienasi‖, ― oliy nerv 
faoliyati‖ va‖ markaziy nerv tizimi fiziologiyasi‖ fanining rivojlanishiga katta
hissa qo‗shgan olimlar ham ko‗pchilikni tashkil etadi. Jumladan U.Z.Qodirov, 
S.Sh.Shamsiyev,Oripov kabi olimlarimiz fiziologiya sohasida ulkan ishlarni 
amalga oshirishganlar. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling