Va oliy nerv faoliyati


XIX asrda fiziologiyaning rivojlanishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

XIX asrda fiziologiyaning rivojlanishi. XIX asrda tibiiyotda eng katta 
burilish ro‗y berdi. Bu asrda fiziologiya anatomiya va gistologiyadan butunlay 
ajralib chiqib, mustaqil fanga aylandi va juda yirik muvaffaqiyatlarga erishdi.
Qo‗shni fanlardagi bir necha ajoyib muvaffaqiyat va kashfiyotlar; organik 
ximiya yutuqlari, energiyaning saqlanish va o‗zgarish qonuni isbot etilganligi, 
hujayraning kashf etilganligi va organik olamning rivojlanishi nazariyasi 
yaratilganligi fiziologiya uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 
O‗tgan asrning 40-yillarida R. Meyer, J. Joul va G. Gelmgolts energiyaning 
saqlanish qonunini aniqladi, bu qonun o‗sha vaqtdan yuz yil ilgari M. V. 
Lomonosov tomonidan ta`riflab berilgan modda va harakatning saqlanish 
qonunining yanada rivoj topishidan iborat edi, energiyaning saqlanish qonuni 
aniqlashganligi tirik organizmda energiyaning o‗zgarishini o‗rganishga 
mustahkam zamin bo‗ldi. 
Tabiatda energiyaning aylanib yurishi tushunarli bo‗lib qoldi, quyosh 
nurlariniig erkin energiyasi Q.A. Timiryazev ko‗rsatganidek o‗simlik organizmida 
murakkab organik birikmalarning ximiyaviy energiyasiga aylanadi, yashil 
o‗simlikda fotosintez protsessida shu birikmalar hosil bo‗ladi; ovqat bilan olingan 
organik birikmalar hayvon organizmida parchalanganda ularning ximiyaviy 
energiyasi bo‗shab chiqib, energiyaning ginetik turlariga, ya`ni issiqlik mexanik 
elektr energiyasiga aylanadi. Organizm ma`lum oziq moddalarni istemol qilgan 
vaqtda va shu moddalar organizmdan tashqarida yoqib ko‗rilganda materiya va 
energiyaning saqlanish qonuniga yarasha bir xil miqdorda issiqlik energiyasi hosil 
bo‗lishi murakkab eksperimentlar asosida aniqlandi. 


16 
Organizmdagi termodinamik va energetik hodisalarni tekshirish usullari bilan 
bir qatorda, tirik mavjudotlar funksiyasini o‗rganish uchun XIX asrda topilgan 
boshqa fizik usullar ham fiziologiyada katta rol o‗ynadi. Elektr bilan ta`sirlash 
hamda organlar funksiyasini kimograf, miograf, sfigmograf va boshqa maxsus 
asboblar yordamida yozib olish metodikasi yaratilgani tufayli anchagina natijalar 
olindi. Bu sohada ayniqsa E. Dyubua-Reymon, Q Lyudvig, M. Sechenov, E. 
Maren, A. Mosso va boshqalarning xizmati katta. E. Dyubua-Reymon uzi taklif 
etgan induktsion apparatning yordamida tirik to‗qimalarni ta`sirlash metodikasini 
mukammal ishlab chiqdi. 
Lyudvig qon bosimini tekshiradigan asbob (suzgichli manometr), qonning 
harakat tezligini o‗lchaydigan asbob (qon soati) va kimografni ixtiro etdi; M, 
Sechenov qondan gazlarni ajratib olish metodini ishlab chiqdi; E. Marey 
fiziologiyani harakatlarni tekshirish metodikalari bilan boyitdi va pnevmatik qayd 
qilish (yozib olish) asbobini ixtiro etdi (Marey kapsulasi); A. Mosso organlarning 
qon bilan to‗lishini qayd qiladigan asbob (pletizmograf), charchashni qayd 
qiladigan asbob (ergograf) va gavdada qonning qancha taqsimlanishini o‗rganish 
uchun tarozi stoli taklif etdi. E. Pflyuger qo`zg‗aluvchan to‗qimalarga bosimi 
(o‗zgarmas) tokning ta`sir etish qonunlarini kashf etdi va keyinchalik bu qonunni 
B. F. Verigo butunlay qayta ko‗rib chiqdi va rivojlantirdi.
Yangi metodik usullar nervlarning va nerv markazlarining funksiyalarini, 
muskullarning ishlashini va qisqarish harakterini, nafas, qon aylanishi, chiqaruv 
organlarining ishlash mexanizmini va nerv bilan ta`minlanishini o‗rganishga 
imkon berdi. Oganizmda kuzatiladigan elektr xodisalarini tekshirishni L. Galpshi 
va A. Vol'ta boshlab, E. Dyubua-Reymon, L. Germann, N. E. Vvedenskiy davom 
ettirdi. Bu tadqiqotlar fiziologik protsesslardan biri - qo‗zg‗alish protsessini 
tushunishgа yaqinlashtirdi. M. Sechenov va Ya. Danilevskiy ayni vaqtda nerv 
markazlaridagi elektr hodisalarini birinchi bo‗lib tekshirishdi, bu tadqiqotlar XX 
asrda fiziologlarning alohida qiziqishini uyg‗otdi. Qo‗zg‗alish protsessi hamma 
vaqt elektr potensialining o‗zgarishiga bog‗liq bo‗lganligidan, nervlar, muskullar 
va markaziy nerv sistemasidagi elektr hodisalarini o‗rganish zarur. Tekshirishning 
fizikaviy usullari sezgi organlarini va tashqi olamni sezish sharoitini
o‗rganishda juda katta yordam berdi. XIX asrda G. Gelmgolts va boshqalar bu 
sohada, ayniqsa ko‗rish va eshitish fiziologiyasidan ko‗p faktlar to‗plashdi, ko‗z va 
so‗lak retseptorlarini tekshirish uchun sezgir asboblar ixtiro qilindi va bu organlar
faoliyatini tushuntiruvchi nazariyalar yaratildi. Reaksiyalarni qayd qilish usullari 
ishlab chiqilgani tufayli turli fiziologik protsesslarning qancha davom etishini aniq 
o‗lchash mumkin bo‗ldi. Hattoki qo‗zg‗alishning nerv bo‗ylab tarqalish tezligi kabi 
tez o‗tuvchi protsess ham miqdor - fazo-vaqt jihatdan o‗lchandi (G. Gelmgolts).


17 
XIX asrda organik ximiya yutuqlari fanimizning rivojlanishi uchun katta 
ahamiyatga ega bo‗ldi. Tirik organizmdagi ximiyaviy birikmalar anorganik 
jismlardan tom ma`nosi bilan farq qiladi va ximik ularni hech qachon organizmdan 
tashqarida yarata olmaydi, degan tasavvur XIX asr boshlarida keng tarqalgan 
edi. XIX asr mobaynida gavdaning kimyoviy tarkibi, ovqat xazm qilish, nafas 
mexanzmi, organizmga kiradigan ovqat moddalari va organizmdan chiqib 
ketadigan tashlandiq moddalarning tarkibi va xossalari o‗rganildi. 
XIX asrdagi tabbiyotning eng muhim belgisi shuki, ilgari biologik fanlar 
sohasida uncha tarqalmagan va tan olinmagan rivojlanish nazariyasi fanda keng 
joriy etildi. Biologiyada butun bir davrni tashkil qilgan ikki asar: Lamarkning
"Zoologiya falsafsi" va Ch. Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" degan asari 
XIX asrda organik olamning rivojlanish nazariyasini boyitdi. Botanik Shleydin va 
fiziolog Shvannlar organizmning hujayralardan tuzilganligini kashf etdi, bu 
kashfiyot rivojlanish nazariyasining biologiyada joriy etilishiga katta yordam berdi. 
O‗simliklar bilan hayvonlarning hujayralardan tuzilganligini va ko‗p 
hujayrali tirik mavjudotlarning tuxum hujayralardan paydo bo‗lishini aniqlash 
fiziologiyaning yangi sohalarini yaratish va rivojlantirishga imkon berdi. Hujayra 
strukturasi o‗rganish tufayli nerv, muskul va bez to‗qimalari fiziologiyasining 
ko`pchilik masalalari aniqlandi va hujayra funksiyasi haqidagi fan - hujayra 
fiziologiyasi maydonga keldi. 
XIX asrda asosan M. Sechenov, I. P. Pavlov, S. P. Botkin, A. A. 
Ostrourov, V. M. Bexterev kabi rus fiziologlari ishlab chiqqan progressiv, 
materialistik ta`limot – nervizm organizm butunligi haqidagi vitalistik va idealistik 
konsepsiyalarga va R. Virxov nazariyasiga qarshi turardi. Nervizm organizmning 
bir butun va qismlar butun organizmga nerv sistemasi orqali buysunadi, degan 
tasavvurga asoslanadi. Markaziy nerv sistemasiga ega bo‗lgan odam va 
hayvonlarda bu sistema butun organizm funktsiyalarini boshqarib, uyg‗unlashtirib 
turadi va uning hayot faoliyatini yashash sharoitiga bir butun qilib moslashtiradi. 
Nervizm pozitsiyasidan qaraganda, ko‗p hujayrali organizm hujayralarining 
o‗zicha modda almashtirish, nafas olish, ta`sirlanuvchanlik ko‗payishga 
qodirligidan bu hujayralar mustaqil organizmlar ekan, degan ma`no chiqmaydi; 
ularning faoliyati bir butun organizmga buysunadi. 
Nervizm degan ta`limot butun XIX asr davomida to‗plangan juda ko‗p 
faktlarga asoslangan. Nerv yo`li bilan boshqarilishni o‗rganish o‗sha asrning eng 
katta muvaffaqiyatlaridan biri bo‗ldi. Ko‗p olimlar (Fransiyada F. Majandi bilan 
Kl. Bernar, Germaniyada Q Lyudvig, R. Geydengayn, aka-uka E. va E. Veberlar, 
Rossiyada A. P. Valter, F. Tsion, V. F. Ovsyannikov, N. A. Mislavskiy, I. P. 
Pavlov, Angliyada U. Gaskell bilan J- Lengli va boshqalar) o‗z ishlarida elektr va 


18 
ximiyaviy moddalar bilan ta`sir etishi turli nervlarni qirqish metodikalari 
yordamida ichki organlar funksiyasining nerv yo`li bilan boshqarilish mexanizmini 
aniqlashdi. Yurak va tomirlar innervatsiyasi aniqlanganini alohida qayd qilib o‗tish 
lozim. Aka-uka E. va E. Veberlar sayyor (adashgan) nervning yurakka 
tormozlovchi ta`sir etishini, I.F. Tsion simpatik nervning yurak qisqarishlarini 
tezlashtiruvchi ta`sirini, I. P. Pavlov esa shu nervning yurak qisqarishlarini 
kuchaytiruvchi ta`sirini kashf etdi.
XIX asrning 20-yillarida M. Flurans o‗z tadqiqotlarida qushlarning bosh 
miya katta yarim sharlarini olib tashlab, sezgi va ixtiyoriy harakatlarning kelib 
chiqishida shu yarimsharlarning rolini eksperimentda isbotladi.1862 yili markaziy 
nerv sistemasidagi tormozlanish protsessini ochgan, 1863 yili esa "Bosh miya 
reflekslari" degan genial asarini nashr qilgan M. Sechenovning ishlari juda katta 
ahamiyatga ega bo‗ldi. I. M. Sechenov ushbu kitobida bosh miyada ro‗y beradigan 
protsesslarning, shu jumladan odamning fikrlashi kabi murakkab protsesslarning. 
reflektor tabiati haqidagi ideyani rivojlantirdi. I. M, Sechenov shu bilan oliy nerv 
faoliyati fiziologiyasiga asos soldi, fiziologiyaning bu sohasini keyinchalik I. P. 
Pavlov rivojlantirdi. XIX asrning ikkinchi yarmida markaziy nerv sistemasi turli 
qismlarining funktsional ahamiyati o‗rganila boshladi, buning uchun bosh miya 
bilan orqa miyaning turli qismlarini olib tashlash yoki ularga ta‘sir etish 
metodikalari qo‗llanildi (G. Fritsh va Gittsig, F. Gol'ts, G. Munq V. M. Bexterev, 
L. Lyuchiani tadqiqotlari). XIX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida, fiziologik 
bilimlar g‗oyat kengayib, chuqurlashib bordi. Fiziologiyaning yutuqlari 
materialistik dunyo qarashning ilmiy jihatdan asoslanishiga yordam berdi 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling