Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

bir-biridan ajratib bo‘lmaydi". Fiziologiya yutuqlaridan meditsina doim 
foydalanadi, meditsinada fiziologiya keng tatbiq etiladi. Sog‗lom, normal 
organizmda ro‗y beruvchi fiziologik protsesslar bilib olingandagina turli 
kasalliklarda organizmdagi funktsiyalarning buzilganini tushunish, kasalliklarni 
davolashning to‗g‗ri yo‗llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin. 
Meditsina amaliyotida fiziologiya yutuqlaridan foydalanilishini ko‗rsatuvchi 
misollarni ko‗plab keltirish mumkin. Masalan, I.P. Pavlov ovqat hazm qilish 
fiziologiyasini ishlab chiqqanligi hazm yo‘llari kasalliklarini tushunishga imkon 
berdi va davolashning kuchli vositasi bo‘lgan ovqat dietetikasiga asos bo‘ldi; 
vitaminlar o‗rganilganligi lavsha (tsinga) va raxit singari kasalliklarga qarshi 
kurashishga yordam berdi; me`da osti bezining gormoni - insulin kashf etilganligi 
va uni olish usullari ishlab chiqilganligi diabet bilan og‗rigan minglab bemorlarni 
o‗limdan saqlab qolishga yordam berdi; qon gruppalari tadqiq qilinganligi qon 
quyish kabi meditsina praktikasi uchun muhim tadbirga asos bo‗ladi. 
Meditsina esa o‘z navbatida fiziologiyaga juda ko‘p qimmatli material 
berdi. Odamning turli kasalliklarini o‘rganish ko‘pchilik normal fiziologik 
protsesslar mexanizmini tushunishga va ba`zi organlar funktsiyasini aniqlashga 
yordam beradi.Fiziologiyaning meditsina uchun va meditsinaning fiziologiya 
uchun ahamiyati shu qadar kattaki, I. P. Pavlov "Odamzod faoliyatining ikki turi - 
meditsina bilan fiziologiyaning qonuniy va samarali ittifoqi" zarurligini juda 
to‗g‗ri ta`kidlagan edi, odamzod faoliyatining bu turlari ko‗z o‗ngimizda odam 
organizmi haqidagi fan binosini ko‗rmoqda va kelajakda insonga eng yaxshi baxt - 
salomatlik va hayotbaxsh etishni va`da qilmoqda", degan edi I. P. Pavlov. 



Fiziologiya psixologiya bilan pedagogikaga ham bog‗liq Fiziologiya
ayniqsa I. P. Pavlov yaratgan oliy nerv faoliyati haqida ta`limot zamonaviy 
psixologiya va pedagogikaning tabiiy-ilmiy asosidir. Fiziologiyaning pedagogika 
uchun konkret amaliy ahamiyati shundan iboratki, bolaning mehnati va turmushini 
to‗g‗ri tashkil etish uchun, ratsional tarbiya tadbirlarini o‗tkazish uchun pedagog 
bola organizmida ro‗y beradigan fiziologik protsesslarning yoshga aloqador 
xususiyatlarini tushunishi kerak 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling