Va oliy nerv faoliyati
Gigiyena fani va uning vazifalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziologik tekshirish metodlari .
- Fizika, ximiya, elektronika, avtomatika va kibernetika
- Xronik tajribalarda
Gigiyena fani va uning vazifalari .Gigiyena tashqi muhit sharoitining
odam sog‗ligiga ta'sirini o‗rganadigan fandir. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, epidemiologaya hamda gigienaga oid boshqa fanlami o‗z ichiga oladi. Gigiyena bolalar va o‗smirlar organizmi bilan tashqi muhit o‗rtasidagi qonuniyatlarni o‗rganadi, ularning eson-omon to‗g‗ri o‗sishi, rivojlanishi uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. Gigienaning asosiy maqsadi bola mehnat qobiliyatining funktsional imkoniyatlari ortib borishi, umumiy immunologik reaktivligi, turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlariga ta'sir etish hamda turli kasalliklarning oldini olish va buning uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, maktablarni to‗g‗ri qurish, obodonlashtirish, talim-tarbiya jarayonining gigiyenik asoslari va shunga o‗xshash boshqa masalalar bilan shug‗ullanadi. Sanitariya odam salomatligini ta'minlaydigan gigiyena talablarini hayotga tatbiq etadi. Sanitariya so‗zi gigiyenik ma'lumotlarni amaliyotga tatbiq qilish ma'nosini bildiradi. Gigiyenada tabiiy eksperiment usuli asosiy usul bo‗lib, u organizmga tashqi muhitning har tomonlama ta'sirini o‗rganadi.Gigiyenaning muhim bo‗limlaridan biri shaxsiy gigiyenadir. Yoshlikdan boshlab, to umrining oxirigacha odam to‗gri gigiyenik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog‗-salomat bo‗lib yuradi va uzoq umr ko‗radi. Sog‗lom ota-onadan sog‗lom bola tug‗ilishi azaldan ma'lum. Gigiyenaning asosiy vazifasi odamning har tomonlama barkamol bo‗lib o‗sishi va rivojlanishi, jismonan va ruhan yetuk bo‗lishi, hormay-tolmay uzoq yillar davomida ishlab yurishi, farovon hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat. Fiziologik tekshirish metodlari. Fiziologiya eksperimental fan. Fiziolog hayot hodisalarini kuzatib va o‗rganib, birinchidan ularga sifatiy va miqdoriy xarakteristika berishga, ya`ni ularni aniq tasavvur qilish va o‗lchashga, boshqacha aytganda, son va o‗lchov bilan ifodalashga, ikkinchidan, kuzatish natijalarini hujjatlashga intiladi. Hujjatlash odatda shundan iboratki, kuzatuvchi olgan natijalarini kuzatish bayonnoma yoki kinofilm va fotografiyada qayd qilinadi yoki 10 bo‗lmasa o‗rganilayotgan jarayonni fotoplyonkaga, qog‗ozga, magnit lentasiga ma`lum vaqt ichida avtomatik ravishda yozib oladi. Fizika, ximiya, elektronika, avtomatika va kibernetika yutuqlariga asoslangan asboblarda keng fondalanilayotgan xozirgi vaqtda fiziologik tadqiqotlarda instrumental texnika ayniqsa katta muvaffaqiyat bilan qo‗llanilmoqda. Fiziologlar fizikaviy, ximiyaviy va texnikaviy metodlar va asboblardan foydalanayotganligi tufayli fiziologiya laboratoriyalari organizmda uning organ, to‗qima va xujayralarida sodir bo‗luvchi funksiya ва protsesslar haqida har tomonlama ma‘lumot olish imkoniyatini beruvchi metodikalar bilan qurollandi. Zamonaviy fiziologning aniq va yuksak darajada sezgir apparaturadan foydalanayotganligi odamning bilish imkoniyatlarini g‗oyat kengaytiradi, sezgi organlarining xal qiluvchi qobiliyatini oshiradi va son-sanoqsiz turli fiziologik protsesslarni kuzatish imkonini beradi. Biroq hayotiy xodisalar tabiatini aniqlash uchun eng nozik va aniq kuzatish usullari ham kamlik qiladi. Fiziolog kuzatish bilangina qanoatlanib qola olmaydi, chunki kuzatish organizmdа nima ro‘y berayapti degan savolga javob beradi. Fiziolog esa fiziologik protsesslarning qanday qilib va nima uchun sodir bo`layotganligini bilishga ham intiladi. Buning uchun eksperimentator yaratadigan va o‗zgartib turadigan sharoitda tajriba, eksperiment o‗tkazilishi lozim. Fiziologlar organizmdagi har qanday jarayonni eksperimentda tekshirayotgan vaqtda mazkur jarayonni qanday sharoitda vujudga keltirish, kuchaytirish yoki susaytirish mumkin ekanligini aniqlashga intiladilar. Fiziologlar biror jarayonning sababini, tabiatini va boshqarish usullarini bilishga shunday yo‗l bilan erishadilar. Organizmdagi biror organning funksiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziologlar shu organni yoki uning biror qismini olib tashlashadi (olib tashlash, yoki ekstirpatsiya metodikasi) yoki organizmning yangi joyiga ko‗chirib o‗tkazishadi (ko‘chirib o‘tqazish, yoki transplantatsiya metodikasi) va bu operatsiyadan keyin qanday oqibatlar qolishini kuzatishadi. Bunday metodlar ayniqsa ichki sekretsiya bezlarini o‗rganishda juda qo‗l keldi Gavdaning ichkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo‗lmaydigan ba`zi organlar faoliyatini o‗rganish uchun fistula metodikasi qo‗llaniladi. Bu metodning bir variantida organ, masalan, me`da, ichak qovuq bushlig‗iga plastmassa yoki metall nay kiritilib, buning ikkinchi uchi teriga maxkamlab qo‗yiladi; boshqa variantida esa bezlar yo‗li teri yuzasiga chiqarib qo‗yiladi. Yurak qontomirlari, bez yo‗llarida o‗tkaziladigan kun tekshirishlarda ularga ingichka naylar - kateterlar suqiladi, organlar funktsiyasini yozib olish uchun bu kateterlar turli asboblarga ulanadi yoki muayyan moddalar shu kateterlar 11 orqali yuboriladi (kateterizatsiya metodikasi). Organlar faoliyatini sun`iy o‗zgartirish uchun fiziologlar elektr, mexanik ximiyaviy yoki boshqa biror yo‗l bilan ta`sir ko‗rsatishadi. Organlarning funktsiyalarini tekshirish uchun qo‗llangan boyagi metodikalarning ko‗pchiligi tirik organizmni yorish yoki xirurgik operatsiya qilishni talab etadi. Bu metodikalar o‗tkir va xronik tajribalarda tatbiq etiladi. Odatda uzoq davom etmaydigan o‗tkir tajribalarda (yoki vivisektsiyalarda) hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda harakatsiz qilib qo‗yib, organlarining funksiyasi o‗rganiladi, nervlarga ta`sir etish, dori moddalar yuborish va shunga o‗xshashlarning ta`siri tekshiriladi. Xronik tajribalarda fiziologlar hayvonlarni har xil xirurgik operatsiya qilib, u tuzalgandan keyin tekshira boshlashadi. Operatsiya qilingan hayvonni ko‗pincha bir necha hafta, oy va yillab kuzatsa bo‗ladi. Organlar funktsiyasi butun organizmdagi emas, organizmdan ajratilgan sharoitda ham o‗rganiladi. Qirqib olingan (boshqacha aytganda, organizmdan Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling