Va oliy nerv faoliyati


XVII-XVIII asrlarda eksperimental fiziologiyaning maydonga kelishi va


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

XVII-XVIII asrlarda eksperimental fiziologiyaning maydonga kelishi va 
rivojlanishi. Eksperimental tadiqiqot usulini tatbiq etadigan fiziologiya fani ingliz 
vrachi, anatomi va fiziologi Vil'yam Garvey ishlaridan boshlanadi. Garvey qon 
aylanishni kashf qilib, F. Engel's so‗zlari bilan aytganda "fiziologiyani (odam, 
shuningdek hayvonlar fiznologiyasini) fanga aylantirdi". Garvey "hayvonlarda
yurak va qon harakatini anatomik tekshirish" nomi bilan 1628 yili nashr
qilingan mashhur asarida ko‗p kuzatishlarga va tajribalarga asoslanib qon
aylanishnning katta va kichik doiralari haqida, yurakning organizmda qonni 
harakatga keltiruvchi organ ekanligi haqida to‗g‗ri tasavvur berdi. Qon 
aylanishining kashf etilishi fiziologiyaning rivojlanishi uchun kuchli turtki bo‗ldi. 
Uni o‗sha zamon ideologiyasida sodir bo‗lgan to‗ntarish va o‗sha zamon ijtimoiy 
hayotidagi xodisalar yig‗indisi taqozo qilgan edi. 
XVI-XVII asrlar Evropada ijtimoiy-iqtisodiy a‘loqalarning almashinish 
davri bo‗lib, feodalizm o‗rniga kapitalizm maydonga keldi. Kapitalizmning 
maydonga kelishi savdo aloqalarining kengayishiga, xomashyo olinadigan va 
tovarlar sotiladigan yangi bozorlarning ochilishiga, dengiz kemachiligi va aloqa 
vositalarining rivojlanishiga bog‗liq edi. Bular esa astronomiya, matematika va 
mexanika kabi fanlarning rivojlanishiga yordam berdi. Vaqt va fazoda orientirovka 
qilish (yo‗l topa bilish) uchun zarur bo‗lgan bu fanlarning rivojlanishi 
ideologiyada burilish yasadi, bu esa barcha fanlarning, jumladan, fiziologiyaning 
rivojlanishida o‗z aksini topdi. Ilmiy tadqiqotlarga yangicha munosabat o‗sha 
zamonning dunyoqarashida ro‗y bergan va zamonning inqilobiy ruhni aks ettirgan 
revolyusiya mevasi edi. 
O‗z ideyalari bilan tibbiyotning rivojlanishiga katta ta`sir ko‗rsatgan 
materialist filosof Bekon yangi yo‗nalish jarchisi bo‗lib chiqdi. Bekon qarashlariga 
yarasha, Garvey "har-bir fan qanday bo‗lmasin, unda sinchiklab kuzatish va sezgi 
bilan tez-tez maslahatlashib turish lozim" va "boshqa odamlarning tajribalariga 
suyanib qolmay, o‗z tajribalarimizni o‗tkazishimiz lozim, busiz tibiiyotning biror 
sohasida ham hech kim tadqiqotchi bo‗la olmaydi" degan edi. Shu qarashlar 
asosida fiziologik protsesslarni tekshirishning eksperimental usullari yaratildi, bu 
usullar esa yangi ilmiy kashfiyotlarga sabab bo‗ldi. O‗shа vaqtda Yevropada aloqa 
vositalarining rivojlanishi xomashyo olinadigan va tovarlar sotiladigan yangi 
bozorlarni o‗zlashtirish maqsadida uzoq sayohatlarga chiqish, aholining olis 
yurtlarga ko‗chib borishi, shaharlarning o‗sishi oqibatida yuqumli kasalliklar 


14 
ko‗payib ketdi. Epidemiyalar rivojlanishining oldini olish choralarini ishlab 
chiqish, shuningdek kasalliklarni davolash usullarini topish meditsina oldida vazifa 
bo‗lib turar edi, bu esa odam gavdasining tuzilishi va funksiyalarini o‗rganish 
zaruratini tug‗dirdi. 
Avvaliga anatomiya, keyinchalik esa fiziologiya rivojlana boshladi, 
chunki organizm va organlar funktsiyasini tushunish uchun ularning tuzilishini 
bilish shart. XVI asrda anatomiya asoschilaridan Vezaliy, shuningdek Servet
Kolombo, Fallopiy va boshqa anatomlar o‗tkazgan tadqiqotlar fiziologik 
kashfiyotlarga, jumladan qon aylanishining kashf etilishiga zamin hozirladi.
Keyinchalik limfa tomirlarining kashf etilishi tufayli limfa aylanish protsessi
aniqlandi; Levenguk va Malpigiy kapillyarlarni topganligi qon aylanishi haqidagi 
tasavvurlar to‗g‗riligini isbotladi va modda almashinuvida qonning rolini 
tushunishga asos bo‗ldi; bezlarning tuzilishini o‗rganish tufayli ularning 
funksiyasini tekshirish mumkin bo‗ldi. 
XVII asrning birinchi yarmida fransuz filosofi Reni Dekart refleksni 
kashf etganligi fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‗ldi.
Dekartning fikricha odamning ba`zi reaktsiyalari masalan, oyoqni olovdan tortib 
olish Dekart tasir etgan mexanizmga ko‗ra ro‗y beradi. Dekartning nazarida 
odamning ixtiyoriy harakatlari gavdada miyaning yuqori ortg‗i - epifizda rux 
borligiga bog‗liq. Ta`sirotga javoban organizmning ko‗rsatadigan reaktsiyalari 
tabiatiga Dekartning qarashlari xozirgi vaqtda juda sodda bo‗lib ko‗rinar
ham. XVIII asr olimi Dekart reflektor aktni va refleks vaqtida nerv impulsi
o‗tadigan yo‗lni tasvir etganligini tan olmay bo‗lmaydi. "Refleks" iborasiga 
kelsak uni XVIII asr oxirida chex olimi G. Proxaska joriy qilgan. 
Fiziologiya rivojlanishining bu davrda anatomik yo‗nalish hukmron edi. 
Biroq rivojlana boshlagan fizika va ximiya bilan bog‗liq bo‗lgan tadqiqotlar o‗sha 
vaqtda ham fiziologiya uchun bir qadar ahamiyat kasb etdi: Tekshirishning fizik 
usullarini fiziologiyaga joriy qilishga va organizmda ro‗y beradigan xodisalarni 
mexanika, fizika va ximiya qonunlari bilan tushuntirishga umkon berdi. XVII-
XVIII asrlarda o‗tkazilgan va mexanika, fizika, ximiya fani asoslari bilan 
to‗plangan tadqiqotlardan quyidagi ishlar fiziologiya uchun katta ahamiyatga ega 
bo‗ldi.
D. A. Borelli nafas harakatlarining mexanizmini, diafragmaning rolini 
o‗rgandi va tomirlardagi qon harakatini o‗rganishga gidravlika qonunlarini tatbiq 
etdi, S. Gele qon bosimini aniqladi, X R. Sheyner ko‗zga optika nuqtai nazaridan 
qaradi, ko‗zdagi muhitlarning nur sindirish qobiliyatini o‗rgandi va ko‗rish 
sezgilarining hosil bo‗lishida ko‗z to‗r qavatinnng rolini aniqladi, R. Reomyur va 
L. Spallantsann ovqat xazm bo‗lishining mexanizmi bilan shug‗ullandi, 


15 
A.L.Lavuaz'e nafas protsesslari haqidagi tasavvurning ilmiy asoslarini yaratdi vaqt 
va organizm sarflaydigan energiya miqdorini P. S. Laplas bilan birga birinchi 
marta o‗lchadi, A. Galler qo`zg‗aluvchanlik va sezuvchanlik xodisalarini birinchi 
bo‗lib mukammal tekshirdi, L. Gal'vani bioelektr hodisalarini kashf etdi va elektro-
fiziologiyaga asos soldi.
O‗z zamonining qarashlaridan ancha o‗zib ketgan buyuk rus tabiatshunosi M. 
V. Lomonosovning faqat keyinchalik qadr topgan kashfiyotlari fiziologiya uchun 
g‗oyat muxim ahamiyatga ega bo‗ldi. 1748 yili M. V. Lomonosov tabiatning 
umumiy qonuni - modda va harakatning saqlanish qonunini ta`riflab berdi. XIX 
asrda bu qonun organizmda modda almashinuvi hamda energiyaning o‗zgarishini 
o‗rgangan eng muhim fiziologik tadqiqotlarga asos bo‗ldi. Lomonosov fiziologiya 
uchun fizikaning va ayniqsa, ximiyaning ahamiyatini komil ishonch bilan 
isbotlagan edi. U fiziolog, "hayvon gavdasining harakatlanish sabablarini fizikadan 
bilib olishi lozim" va "medik ximiyani yetarlicha bilmay turib vrach bo‗la 
olmaydi" deb ta`kidladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling