Fizikaviy ximiyaning vazifalari


Download 121 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi121 Kb.
#1230439
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Moddaning agregat holatlari. Gazlar


Moddaning agregat holatlari. Gazlar
Reja
1. Fizikaviy ximiyaning vazifalari
2. Fizikaviy ximiyaning tekshirish metodlari
3. Moddaning agregat holatlari. Gazlar
4. Moddalarning gaz holati
5. Mendeleev — klapeyron tenglamasi

Fizikaviy ximiyaning vazifalari
Fizikaviy ximiya moddalarning xossalarini, ularning tuzilishini va ximiyaviy reaktsiyalarning borishini fizika vositalari yordamida tekshiradigan fan bo’lib, natijalarni, ko’pincha, matematik usulda ifodalaydi.
M. V. Lomonosov moddalarning saqlanish qonunini kashf etgandan keyin ximiya faniga tarozida tortish usuli kiritildi va ximiya bilan fizika o’rtasida mustahkam aloqa bog’landi. Lomonosov 1752—1753 o’kuv yilida Peterburg universitetida dunyoda birinchi bo’lib fizikaviy ximiya kursidan lektsiya o’qidi va laboratoriya tashkil qildi. U fizikaviy ximiyaning asosiy vazifalarini ko’rsatdi, gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi va eritmalar haqidagi ta‘limotga asos soldi. Lomonosov birinchi bo’lib fizikaviy ximiyadan asar yozdi va uni «chin fizikaviy ximiya kursi» deb atadi. Bu asarda fizikaviy ximiyaga quyidagicha ta‘rif'berdi: «Fizikaviy ximiya aralash (murakkab — avtor) jismlarda ximiya-viy operatsiyalar vaqtida bo’ladigan hodisalarni fizika qonun-qoidalari va tajribalari asosida izohlab beruvchi fandir».
Lomonosovning fizikaviy ximiya sohasidagi ilmiy ishlari uning materialistik dunyoqarashidan kelib chiqadi; u Rossiyada ilmiy materializmga birinchi bo’lib asos soldi; u butun olam materiyadan iborat va materiya harakatsiz bo’lolmaydi, degan fikrni birinchi marta bayon etgan, fan bilan praktika va ishlab chiqarish o’rtasida uzviy bog’lanish borligini ta‘kidlagan edi.
N. N. Beketov 1860 yildan boshlab Harkov universitetida «Fizikaviy va ximiyaviy hodisalar o’rtasidagi munosabat» degan kursdan, 1865 yilda esa «Fizikaviy ximiya» kursidan lektsiya o’qidi.Moddalarning ximiyaviy tuzilishi haqidagi ta‘limotni rivojlantirishda A. M. Butlerovning xizmati katta bo’ldi. U 1861 yilda organik moddalarning tuzilish nazariyasini yaratdi. Shu vaqtdan boshlab organyk ximiya muayyan nazariya asosida rivojlanib kelmokda.
Fizikaviy ximiyani rivojlantirishda mashhur rus olimi D. I. Mendeleevning xizmati kattadir. U elementlarning davriy sistemasini tuzdi, eritmalar nazariyasini yaratdi, moddalar kritik temperaturaga ega ekanligini oldindan aytib berdi.
Fizikaviy ximiya faqat XIX asr oxiridan boshlab mustaqil fan sifatida rivojlandi, chunki ana shu davrga kelib fan bilan ishlab chiqarish o’rtasida mustahkam aloqa bog’landi.
V.Gibbs, V. Nernst va G. L. Gelmgolts XIX asrning oxirida termodinamika printsiplarini ximiyaviy protsesslarga tatbik qil-dilar. 1885 yilda Vant-Goff eritmalarning osmotik nazariyasini, 1887 yilda Arrenius elektrolitik dissotsilanish nazariyasini kashf etdilar. Xuddi shu yili Ostvald bilan Vant-Goff nemis tilida «Fizikaviy ximiya» jurnalini chiqara boshladilar.
Fizikaviy xtimiyani rivojlantirishga rus olimlaridan N. A. Menshutkin, V. F. Alekseev, V. F. Luginin, D. P. Konovalov, V. A. Qistyakovskiy, T. Ye. Lovits, G. I. Gess va boshqalar ham o’z hissalarini qo’shdilar.
XX asrning boshlarida N. S. Kurnakov, I. A. Kablukov, V. A. Kistyakovskiy, N. A. Shilov va L. V. Pisarjevskiy asarlari fizikaviy ximiyaning ayrim sohalarini rivojlantirishda katta rol o’ynadi.
Hozirgi zamon fizikaviy ximiyasini taraqkiy ettirishda Nobel mukofoti laureati akademik N. N. Semyonov, akademik A. H. Frumkin, akademik P. A. Rebinder, akad. V. A. Kargin kabi sovet olimlarining xizmatlari katta bo’ldi.
Fizikaviy ximiya sohasida g’oyat katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Talab qilingan xossalarga ega bo’lgan materiallar olishda, aralash moddalarni bir-biridan ajratishda, chala o’tkazgichlar sano-atining rivojlanishi bilan nihoyatda toza moddalar olishda, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda, qishloq xo’jaligini ximiyalashtirishda fizikaviy ximiya katta rol o’ynadi.
Fizikaviy ximiya biologiyada ham katta axamiyatga ega, chunki biolog olimlar o’z ilmiy ishlarida fizikaviy ximiyaning eksperimental metodlaridan va nazariyalaridan keng foydalanadilar.
Metallurgiya agregatlarida sodir bo’ladigan ximiyaviy protsesslar nazariyasini yaratishda va bu protsesslarning tezligini xisoblashda, ularning unumdorligini oshirishda fizikaviy ximiya katta rol o’ynaydi.
Barcha fanlar kabi, fizikaviy ximiya ham dialektik materializmga tayanadi va kishilar ongida materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun zarur bo’lgan ilmiy materiallar beradi.
Fizikaviy ximiyaning quyidagi asosiy bo’limlari: 1) moddalarning tuzilishi hakidagi ta‘limot, 2) gaz, suyuqlik va qattiq jismlar haqidagi ta‘limot, 3) eritmalar haqidagi ta‘limot, 4) ximiyaviy reaktsiyalarning tezligi va kataliz, 5) elektroximiya, 6) termoximiya va termodinamika, ximiyaviy muvozanat, 7) fotoximiya, 8) adsorbtsiya hodisalari haqidagi ta‘limot bo’limlari bor.
Fizikaviy ximiya bilan bir qatorda kolloid ximiya ham rivojlanib bordi.



Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling