Va oliy nerv faoliyati
Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv sistemasining tiplari.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish
induktsiyasi. Tormozlovchi agent qo‗llanilgach (masalan, differentsiallangandan keyin) bir necha sekund mobaynida shartli ta`sirotlar effekti bir qancha hollarda ancha kuchayib qolishi shartli reflekslarga doir tajribalarda payqalgan edi. Xuddi shuningdek ijobiy shartli ta`sirlovchilardan keyin differentsiallanuvchi agentning tormozlovchi ta`siri kuchayadi. Bu markaziy nerv sistemasining boshqa bo‗limlariga ham xos bo`lgan musbat va manfiy ketma-ket induktsiya natijasidir (tormozlanishdan keyin qo‗zg‗alish protsessi ro‗y beradi, qo‗zg‗alishdan keyin esa tormozlanish protsessi boshlanadi). Tormozlovchi agent ta`sir etib bo‗lgach faqat dastlabki sekundlarda musbat induktsiya xodisalari ro‗y beradi (tormozlovchi agent ta`sir etgandan keyin ijobiy refleksning kuchayishi), so‗ngra musbat induktsiya hodisalari o‗rniga shartli reflekslar susayadi. Shunga asoslanib, tormozlanish irradiatsiyasidan oldin induktsiya hodisalari ro‗y beradi, deb xulosa chiqarildi. Tormozlovchi agent po‗stlog‗ida kontsentrlangan tormozlanish protsessini vujudga keltirgandagina induktsiya hodisasi ro‗y beradi. Musbat yoki manfiy induktsiya fenomenlari kontrast hodisalariga ko`p jihatdan o‗xshaydi, bular retseptsiya organlarini tekshirishda tasvir etilgan edi. 318 Nerv sistemasining tiplari. Shartli reflektor faoliyat nerv sistemasining individual xossalariga bog‗liq. Oliy nerv faoliyatining harakterini anchagina belgilab beruvchi shu xossalar yig‗indisi har bir individiumning irsiy xususiyatlariga va avvalgi hayot tajribasiga borliq bo`lib, nerv sistemasining tipi deb ataladi. Bir turga kiradigan turli hayvonlarda shartli reflekslarning birday sharoitda vujudga kelish tezligi, miqdori va mustahkamligi, ichki va tashqi tormozlanish intensivligi, nerv protsessining tez yoyilishi (irradiatsiya) va to‗planishi (kontsentratsiya), induktsiyaga layoqatlilik oliy nerv faoliyatida patologik holatni vujudga keltiruvchi har xil ta`sirotlarga ozmi-ko`pmi moyillik nerv sistemasining tipiga bog‗liq. Oliy nerv faoliyatidagi individual xususiyatlarni butun kompleksini tekshirishgа asoslanib, nerv sistemasining asosiy tiplari aniqlandi va har bir organizmning qaysi tipga kirishi - mansubligi bilinadi. I. P. Pavlov itdagi shartli reflekslarni laboratoriyada ko`p yillar mobaynida tekshirish natijalariga suyanib, tiplarni klassifikatsiya nerv sistemasining bir necha xossasiga katta ahamiyat berdi, nerv sistemasining shu xossalarini nerv aktivligining eng puxta ko`rsatkichlari deb hisobladi. Birinchidan,- qo‗zg‗alish va tormozlanish protsesslarining kuchi, ikkinchidan, ularning o`zaro muvozanatlanganligi, boshqacha aytganda, qo‗zg‗alish kuchi bilan tormozlanish kuchining nisbati, uchinchidan, ularning harakatchanligi, ya`ni qo‗zg‗alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi va aksincha, tormozlanishning qo‗zg‗alish bilan almashinish tezligi shunday ko`rsatkichlardan hisoblanadi. Eksperimental praktikada to‗rtta asosiy tip uchraydi: 1) kuchli, ammo muvozanatlanmagan tip - qo‗zg‗alish protsessining tormozlanish protsessidan ustunligi bilan ta`riflanadi; 2) kuchli, muvozanatlangan, harakatchan tip - nerv protseeslarining juda harakatchanligi bilan ta`riflanadi (juda serharakat tip); 3) kuchli, muvozanatlangan, kam-harakat tip - nerv protseslarining kamroq harakatchanligi bilan ta`riflanadi ("yuvosh", kam harakat, yoki inert tip); 4) nimjon tip - qo‗zg‗alish protsessining ham, tormozlanish protsessining ham g‗oyat sust avj olishi bilan ta`riflanadi; tez charchab, mehnat qobiliyatidan mahrum bo‗lish shu tipga harakterlidir. I. P. Pavlovning fikricha, nerv sistemasining yuqorida aytilgan va hayvonlar o`rtasidagi tajribalarda aniqlanadigan to‗rtta tipi odamlarning Gippokrat tomonidan aniqlangan to‗rtta temperamentiga mos keladi. Qo‗zg‗alish protsessining ustunligi bilan ta`riflanadigan kuchli, muvozanatlanmagan tip xolerik temperamentga; kuchli, muvozanatlangan, harakatchan tip sangvinik temperamentga; kuchli, muvozanatlangan, kamharakat tip flegmatik temperamentga va, nihoyat nimjon tip melanxolik temperamentga mos keladi. 319 Nerv sistemasining turli tiplariga mansub hayvonlar tevarak-atrofdagi muhitning turli ta`sirlariga moslanganligi va kasallik to‗ldiruvchi agentlarga chidamliligi bilan bir-biridan farq, qiladi. Masalan, nerv sistemasi kuchli, muvozanatlangan tipga mansub hayvonlarda oliy nerv faoliyatining patologik holati - nevrozni yoki, I. P. Pavlov aytgandek nerv protseeslarining tuqnashuvini yuzaga chiqarish g‗oyatda qiyin. Nerv sistemasi nimjon yoki kuchli tipga kiradigan, ammo muvozanatlanmagan hayvonlar esa shartli reflektor faoliyatning turli-tuman tarzda buzilishlariga ko`proq moyil bo`ladi. Nerv sistemasining nimjon tipida nevrozlarning har xil turlari va nerv protseeslarining to‗qnashuvi ayniqsa ko`p uchraydi. Nerv sistemasi shu tipga kiradigan individiumlarda turmushdagi qiyin sharoit, signallarni differentsiallashning murakkab vazifalari, yemiruvchi kuchli ta`sirotlar va shunga o‗xshashlar ta`sirida oliy nerv faoliyatining surunkali buzilishi ayniqsa oson. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling