Va oliy nerv faoliyati
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida ta`sirotlarning analiz va sintez qilinishi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida ta`sirotlarning analiz va sintez qilinishi.
Ta`sirotlarni analiz va sintez qilish- bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining eng muhim funktsiyalaridir. Ta`sirotlarni analiz qilish miya po‗stlog‗ining turli neyronlari va neyron gruppalari o`rtasida qaror topadigan o`zaro ta`sir tufayli katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlarida ro‗y beruvchi qo`shilishlarni o`zaro boglash, yakunlash va birlashtirishdan iborat. Har qanday shartli refleksni hosil qilishga asos bo`ladigan vaqtincha aloqaning vujudga kelishi miya po‗stlog‗idagi sintetik faoliyat belgisidir. Ta`sirotlarni analiz qilish organizmga ta`sir etuvchi harxil signallarni (ta`sirotlarni) farq, qilish, ajratish, differentsialashdan iborat. Ta`sirotlar retseptor apparatdayoq analiz qilina boshlaydi, bu apparatning turli elementlari harakter e`tibori bilan har xil ta`sirotlarga reaktsiya ko`rsatadi, nerv sistemasining tuban bo‗limlari ham analiz qiladi. Ammo, analiz jarayonlari katta yarim sharlar pustlogida yuksak darajada taraqqiy etadi. Miya po‗stlog‗idagi sensor zonalarning strukturasi va nerv yo‗llari shundayki, retseptorlarning har bir turidan impulslar pustloqdagi nerv hujayralarining muayyan guruhlariga boradi. Bundan tashqari, reaktsiyaga tortiladigan hujayralar soni va har bir hujayradagi impulslar chastotasi ta`sirlovchining kuchiga, uzunligiga va ortib borish tizligiga qarab katta farq, qiladi. Shu sababli har bir periferik ta`sirotga qo‗zg‗alishning o‗z fazo-vaqtini, I. P. Pavlov ta‘biri bilan aytganda, o`ziga xos "dinamik strukto‗ra kompleksi"ni mos keltiruvchi sharoit vujudga keladi. Uz xossalarga kura yaqin ta‘sirlovchilar bir-biridan shunday qilib farqlanadi. Analizning katta yarim sharlar po‗stlog‗iga spetsifik formasi ta`sirlovchilarni signal ahamiyatiga qarab farq, qilish-differentsiallashdan iborat, ichki tormozlanishning vujudga kelishi esa shungа imkon beradi.Analiz va sintez bir- biriga chambarchas bog‗liq,. Organizmga ayrim-ayrim ikki ta`sirlovchi ta`sir etganda analiz va sintezning eng oddiy formalarini ko‗ramiz. Bir qancha komponentlarni o‗z ichiga oluvchi kompleks ta`sirotlarni analiz qilishga asoslanib, miya po‗stlog‗idagi analitik-sintetik faoliyatning murakkabroq formalari to‗g‗risida fikr yuritish mumkin. Shu maqsadda muayyan tartib bilan ketma-ket keluvchi bir necha signal shartli ta`sirlovchi sifatida qullaniladi; shu signallarning o`zi esa shartsiz ta`sirot 313 bilan mustahkamlanmay, boshqa tartibda qullaniladi. Ta`sirotlar differentsiallanadigan bo`lsa, bu, katta yarim sharlar po‗stlog‗i signallarning harbirini alohida emas, ularning faqat yig‗indisinigina emas, balki qo‗llanish tartibini, izchilligini ham idrok etayotganligini ko`rsatadi. Analiz va sintezning murakkab formalarining tekshirish uchun A. G. Ivanov- Smolenskiy to‗rtta: A+B + V + G tovushning ketma-ket qo‗llanilishiga doir mustahkam shartli refleks vujudga keltirgan. Shungra tovushlarning yo‗qoridagi tartibini ularning boshqa(A + V + B + G) tartibidan farq, qilishga (differentsiallashga) 5 oy o‗rinib ko‗rishgan. Itning bu murakkab ta`sirovchilarni tula farq qilishigа muvaffaq bulinmadi. Bunday vazifaga itning qurbi yetmaydi.Differentsiallanadigan kombinatsiya o‗rtа hisob bilan 7-marta qo‗llanilganda odam bunday vazifani bemalol uddalaydi. Ko`pgina xayvonlarda analizning oddiy formalari odamdagiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Masalan, itning hid bilishi hammaga ma`lum, it hidlarni odamga nisbatan beqiyos aniqroq va yaxshiroq ajratadi. Xuddi shuningdek it tovush ta`sirotlarini ham yuksak darajada differentsiallaydi. Bir tovush shartsiz ta`sirot bilan mustahkamlansayu, ikkinchi tovush mustahkamlanmasa, it 1/8 tonga qadar farq qiluvchi ikki tovushni bir-biridan ajratganini ko‗zatish mumkin. Odam qulog‗i sezmaydigan balandlikdagi tovushlarni it qulog‗i eshitadi. Shunday qilib, ayrim qullanilgan ta`sirotlarni farq, qilish, ya`ni kortikal analizning quyi formasi odamga nisbatan hayvonda yaxshiroq rivojlangan bo‗lishi mumkin. Ammo ta`sirotlarni analiz va sintez qilishning oliy formalari xiyla yuksak rivojlanganligi bilan odam xhayvondan oldinda turadi. F. Engelsning ta`biri bilan aytganda, "burgut odamga qaraganda ancha uzoqni ko‗radi, lekin odamning ko‗zi buyumlarda burgut ko`ziga qaraganda ancha ko`p narsani ajratadi". Odamdagi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sintetik faoliyat protsesslarida shartli va shartsiz ta`sirlovchilarning po‗stloq vakilligi hujayralari o`rtasidagi vaqtincha aloqalargina emas, indifferent ta`sirotlar yig‗indisini idrok etishda qatnashuvi nerv hujayralarining guruhlari o`rtasida vujudga keladigan vaqtincha aloqalar ham muhim rol o‗ynaydi. Masalan, biron kuy tovushlari eshitilganda eshituv analizatorining po‗stloqdagi tegishli hujayralari periferiyadan keluvchi ta`sirotlar bilan muayyan tartibda qo‗zg‗oladi va shu hujayralar o`rtasida vaqtincha ' aloqalar vujudga keladi.Kuyni esda qoldirish - eshituv analizatorida vaqtincha aloqalarning vujudga kelishi demakdir.Boshlang‗ich bir necha notaning jaranglashi butun kuyni esga tushirish uchun kifoya qilishi vaqtincha aloqalar vujudga kelishidan guvoxlik beradi. Biron surat yoki narsani ko‗zdan kechirganda ko‗z to‗r pardasidan va ko‗z muskullaridan afferent impulslar ko‗ruv analizatori bilan proprioretseptiv analizatorning po‗stloqdagi hujayralariga muayyan tartib bilan 314 boradi, shu tufayli mazkur hujayralar o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Natijada ko‗ruv obrazi iz qoldiradi. Ta`sirlovchi murakkab bo`lsa, ya`ni qancha ko`p komponentlardan tuzilgan bo`lsa, miya po‗stlog‗ining idrok etuvchi hujayralari o`rtasida o`shancha ko`p vaqtincha aloqalar vujudga kelishi kerak. Ta`sirotlarni analiz va sintez qilish uchun fiziologik protseslari -oliy formalari odamda xodisa va tushunchalarni logik analiz va sintez qilishning sifat jihatidan o`ziga xos jarayonlari vujudga kelishi uchun asos xisoblanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling