Va oliy nerv faoliyati


Shartli refleksning so‘nishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartli refleksning so‘nishi. Shartli signal shartsiz ta`sirlovchi bilan 
birga qullanilaversa, shartsiz ta`sirlovchi bilan mustahkamlanib borsa shartli 
refleks saqlanib qolaveradi. Bordiyu shartli signal yakka qo‗llanilsa, shartsiz 
ta`sirot bilan mustahkamlanmasa, bir necha marta shunday yakka qo‗llanilgach, 
ilgari hosil qilingan mustahkam shartli refleks sekin-asta susayadi va piravardida 
batamom sunib qoladi. 
Shartli refleks qancha kuchli bo`lsa, shartli signal shartsiz ta`sirot bilan 
qancha ko‗p birga qo‗llanilgan bo`lsa shartli reflektor reaktsiyaning batamom 
sunishi o`shancha qiyin. Yaqinginada hosil qilingan kuchsiz shartli reflekslar esa, 
aksincha, tez so‗nib qoladi. Shartli signal shartsiz ta`sirot bilan yana 
mustahkamlansa shartli refleks tiklanadi. Shartli signal (ta`sirlovchi) bir necha vaqt 
qo‗llanilmasa, sungan shartli refleks o‗z-o`zidan tiklanishi mumkin.Shartli 
signalga qandaydir yot ta`sirot (kuchli orientirovka refleksini vujudga keltiradigan 
ta`sirot) qo‗shilsa, sungan shartli refleks shunda ham tiklanishi mumkin.Ayni 
vaqtda miya po‗stlog‗ining qo‗zg‗aluvchanligi ortadi, natijada ichki tormozlanish 
vaqtincha yo‗qoladi.Bunday xodisa tormozlanshidan qutilish deb ataladi. 
Shartli ta`sirlovchilarni differentsiallash. Qanday bo`lmasin ta`sirlavchiga, 
masalan, 1000 gts tonda ovqatlanish shartli refleksi vujudga keltirilsa, shu tonga 
o‗xshaydigan boshqa tovushlar, masalan, 900-800-700 gts tonlar, shuningdek 1100 
va 1200 gts tonlar ham shartli reaksiyani vujudga keltira oladi. Bunday xodisa 
shartli refleksning generalizatsiyasi deb ataladi. 
Xech qanday maxsus chora kurilmasa, shartli refleks o‗z generalizatsiyasini 
uzoq saqlaydi. Shartli refleksni aniq ixtisoslashtirish uchun bir signal (masalan, 
1000 gts ton) ni shartsiz ta`sirot bilan doimo mustahkamlash, unga yaqin boshqa 
signallarni esa mustahkamlamasdan qullanish kerak shunda boshqasignallarga doir 


310 
reflekslar sekin-asta so‗nadi, mustahkamlanadigan signal (misolimizda 1000 gts 
ton)ga doir refleks esa saqlanib qoladi (59-rasm) 
I. P. Pavlov bunday jarayonni ta`sirlovchilarni differentsiallash, yoki 
differentsirovka deb atagan. Differentsiallash katta yarim sharlar po‗stlog‗ida 
shartli tormozlanishning kelibchiqishiga asoslangan. Shartli tormoz.Ichki 
tormozlanish shartli tormozni hosil qilishdа ham vujudga keltiriladi. A signal
(masalan, metronom tovushi) shartsiz ta`sirot bilan doimo mustahkamlansayu, 
B+A signallar kombinatsiyasi (masalan, qo‗ng‗iroq tovushi bilan metronom 
tovushi) hech qachon shartsiz ta`sirot bilan birga qo‗llanilmasa, shartli tormozni 
vujudga keltirsa bo`ladi. B + A signallar kombinatsiyasi avvaliga yolg‗iz signalni 
qo‗llanishda vujudga keladigan shartli refleksni yuzaga chiqaradi. 
 
 
73-rasm, Shartli refleksda (A va V) va differentsirovkada (B) oyoq
harakatlarining kimogrammalari. 1 - oyoq harakatlarining yozuvi; 2 - shartli
ta`sirot belgisi; 3 - shartsiz ta`sirot belgisi. 
Kiyinchalik B + A signallar kombinatsiyasi ijobiy signal ahamiyatidan 
mahrum bo`ladi. Shartli A signal esa yakka qo‗llanilgan shartli refleks hosilqilish 
qobiliyatini saqlab qoladi. A signalga doir shartli refleksni tormozlaydigan B 
signalni I. P. Pavlov shartli tormoz deb atagan.Shartli tormozni vujudga keltirmoq 
uchun B signal A signaldan oldin emas, balki bir vaqtda ta`sir etishi zarur B 
signal A signaldan oldin ta`sir etsa B signalga doir ikkinchi tartibdagi shartli 
refleks hosil bo‗lishi mumkin!. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling