Va oliy nerv faoliyati
Vaqtincha aloqa strukturasi va vujudga kelish mexanizmi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vaqtincha aloqa strukturasi va vujudga kelish mexanizmi. Katta yarim
sharlar po‗stlog‗idagi ikki gurux hujayralar: shartli-ta`sirotni idrok etuvchi hujayralar bilan shartsiz ta`sirotni idrok etuvchi hujayralar o`rtasida vaqtincha aloqa vujudga kelishi asosida shartli refleks hosil bo`ladi. I. P. Pavlovning bu tasavvurini xozir hamma e`tirof etadi. Katta yarim sharlarning po‗stlog‗i ichidan va oq moddasidan o‗tuvchi gorizontal nerv tolalari (assotsiativ va komissural tolalar) boya aytilgan hujayralar o`rtasida qo‗zg‗alishni o‗tkazadi deb faraz qilishardi,oldin. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi turli sohalarning o`zaro ta`sir etish mexanizmlarida po‗stloq, po‗stloq osti yadrolari va po‗stloq yo‗llari ham muhim rol' o‗ynashi keyinchalik aniqlandi. Shartli qo`zg‗alishning o‗tishi uchun bu yo‗llarning qanday ahamiyati borligini quyidagi faktlar yaqqol ko`rsatadi. It miyasining kulrang moddasini kesib, yarim sharlar pustlog‗ining turli qismlari ajratib quyilsa, shu qismlardagi hujayralar o`rtasida vaqtincha aloqalar vujudga kelaveradi (E. A. Asratyan). Odam miyasining orqadagi markaziy pushtasi (birinchi somatosensor zona) oldingi markaziy pushta (motor zona) dan ajratib quyilsa, shu sohalar o`rtasidagi barcha gorizontal nerv aloqalari batamom o`zilganiga qaramay, harakat malakalari o‗zgarmaydi. Qadoqsimon tana 306 qirqib qo‗yilganda ham, odamning harakat malakalari jiddiy ravishda o‗zgarlmaydi (U. Penfild). Bo`larning hammasida yarim sharlar po‗stlog‗ining turli sohalari quyidagicha o`zaro ta`sir etadi. Shartli signal ta`sirida kelib chiqqan afferent impulslar talamus va retikulyar formatsiya orqali miya po‗stlog‗ining sensor zonasiga boradi; impul'slar shu yerda qayta ishlangach, tushuvchi yo‗llar orqali po‗stloq ostidagi spetsifik va nospetsifik to`zilmalarga qaytadi, bu yerdan esa yana miya po‗stlog‗iga - shartsiz refleksning po‗stloqdagi vakillik zonasiga boradi xozir aksari tadqiqotchilar shartli refleksning vujudga kelishida dominanta hodisasi muhimrol'o‗ynaydi, deb faraz qilishadi. Shartsiz ta`sirot vaqtida tegishli analizatorning po‗stloqdagi hujayralari qo‗zg‗aluvchanligi keskin darajada oshib ketadi shu tufayli bu hujayralar miya po‗stlog‗idagi boshqa sohalarning qo‗zg‗alishi reaktsiya ko`rsatadigan bo`lib qoladi. Natijada indifferent va shartsiz ta`sirotlar birga qo‗llanilsa, ular yuzaga chiqaradigan qo‗zg‗alishlar o`zaro qo‗shiladi, I. P. Pavlov ta`biri bilan aytganda summatsiya refleksi ro‗y beradi. Markaziy nerv tizimining barcha bo‗limlarida dominanta va qo‗zg‗alishlarning qo‗shilish hodisalari ro‗y berib to‗radi, lekin po‗stloq ostidagi va orqamiya markazlaridagi summatsiya refleksi tez utib ketuvchi hodisa bo`lsa, katta yarim sharlar pustlog‗ida bu refleks iz qoldiradi, mustahkamlanadi, shartli refleks ham shu tufayli hosil bo`ladi. I P. Pavlov turli ta`sirlovchilar birga qo‗llanilgan paytda qo‗zg‗alishlar qo‗shilishi, deb taxmin qilgan edi. Bir qancha avtorlarning elektrofiziologik tadbiq etib o`tkazgan eksperimental tadqiqotlari I. P. Pavlovning bu taxminini tasdiqlaydi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ida, talamus yadrolarida va retikulyar formatsiyada bir talay nerv hujayralari borligi aniqlandi. Turli reseptorlar ko‗ruv, eshituv, taktil temperato‗ra, muskul retseptorlari va shu kabi reseptorlardan keluvchi afferent impul'slar o`sha nerv hujayralariga konvergentsiyalanadi. Vaqtincha aloqalarning vujudga kelishida xuddi ana shu hujayralar aktiv qatnashadi, degan fikr tug‗ilishi tabiiy edi. Ta`sirlovchilar birga qo‗llanilgan paytda nerv hujayralarining o`zaro ta`siri katta yarim sharlar po‗stlog‗idа qanday iz qoldiradi, degan masala xal qilinmagan asosiy masala bo`lib keldi va hamon shunday bo`lib turibdi. Ba`zi tadqiqotchilar shartli va shartsiz ta`sirlovchi bilan quzg‗algan pustlog‗ hujayralari doiraviy ritmik aktivlikka tortiladi va berk neyron zanjirlarini qo‗zg‗alishlarning aylanib yurishi tufayli vaqtinchа aloqalar hosil bo`ladi deb taxmin qilishgan edi. Ammo chuqur narkozdan keyin, miya haddan tashqari sovutilgach, tutqanoq tutgach va miya pustlog‗ining aktivligining deyarli batamom susaytiradigan boshqa ta`sirotlardan keyin ilgari vujudga keltirilgan shartli reflekslar yo‗qolmasligini maxsus tajribalar 307 ko`rsatib berdi. Ayni vaqtda qo‗zg‗aluvchanlik ritmlari va bu o‗zgarishlarining aylanib yurish uzluksizligi buziladiyu, vaqtincha aloqalar saqlanib qoladi. Shu sababli xozir ta`sirlovchilarni birga qo‗llanishda ro‗y beruvchi funktsional o`zgarishlar katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ta`sirotlarning faqat qisqa vaqt iz qoldirishi uchun ahamiyatli bo`la oladi (qisqa vaqtli xotira"), degan tasavvur extimolga kuproq yaqindir. Vaqtincha aloqalarning uzoq ushlanib turishi ("uzoq vaqtli xotira) sinapslarda va hatto katta yarim sharlar pustlog‗ining nerv hujayralarida ro‗y beruvchi qandaydir molekulyar, plastik o`zgarishlarga asoslanadi. Bu plastik o`zgarishlarning mohiyati haqida turli farazlar bayon qilinmoqda. Ulardan biriga qaraganda, hujayraga impul'slar doimo bir xil hujayralardan tez-tez kelib turganda presinaptik terminallar oshib ketadi va nerv sinapslarining soni ko`payadi. Boshqa taxminga qaraganda, impulslar sinaps orqali takror utganda, nerv oxiridagi enzimatik tuzilmalarda barqaror o`zgarishlar ro‗y beradi, natijada qo‗zg‗alishning utishi osonlashadi. Nerv hujayrasi quzg‗alganda undagi nuklein kislotalar miqdorining ortishi yaqinda kashf etilgan, sunggi yillarda bu faktga katta ahamiyat berilmoqda. xujayraning avvalgi qo‗zg‗alishlaridan iz qolishi ribonuklein kislota strukturasining o‗zgarishiga bog‗liq, deb faraz qilishadi. Ribonuklein kislota strukturasi o`zgarganda hujayra protoplazmasi, usiqlarida va sinapslarda oqsillar sintezi o`zgarishi muayyan nerv hujayralaridagi sinapslar extimol, shuning natijasida oshib ketadi Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling