Va oliy nerv faoliyati
Shartli refleks signallari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Shartli refleks signallari .Tashqi muhitning yoki organizm ichki holatining
har qanday o`zgarishi muayyan intensivlikka yetib, katta yarim sharlar po‗stlog‗ida idrok etilgach, shartli ta`sirlovchi bo`lib qola oladi. Tabiati jihatidan turli-tuman ta`sirlar - tovushlar (tonlar va shovqinlar), yorug‗lik intensivligi, yoritilgan narsalarning konto‗ralari, ranglar, hidlar, ta`mli moddalar, teriga tegish, bosim, issiq va sovuq ta`siri, muskullarning taranglanish darajasi, qisqarishi va bo`shashuvi, gavdaning fazodagi vaziyati, ichki organlar holati, shilliq pardasining ta`sirlanishi, shuningdek organizmda modda va energiya almashinuvining o`zgarishlari shartsiz ta`sirotlar bilan birga qo‗llanilganda ular shartli reflekslarning signallariga aylanadi. Shunday qilib, eksteroretseptiv, vitseroretseptiv va proprioretseptiv ta‘sirotlarning hammasi shartli refleks signallari bo`lib qolishi mumkin. Dastlab indifferent bo`lgan ta`sirotlargina emas, odatda organizmning biror bir reaktsiyalarini, jumladan shartsiz reflekslarni yuzaga chiqaradigan ta`sirotlar ham shartli signallarga aylanishi mumkin. Qanday bo`lma'sin shartsiz refleksni yuzaga chiqaradigan ta`sirot boshqa shartsiz ta`sirot bilan birga qullanilganda ba`zan ikkinchi (uz tabiatiga kura boshqa) shartsiz refleksning shartli signali bo`lib qoladi. Pavlov laboratoriyasida utkazilgan tajribalarda kuchli himoyalanish shartsiz refleksini vujudga keltiradigan ta`sirotlar ovqatlanish refleksining shartli signallariga aylantirilgan edi. Shu maqsadda hayvonning oyoq panjasidan elektr toki utkazish bilan bir vaqtda ovqat berib ham turildi. Shunga o‗xshash bir qancha tajribalarda hayvon oyog‗idan elektr toki utkazish yo`li bilan ovqatlanish shartli reflekslari, jumladan so‗lak ajratish refleksi vujudga keltirildi.Ximoyalanish shartsiz refleksi - oyoq bukish refleksi sekin-asta susayib, ovqatlanish shartli refleksi mustahkamlanadigan paytgacha butunlay yo‗qoldi, tormozlandi. Bu holda nerv jarayoni bir shartsiz refleks markazidan boshqa nerv markazlariga o‗tdi, nerv markazlari o`rtasida vaqtincha aloqa vujudga kelishi tufayli himoyalanish shartsiz refleksini yuzaga chiqaruvchi ta`sirot ovqatlanish shartli refleksining signaliga aylandi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling