Va oliy nerv faoliyati
Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli reflekslarni o‘rganish metodikasi.
Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari. I. P. Pavlov laboratoriyasida
utkazilgan ko`pgina tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, shartsiz ta`sirot boshlanishdan oldin indifferent (bo`lajak shartli) signal ta`sir eta boshlagandagina shartli refleks 301 hosil qilish mumkin. Shartli va shartsiz ta`sirotlar boshqacha qullanilsa, ya`ni ikkala ta`sirlovchi bir vaqtda berilsa yoki-shartsiz ta`sirot boshlangani holda shartli signal qushilsa shartli refleks vujudga kelmaydi, bordiyu vujudga kelgan bo`lsa, juda zaif bo`lib, tez sunib qoladi. Keyingi tadqiqotlar bu qoidani birmuncha oydinlashtirishga imkon berdi.Shartli signalni shartsiz ta`sirotdan bir qadar minimal vaqt ilgari bera boshlash kerak ekan. Ximoyalanish harakat shartli reflekslari uchun bu minimal vaqt 0,1 soniyaga teng ekan. Interval bundan kaltaroq bo`lsa, shartli refleks vujudga kelmaydi. Shartli reflekslar hosil qilishning muqarrar sharti shuki, miya kattayarim sharlari normal aktiv holatda bo‗lishi, organizmda patologik jarayonlar bo`lmasligi, tekshirilayotgan shartli va shartsiz reflekslardan tashqari orientirovka refleksini yoki virseral refleksni vujudga keltiruvchi qandaydir yot ta`sirotlar ham bo`lmasligi kerak. Shartli reflekslarni o‘rganish metodikasi. Shartli reflektor faoliyatning qonuniyatlarini tekshirish uchun so‗lak ajratish va himoyalanish harakат shartli reflekslarini urganish maxsus fazilatlarga egadir. Bu reflekslarni urganishning mohiyati reaktsiyalarni sodda va aniq qayd qilish, reaksiyalarning tez boshlanishi, reaksiya harakterining stereotipligi, shuningdek shartli reflekslarning birmuncha oson hosil bo‗lishi va so‗nishidan iborat. I. P. Pavlov shartli reflekslarni urganish uchun original tadqiqot metodikasini ishlab chiqdi. Tekshiriladigan hayvon yoki odam eksperementatordan va tajriba uchun keraksiz yot tashqi ta`sirlardan yakkalab quyiladi. Shartli reflekslarning g‗oyatda o`zgaruvchanligi va turli tashqi ta`sirlarga bog‗liq ekanligidan shu shartga rioya qilinadi. Tajriba qilinadigan hayvon yoki tekshiriladigan odam maxsus kameraga quyiladi, bu kameraga yot tovush, hid, temperato‗ra va yorug‗lik kirmaydi. Shartli va shartsiz ta`sirotlar uchun zarur asboblarning hammasi kamera ichida turadi. Odatda hushtak qung‗iroq, har-xil tonlar, metronom tovushi, yorug‗lik signallari, turli shakllarning ekrandagi harakatlari, mexanik ta`sirot, badanni sovutish yoki isitish va shunga o‗xshashlar shartli ta`sirotlar bo`lib xizmat qiladi. Itlar ustidagi tajribalarda shartsiz ta`sirot uchun avtomatik qilishda ochiladigan kormushka (ovqatkataklari) dan ovqat beriladi, lunjga mahkamlangan orositel' yordamida og‗izga turli eritmalar quyiladi yoki o`zgarmas yoki o`zgaruvchan elektr toki teriga qadalgan elektrodlar orqali beriladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling