Va oliy nerv faoliyati


Shartli reflekslarning kechikishi


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Shartli reflekslarning kechikishi. Shartli signal ta`sir eta boshlagan 
shartsiz ta`sirlovchi (masalan, ovqat) qisqa vaqt oralig‗ida (1-5 soniyadan keyin)
berilsa, shartli reflektor reaktsiya (masalan, so‗lak ajralishn) darxol yuzaga chiqadi. 
Shartli signal ta`sir eta boshlagach shartsiz ta`sirot bilan mustahkamlash sekin-asta 
2-3 minut kechiktirilsa, shartli reflektor reaktsiya tobora ko`proq kechikа 
boshlaydi. Natijada shartli refleks 1-2 minutgacha kechikadi, shu tariqa bu refleks 


311 
shartli signalning ta`sir etib bo‗lishiga yaqin, shartsiz ta`sirotdan biroz ilgari 
namoyon bo`ladi (63-rasm).
Shartli refleksning kechikishi ham ichki tormozlanish mexanizmiga 
asoslangan.Ichki tormozlanishning kelib chiqish sababi shuki, shartli signalning 
ta`siri dastlabki minutlarda shartsiz ta`sirot bilan mustahkamlanmaydi. Shuning 
uchun ta`sirlovchi dastlabki minutlarda tormozlovchi signal ahamiyatiga va 
shundan keyingina ijobiy signal ahamiyatiga ega bo`ladi.
Ichki tormozlanishning ahamiyati. Ichki tormozlanishning kashf etilishi 
barcha shartli signallarni ikki kategoriyaga: shartli reaktsiyani вужудgа 
keltiruvchi, ijobiy shartli signallar va shartli tormozlanishni vujudga keltiruvchi, 
salbiy shartli signallarga ajratish imkonini berdi. 
Organizmning moslanish faoliyatida shartli tormozlanishning ahamiyati juda 
katta.Ichki tormozlanish kelib chiqmagan taqdirda, shartsiz ta`sirlovchilar bilan 
mustahkamlanmay qo‗yilgan yoki hech qachon mustahkamlanmagan, ammo 
mustahkamlanuvchi ta`sirlovchilarga uxshaydigan har xil ta`sirotlarga javoban 
organizm bir talay ortiqcha, biologik jihatdan nomaqbo‗l reaktsiyalarni yuzaga 
chiqargаn bo‗lur edi. 
 
74-rasm. Kechiquvchi refleks hosil qilishning turli boskichlarida 
himoyalanish shartli harakat refleksining kimogrammalari (I. S.
Beritovdan). Chap tomondagi kimogramma kechiquvchi refleksni hosil kila 
boshlashda olingan; shartli ta`sirot berila boshlagach 3-4 sekunddan keyin 
kechiquvchi refleks vujudga keladi. Ung tomondagi kimogramma shunga o‘xshash 
tajribalarning I-kunida olingan. Kechiquvchi refleks yakkol kurinadi it oyoq 
harakatlarining yozuvi; 2 - shartsiz ta`sirot belgisi; 3 - shartli ta`sirot
belgisi;4 - vaqt belgisi. 


312 
Tormozlanish tufayli organizm reaktsiyalari tashqi sharoitga ancha yaxshiroq 
mos keladi, organizm muhitga mukammalroq moslashadi. Yagona nerv 
jarayonining namoyon bo`ladigan ikki formasi - qo‗zg‗alish va tormozlanishning 
birgaligi va o`zaro ta`sir etishi organizmning harxil murakkab vaziyatda yo‗l topa 
bilishi (orientirovka) ga imkon beradi, ta`sirotlarni analiz va sintez qilishshartlari 
hisoblanadi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling