Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Uyqu turlari. Uyquning bir necha turi bor: 1) davriy sutkalik uyqu; 2) 
davriy mavsumiy uyqu(hayvonlarning qishki yoki yozgi uyqusi); 3) turli ximiyaviy 
yoki fizik agentlar ta`sirida kelib chiqadigan narkotik uyqu;4) gipnotik uyqu; 5)
patologik uyqu. Uyquning dastlabkl ikki turi fiziologik uyqu turlari, qolgan uch
turi esa organizmga maxsus nofiziologik ta`sirlar oqibati hisoblanadi. Masalan,
narkotik uyqu efir yoki xloroform bug‗larini nafasga olish, organizmga
alkogol morfin va boshqa ko`pgina zaxarlarni kiritish, elektr toki bilan uzluksiz 
ta`sir etish (elektronarkoz) va boshqa ko`pgina ta`sirlar natijasida yuzaga 
chiqishi mumkin. Patologik uyqu etiologiyasi va belgilari jihatidan bir necha tur
xillarga ajratilishi mumkin. Miya anemiyasida, ya`ni uning qon ta`minoti etarli 
bo`lmaganda, miya kesilganda, katta yarim sharlarda o‗sma paydo bo`lganda
yoki miya stvolining ba`zi qismlari zararlanganda patologik uyqu ro‗y beradi.
Ko`pincha patologik uyqu uzoq vaqt - ko`p kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar 
mobaynida ko‗zatilishi mumkin. Patologik uyqu vaqtida muskullar tonusi 
pasayishi, shuningdek ko‗tarilishi mumkin. 
Gipnotik uyqu katta diqqatga sazovor bo`lib, vaziyatning gipnozlovchi, 
uxlatuvchi ta`sirida va uyquga extiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining 
harakatlari ta`sirida vujudga kelishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida kishi tevarak-
atrofdagi olam bilan qisman aloqa qilib, sensomotor faoliyat saqlangani holda 
miya po‗stlog‗ining ixtiyoriy aktivligi yukmishi mumkin. Gipnotik uyquvaqtida 


326 
muskullar sistemasining nerv markazlari haddan tashqari susayish, tormozlanish
holatida, shuningdek qo‗zg‗alish holatida bo`la oladi. 
Davriy sutkali uyqu. Voyaga etgan odamda uyquning monofazali tipi 
(sutkasiga bir marta) yoki kamdan-kam hollarda difazali (sutkasiga ikki marta) tipi 
ko‗zatiladi; bolada uyquning polifazali tipi uchraydi. 
Yangi tug‗ilgan bolaning sutkalik uyqusi hammasi bo`lib 21 soatgacha 
boradi; bola olti oylikdan bir yoshigacha sutkada. 14 soatcha, 4 yoshida 12 soat, 10 
yoshida 10 soat uxlaydi. Voyaga etgan kishi bir sutkada o`rta hisob bilan 7-8 soat 
uxlaydi. Keksalik davri yaqinlashgan sayin uyqu birmuncha kamayadi. 
Uzoq vaqt - 3-5 sutka mobaynida tamomila uyqudan qolish tufayli uyquga 
extiyoj tug‗iladi, bu uyqu istagini ixtiyoriy ravishda qaytarib bo`lmaydi: faqat 
o‗tkinchi kuchli ta`sirotlar, masalan, igna sanchish yoki elektr tokini ta`sir ettirish 
yo`li bilangina uyqu kelishiga to‗sqinlik qilishi mumkin. Odam 60-80 soat 
uyqudan qolganda psixik reaktsiyalar tezligi kamayadi, aqliy ishdan tez 
charchaydi va bu ishni aniq bajara olmaydi. Surunkali uyqusizlikda vegetativ 
funktsiyalar aytarli o`zgarmaydi, gavda temperaturasi faqat ozgina kamayadi va 
tomir urishi biroz sekinlashadi. 40-80 soat uyqudan qolishda fiziologik yoki 
ob‘ektiv psixologik metodlar bilan qayd qilinadgan ozgina o`zgarishlarga qaramay, 
sub`ektiv sezgilar juda og‗ir bo‗lishidir. 
Organizmning uyqu vaqtidagi reaktsiyalarini va uyg‗onish uchun 
qo‗llaniladigan ta`sirotning kuch bo‗sag‗asini tekshirib, uyg‗onish turli 
paytlaridagi chuqurligini tasavvur qilish mumkin Uyqu chuqurligi dastlabki 2-3 
soatda maksimal darajada bo`lib keyin sekin-asta kamayadi. Ba`zi kishilarda
uyquning 6-7 soatida uyqu chuqurligi yana kuchayadi. 
Turli ta`sirotlarga javoban ro‗y beruvchi reaktsiyalarni va uyqu chuqurligini 
ko‗zatish shuni ko`rsatdiki, normal davriy uyqu vaqtida muayyan ta`sirotlarga 
javoban ro‗y beruvchi reaktsiyalar va po‗stloq, faoliyatining ba`zi turlari saqlanishi 
mumkin. Bu xodisa juz`iy siyraklik deb ataladi. 
Organizm reaktivligi qaysi ta`sirotlarga javoban saqlansa va qaysi ta`sirotlar 
uyg‗onishni tez vujudga keltirsa, muayyan individium uchun qanday bo`lmasin 
maxsus diqqatga sazovor signallar o`shа tasurotga kiradi. Uyqu vaqtida miya 
po‗stlog‗ining juz`iy siyraklik misollarini bola salgina ingrashi bilan uyg‗onadigan, 
ammo kuchliroq boshqa tovushlarga parvo qilmaydigan onada, telefon jiringlashi 
bilan o‗ygonadigan navbatchida, signal trubasida "tuplaning" kuyi chalinganda 
uning tovushini eshitish bilanoq sakrab turuvchi harbiy xizmatchida ko‗zatish 
mumkin. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling