Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida miyachaning ahamiyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida miyachaning ahamiyati. 
Vegetativ nerv sistemasiga va undan innervasiyalanadigan organlarga 
miyacha ham ta‘sir etadi. Miyacha olib tashlangach yoki ta‘sirlangach ichki 
organlarning turli funksiyalari buzilishi, ko‗krak faoliyatining va tomirlar 
tonusining o‗zgarishi shundan guvoxlik beradi. Miyacha olib tashlangada vegetativ 
nerv sistemasinnng xolatidagi o‗zgarishlar L. A. Orbely laboratoriyasida ayniqsa 
mukammal tekshirilgan. Bu laboratoriyada miyacha olib tashlangach xazm 
yo`lining motor faoliyati, jumladan periodik faoliyati, me‘da va ichak bezlarining 
sekretor funksiyasi susayishi, shuningdek simpatik nerv sistemasining xolati 
o‗zgarganligidan guvoxlik beruvchi boshqa bir qancha effektlar paydo bo‗lishi 
ko‗rsatib berildi. Shunga asoslanib, L. A. Orbeli ixtiyoriy va reflektor harakatlarni 
uyg‗unlashtirishdagina emas, vegetativ funksiyalarni uyg‗unlashtirishda ham 
miyacha qatnashadi, deb hisobladi. Vegetativ nerv sistemasidan innervatsiya-
lanadigan organlarga miyacha retikulyar formasiya va gipotalamus orqali ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Vegetativ 
funksiyalarning 
boshqarilishida 
po‘stloq 
ostidagi 
tuzilmalarning roli. Po‗stloq ostidagi yadrolar, jumladan targ‗il tana
organizmning murakkab shartsiz reflektor reaksiyalarida qatnashadi, bu 
reaksiyalarda vegetativ va somatik komponentlar hamisha mavjud bo‗ladi. Po‗stloq 
ostidagi yadrolar qo‗zg‗alganda vegetativ reaksiyalar ro‗y berishi mumkin, chunki 
bu yadrolar miya stvolining retikulyar formatsiyasiga va gipotalamusga bevosita 
bog‗liq. Bu fakt targ‗il tananing vegetativ nerv sistemasiga ta‘sir etishini 
ko‗rsatadigan dalildir. Gipotalamusning simpatik yadrolariga ham, parasimpatik 
yadrolariga ham ta‘sir etadigan neyronlar gruppasi targ‗il tanada bo‗lsa kerak. 
It miyasi yarim sharlari po‗stlog‗ining ba‘zi qismlariga ta‘sir etilsa, nafas, 
yurak urishi, tomirlar tonusining o‗zgarishini V. Ya Danilevskiy 1874- yilda 
ko‗rsatib bergan edi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlariga ta‘sir 
etilganda ko‗gina vegetativ funksiyalar o‗zgarishini keyinchalik V. M. Bexterev
N. A. Mislavskiy, J. Fulton va boshqa tadqiqotchilar fiziologlar va neyroxirurglar 
kuzatishgan. J. Fultonning fikricha, vegetativ funksiyalarning boshqarilishida 
yarim sharlar po‗stlog‗ining peshona bo‗laklari ayniqsa katta rol o‗ynaydi. Peshona 
bo‗laklariga ta‘sir etilganda nafas, ovqat xazm qilish, qon aylanishi, jinsiy funksiya 


292 
o‗zgaradi, shuning uchun vegetativ nerv sistemasining oliy markazlari katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining oldingi bo‗limlarida deb hisoblashadi. 
Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida katta yarim sharlar po‗stlog‗ining 
rolini tushunmoq uchun elektrofiziologik tadqiqot usullari hamda shartli reflekslar 
metodining ishlab chiqilishi va qo‗llanilishi tufayli g‗oyat qimmatli natijalar olindi. 
Yuzaga chiqarilgan potensiallarni tadbiq qilish tajribalari afferent impulslar 
ichki organlarning reseptorlaridan katta sharlar po‗stlog‗iga birinchi va ikkinchi 
somatosensor zonalar orqali kelishini ko‗rsatdi (V. N. Chernigovskiy, R. A. 
Durinyan). Odam miyasi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ayrim nuqtalariga 
Roland egatining orqasiga yoki Silviy egatining yaqinidan ta‘sir etilsa, ichki 
organlar bilan bog‗langan ba‘zi sezgilar kelib chiqadi, masalan, ko‗ngil ayniydi va 
defekatsiyaga intilish paydo bo‗ladi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining boshqa bir 
qancha nuqtalariga asosan peshona bo‗lagi bilan tepa bo‗lakka ta‘sir etilsa, 
vegetativ reaksiyalar ro‗y beradi: yurak faoliyati, arterial bosim miqdori va nafas 
ritmi o‗zgaradi, so‗lak oqadi, ichak harakatga keladi, kishi qusadi. 
Ko‗p tadqiqotchilarning fikricha, limbik sistema, yoki visseral miya degan 
sistemaning tarkibiga kiruvchi nerv tuzilmalari, gippokamp, belbog‗ pushta, 
bodomsimon yadrolar ichki organlar faoliyatining boshqarilishida muxim rol 
o‗ynaydi. I. P. Pavlov maktabi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ichki organlar 
funksiyasini 
boshqarishda 
qatnashadigan 
neyronlariga 
interoretseptiv 
analizatorning po‗stloqdagi uchlari deb qaraydi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining shu effektor ta‘sir ko‗rsatish yo‗llari 
yaqinda elektrofiziologik va morfologik tadqiqotlarda aniqlandi. Xayvonlar va 
odamning katta yarim sharlar po‗stlog‗ida miya stvolining retikulyar formasiyasiga 
tushuvchi yo‗llar orqali bog‗langan bir qancha zonalar borligi aniqlandi. Bu 
zonalar 
sensomotor 
po‗stloqda, 
peshonaning 
yuz 
harakatlantiruvchi 
maydonchasida, belbor pushtada, chakkaning yuqori pushtasida va ensa atrofidagi 
soxada joylashgan. Impulslar yarim sharlar po‗stlog‗ining shu zonalaridan pastga 
tushuvchi yo‗llar orqali retikulyar formasiyaga kiradi, undan esa gipotalamusga va 
gipofizga o‗tadi. 
Vegetativ funksiyalarning bosh miya po‗stlog‗i tomonidan boshqarilish 
mexanizmlarida peshona bo‗lagidan va po‗stloqning belbor pushtasidan 
gipotalamusga boruvchi to‗g‗ri yo‗llar ham muxim rol o‗ynaydi. Vegetativ 
funksiyalarni katta yarim sharlar po‗stlog‗i kontrol qilishiga imkon beradigan 
tolalardan bir qismi piramidal yo‗llar orqali o‗tadi. Bu tolalar qirqib qo‗yilganda 
gavda temperaturasi pasayadi, miya po‗stlog‗ining ba‘zi qismlari ta‘sirlanganda 
arterial bosim o‗zgarishlari yo‗qoladi yoki kamayadi. 
Vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalanadigan organlar funksiyasining 
boshqarilishida bosh miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ining ahamiyati va katta 


293 
yarim sharlar po‗stlog‗idan periferik organlarga impulslar o‗tkazishda vegetativ 
nerv sistemasining roli tajribada ichki organlar faoliyatining o‗zgarishiga doir 
shartli reflekslar hosil qilishda yaqqol ko‗rinadi. Ko‗pgina tadqiqotlarga 
qaraganda, xayvonlar va odamda vegetativ nervlardan innervatsiyalanadigan 
barcha organlar faoliyatini shartli refleks metodi bilan o‗zgartish mumkin. 
Odamni gipnoz qilib ishontirish ustidagi tajribalar ham ko‗pgina ichki 
organlarga bosh miya po‗stlog‗ining ta‘sir etishini ko‗rsatuvchi dalillar beradi. 
Ishontirish yo`li bilan yurak urishini tezlatish yoki siyraklatish, tomirlarni 
kengaytirish yoki toraytirish, buyraklarning siydik ajratishini kuchaytirish, ter 
chiqartirish modda almashinuvi protsesslarining intensivligini 20—30% o‗zgartish 
mumkin. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ta‘siri shu qadar ravshan ko‗rindiki, odam 
yurak urishini ixtiyoriy ravishda tezlata oldi, gavdasi sovuganda kuzatilgani kabi 
sochini tikka silay oldi, terisini burishtira oldi, qorachiqlarning diametrini ixtiyoriy 
ravishda o‗zgartira oldi (qorachiqlar diametri ko‗z rangdor pardasining silliq 
muskullari tonusiga bogliq). Bunday xodisalar ma‘lum. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling