Fermentlarning ahamiyati va ularning ishlash jarayoni


Download 329 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi329 Kb.
#1444118
  1   2   3
Bog'liq
Maqola Asatullayeva M., Baxtiyorova G.


FERMENTLARNING AHAMIYATI VA ULARNING ISHLASH JARAYONI
Asatullayeva Madina, Baxtiyorova Gavhar
O‘zbekiston Milliy universitetining
Jizzax filiali III bosqich talabalari


Annotatsiya: Barcha tirik organizmlar, o‘simliklar, hayvonlar, bakteriyalarning hayotida fermentlarning roli juda katta hisoblanadi. Fermentlar tirik organizmdagi biosintez reaksiyalarida faol qatnashadi va ularning normal kechishini taminlaydi. Ushbu maqolada fermentlarning tirik organizmlardagi ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.
Kalit so‘zlar: Fermentlar, amilaza, katalizator, uretraza, Enzimopatiya, fermentopatiya

“Ferment” atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr boshlarida gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u spirtli bijg‘ish uchun qo‘llanilgan. Dastlabki davrda ferment so‘zi faqat achish jarayoni bilan bog‘liq holda qabul qilinib, achitqilarning o‘zi achish fermenti deb qaralgan hamda ularning ta’siri tirik organizm bilan bog‘liq, degan xulosaga kelingan. Hujayradan tashqarida ta’sir etadigan biokatalizator, ya’ni tashkil topmagan fermentlar 1878 yilda Kyune tomonidan fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzym – “achitqi ichida” degan ma’noni bildiradi) nomi bilan yuritila boshlangan. 1897 yili Byuxner tomonidan hujayradan glyukozani tirik achitqilar singari etil spirt va karbonat angidridga parchalaydigan erkin achitqi ekstrakti olindi hamda ferment va enzim nomlari orasidagi farq yo‘qolgan.


20-asr boshlariga kelib nemis kimyogari R.Vilshtetter xodimlari bilan fermentlarni ajratish va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi. 20- 30- yillarda J.Samor, birinchi kristallik ferment (uretraza), soʻngra pepsin va boshqa bir qator proteologik fermentlarni kristall shaklida ajratib olgan.
20-asrning oʻrtalariga kelib, fizikkimyoviy tahlil va oqsil kimyosi usullarining rivojlanishi natijasida qator fermentlarning birlamchi strukturasi aniqlandi. Masalan, qoramol oshqozon osti bezining ribonukleaza fermentlari toʻrtta disulfid bogi bilan bogʻlangan 124 aminokislota qoldigʻidan iboratligi koʻrsatib berildi. Shundan keyin rentgen struktura tahlili yordamida bir qancha fermentlarning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari aniqlandi. Koʻp fermentlar toʻrtlamchi strukturaga ega ekanligi, yaʼni molekulalari tarkibi va strukturasi jihatidan turlicha boʻlgan bir qancha oqsil subbirliklardan iboratligi koʻrsatildi.
Fermentlar barcha oqsillar kabi oddiy va murakkab boʻladi. Murakkab fermentlarning molekulalari ikki komponentdan: oqsil va oqsil boʻlmagan - prostetik guruh komponentidan iborat. Prostetik guruh apofermentdan oson ajraladigan hollarda kofaktor yoki koferment deb ataladi. Uglevodlar, nukleotidlar, turli metallarning ionlari va boshqa birikmalar, vitaminlar hamda ularning hosilalari kofermentlar boʻlishi mumkin. Avitaminoz va gipovitaminozlarda koʻpgina ferment tizimining funksiyasi izdan chiqadi, bu butun organizm normal hayot faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi.

Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling