Va oliy nerv faoliyati


Orqa miya, uzunchoq miya va o‘rta miyaning vegetativ funksiyalarni


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Orqa miya, uzunchoq miya va o‘rta miyaning vegetativ funksiyalarni 
boshqaruvchi 
markazlari. 
Yuqorida 
ko‗rsatilganidek 
vegetativ 
nerv 
sistemasining effektor neyronlari ko‗zni harakatlantiruvchi nervning o‗rta 
miyadagi yadrolarida, yuz nervi, til-xalqum nervi va sayyor nervning uzunchoq 
miyadagi yadrolarida, o‗rta miya ko‗krak va bel segmentlarining yon shoxlarida va 
dumg‗aza segmentlarining oldingi shoxlarida joylashgan. Bir qancha vegetativ 
reflekslarning dugalari ham markaziy nerv sistemasining shu bo‗limlarida 
tutashadi. Buning sababi shuki, vegetativ nerv sistemasining effektor neyronlari 
ko‗pgina eksteroretseptorlar bilan vitseroreseptorlardan keluvchi impulslar 
ta‘sirida qo‗zg‗aluvchi oraliq neyronlardan impulslar oladi. Shu sababli vegetativ 
funksiyalarni refleks yo`li bilan boshqaradigan tuban markazlar orqa miya 
segmentlarida, uzunchoq miyada va o‗rta miyada deb hisoblash mumkin. Markaziy 
nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo‗limlaridan, jumladan miya stvolining 
retikulyar formatsiyasidan, gipotalamusdan, miyachadan, po‗stloq ostidagi 
yadrolardan va katta yarim sharlar po‗stlog‗idan o‗sha markazlarga impulslar
kelib turadi. 
Vegetativ funksiyalarni boshqaradigan spinal (orqa miyadagi) markazlar. 
Orqa miyaning so‗nggi bo‗yin segmenti va yuqoridagi ikkita ko‗krak segmenti 
ro‗parasida yotgan neyronlar ko‗zning uchta silliq muskuliga: qorachiqni 
kengaytiradigan muskul ko‗z doira muskulining ko‗z kosasiga tegishli orqa 
miyaning shu qismidan boshlangan nerv tolalari simpatik nerv tarkibida bo‗yinning 


286 
yuqoridagi simpatik tuguniga boradi, ikkinchi neyron shu yerdan boshlanib, ko‗z 
muskullarida tugaydi. Ana shu tolalar ta‘sirlanganda qorachiq kengayadi (midriaz), 
ko‗z yorigi ochiladi va ko‗z soqqasi chaqchayadi (ekzoftalm). Orqa miyaning 
yuqorida aytilgan segmentlari zararlanganda yoki simpatik nervlar qirqib 
qo‗yilganda Gorner simptoma kelib chiqadi: qorachiq torayadi (mioz), ko‗z yorig‗i 
torayadi va ko‗z soqqasi ichichiga tushib ketadi (enoftalm). 
Orqa miyaning yuqoridagi beshta ko‗krak segmentida joylashgan simpatik 
neyronlar yurakni va bronxlarni innervasiyalaydi. Bu neyronlardan keladigan 
impulslar yurak urishini tezlatadi va kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi. Orqa 
miyaning barcha ko‗krak segmentlarida va yuqoridagi bel segmentlarida simpatik 
nerv sistemasining tomirlarga va ter bezlariga innervatsiya (tolalar) beradigan 
neyronlari bor. Ayrim segmentlar zararlansa, simpatik nervlardan mahrum bo‗lgan 
gavda qismlarida tomirlar tonusi yo‗qoladi va turli ta‘sirotlarga javoban tomir 
reaksiyalari ro‗y bermaydi, ter chiqmay qo‗yadi. 
Siydik chiqarish, defekatsiya, ereksiya (jinsiy olatning bo‗rtishi) va 
evakulyatsiya (urug‗ otish) reflekslarining spinal markazlari orqa miyaning 
dumg‗aza bo‗limida joylashgan. Hozirgina aytilgan markazlar yemirilganda jinsiy 
zaiflik kelib chiqadi, siydik va axlatni to‗xtatib bo‗lmaydi. Qovuq va to‗g‗ri ichak 
sfinkterlari falaj bo‗lishi natijasida siydik chiqarish va defekatsiya buziladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling