Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida retikulyar formasiya
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ funksiyalarning boshqarilishida retikulyar formasiya,
miyacha va po‘stloq osti yadrolarining va retikulyar formasiyaning ahamiyati. Retikulyar formasiya markaziy nerv sistemasining turli bo‗limlariga aktivlashtiruvchi va tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatib organizmning vegetativ funksiyalarini boshqaruvchi nerv markazlarining aktivligini ham muayyan darajada sekinlashadi. Retikulyar formasiya nerv markazlariga ham tonuslovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Retikulyar formasiyaning ixtisoslashgan tuzilmasi bo‗lmish tomir harakatlantiruvchi bulbar markaz funksiyalari misol bo‗la oladi. Bu markaz orqa miyadagi segmentar tomir harakatlantiruvchi markazlar faoliyatini integrallaydi va tonusini saqlaydi. Retikulyar formasiyaning aktivlashtiruvchi funksiyasi simpatik nerv sistemasining adaptatsiontrofik funksiyasiga asos e‘tibori bilan o‗xshash ekanligini uqtirib o‗tmoq kerak. Retikulyar formasiya organizmni «faoliyatga sozlaydi» va markaziy nerv sistemasining aktiv siyrak xolatini ta‘minlaydi, simpatik nerv sistemasi esa periferiya organlarning, shu jumladan skelet muskullari va retseptor apparatlarning faoliyat uchun zarur xolatini vujudga keltiradi. Shunga ko‗ra, simpatik nerv sistemasiga retikulyar formasiya bilan funksional jixatdan bir deb qaralishi mumkin. Bu sistema retikulyar formasiyaning periferiyaga ta‘sirini o‗tkazuvchi tuzilma hisoblanadi. Retikulyar formasiyada adrenalin (yoki noradrenalin) hosil bo‗lishi aniqlanganligi retikulyar formasiya bilan simpatik nerv sistemasinnng o‗zaro 291 bog‗langanligini ko‗rsatadi. Retikulyar formasiyada adrenalin nerv impulslarining mediatori sifatida ro‗l o‗ynasa kerak (P. Q Anoxin). Adrenalin kiritilganda retikulyar formasiya tonusi oshadi, natijada katta yarim sharlarga retikulyar formasiyaning aktivlashtiruvchi ta‘siri kuchayadi. Emotsional xolatlarda buyrak usti bezlaridan ajralib chiqadigan adrenalin retikulyar formasiyaga ta‘sir etib, simpatik nerv sistemasinnng qo‗zg‗alish effektlarini oshiradi va uzaytiradi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling