Va oliy nerv faoliyati
Organizm reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Organizm reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki. Vegetativ
nervlardan innervatsiyalangan organlar faoliyatining refleks yo`li bilan o‗zgarishi xulq-atvordagi xamma murakkab aktlar organizmdagi barcha shartsiz va shartli reflektor reaksiyalarning doimiy bir qismidir. Xulq-atvorning turli-tuman aktlari muskullar faoliyatida, aktiv harakatlarda namoyon bo‗lib, hamisha ichki organlar, ya‘ni qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, chiqarish, ichki sekretsiya organlari funksiyasining o‗zgarishi bilan davom etadi. Yuqorida aytilgan organlar funksiyasining o‗zgarishi tufayli muskullar uzoq vaqt maksimal darajada samarali ishlay oladi. Muskullar qonni ko‗p olib, ularda modda almashinuvi kuchaygandagina shunday yaxshi ishlay oladi. Darxaqiqat har qanday muskul ishida yurak tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi, turli organlardan o‗tuvchi qon qayta taqsimlanadi (ichki organlarning tomirlari torayadi, ishlayotgan muskullarning tomirlari kengayadi), qon depolaridan qon chiqishi hisobiga tomirlarda qon ko‗payadi, nafas olish kuchayadi va chuqurlashadi, depolardagi qand qonga chiqadi va xokazo. Muskullar faoliyatiga yordam beradigan shu va boshqa ko‗p moslanish reaksiyalari markaziy nerv sistemasidagi oliy bo‗limlarning vegetativ nerv sistemasi orqali ta‘sirida yuzaga chiqadi. Tashqi muxitning va organizm ichki xolatining turli o‗zgarishlarida organizm ichki muxitining nisbiy doimiyligini saqlashda vegetativ nerv sistemasining ishtiroki muxim ahamiyatga egadir. Quyidagi xodisalar bunga misol bo‗la oladi. Xavo temperaturasi ko‗tarilganda refleks yo`li bilan ter chiqadi, periferik tomirlar refleks yo`li bilan kengayib, issiqlik chiqishi kuchayadi, shuning natijasida gavda temperaturasi doimo bir darajada turib, organizm qizib ketmaydi. Ko‗p qon yo‗qotilganda yurak tezroq uradi, tomirlar torayadi, taloqda yig‗ilib turgan qon tomirlarga chiqadi. Gemodinamikadagi shu o‗zgarishlar tufayli qon bosimi birmuncha yuqori darajada turadi va organlar ozmi-ko‗pmi normal miqdorda qon oladi. Butun organizmning umumiy reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki va moslashtiruvchi roli organizm xayotiga xavf taxdid solganda: masalan, dushman xujum qilganda, og‗rituvchi shikayotlarda, bukilib qolishda va shunga o‗xshash xollarda ayniqsa yaqqol ko‗riladi. Bunday vaziyatda taranglik reaksiyalari (stress) va emotsional xolatlar (g‗azab, qo‗rqish) ro‗y beradi. Ular shu bilan ta‘riflanadiki, bosh miya katta yarim sharlar po‗stlog‗i va butun markaziy nerv sistemasida qo‗zg‗alish keng yoyilib, muskullar faoliyati kuchayadi va vegetativ reaksiyalarning murakkab kompleksi yuzaga chiqadi. Vegetativ reaksiyalar ro‗y berishi natijasida organizmning hamma kuchlari taxdid solayotgan xavfni bartaraf qilishga safarbar etiladi. Vegetativ nerv sistemasining ishtiroki odamning emotsional reaksiyalarini sababidan qat‘i nazar fiziologik analiz qilishda ham namoyon bo‗ladi. Odam xursand bo‗lganda 284 yuragining tezroq urishi, teri tomirlarining kengayishi, yuz qizarishi, qo‗rqqanda esa terining rangsizlanishi («rangi uchishi»), ter ajralishi, me‘dadan shira chiqmay qolishi va ichak peristaltikasining o‗zgarishi, g‗azablanish paytida qorachiqlarning kengayishi va shunga o‗xshashlarni misol qilib ko‗rsataylik. Emotsional xolatlarning bu hamma fiziologik ko‗rinishlari shu bilan izoxlanadiki, qo‗zg‗alish markaziy nerv sistemasiga yoyilganda vegetativ nerv sistemasi ham reaksiyalarni yuzaga chiqarishda qatnashadi. Emotsional qo‗zg‗alish paytida vegetativ nerv sistemasi ishtiroki bilan kelib chiqadigan reflektor aktga psixogalvanik refleks, yoki teri-galvani refleksi misol bo‗la oladi. Bu refleksni o‗rganish uchun ter bezlari ko‗proq bo‗lgan teriga elektrodlarni maxkamlab qo‗yib galvanometrga ulanadi. Emotsional qo‗zg‗alishga sabab bo‗luvchi turli ta‘sirotlar: teriga igna sanchish, elektr toki berish, xayajonlantiruvchi xikoya eshittirish natijasida galvanometr strelkasi og‗adi. Birinchi marta I. R. Tarxanov tasvir etgan bu xodisaning sababi shuki, teridagi potensiallar farqi o‗zgarib, elektr qarshiligi kamayadi va bu xodisa asosan ter bezlarining faoliyatiga bog‗liq. Emotsional xolatlarning fiziologik ko‗rinishlari asosan simpatik nerv sistemasining qo‗zg‗alishiga bog‗liq. Ammo bunda parasimpatik nerv sistemasi ham qo‗zg‗alishi mumkin. Emotsiyalarda, masalan, mushuk vovullayotgan kuchukni ko‗rganda sayyor nervlar orqali keluvchi impulslar ta‘sirida insulin chiqishi kuchayadi. U. Kennonning ma‘lumotlariga qaraganda, emotsional xolatlarning ko‗pgina fiziologik ko‗rinishlari vegetativ nervlarning bevosita ta‘sirida, shuningdek adrenalin ta‘sirida kelib chiqadi. Emotsional xolatlarda simpatik impulslar ta‘siri bilan qondagi adrenalin ko‗payadi. Organizmning og‗riq tufayli kelib chiqqan ba‘zi umumiy reaksiyalarida vegetativ nerv sistemasining oliy markazlari qo‗zg‗alishi natijasida gipofizning orqadagi bo‗ladigan vazopressin gormoni ko‗proq chiqadi, bu gormon tomirlarni toraytiradi va siydik chiqishini to‗xtatadi. Yuqorida keltirilgan misollarda reflektor duganing effektor qismiga gumoral zveno qo‗shilgan. Markaziy nerv sistemasi organlarga nerv impulslarini yuborib ta‘sir ko‗rsatish bilan birga, nerv impulslari ta‘sirida ichki sekretsiya bezlarida gormonlar ishlanib chiqib, qonga qo‗shiladi, ular ko‗p organlar xolatini va faoliyatini o‗zgartiradi. Turmushdagi turli-tuman sharoitga organizmning moslanishida simpatik nerv sistemasining roli shu sistemani batamom olib tashlash tajribalarida yaqqol ko‗rsatiladi. U. Kennon mushuklarning ikkala chegara simpatik stvolini va barcha simpatik gangliylarni batamom kesib olgan. Bundan tashqari, bir buyrak usti bezini olib tashlagan va ikkinchi buyrak usti bezini nervdan mahrum etgan, (muayyan ta‘sirotlarda simpatomimetik ta‘sir etuvchi adrenalinning qonga 285 o‗tishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun shunday qilgan). Operatsiya qilingan xayvonlar tinch qo‗yilganda normal xayvonlardan deyarli xech bir farq qilmagan. Ammo, organizmning zo‗r berishini talab qiladigan turli sharoitda muskullar qattiq ishlaganda, organizm qizib ketganda, sovuganda, qon yo‗qotganda, emotsional qo‗zg‗alishda simpatik stvol va gangliylar olib tashlangan xayvonlar chidami kamaygan. Masalan, normal xayvonlar gavda temperaturasining pasayishiga sabab bo‗lmagan tashqi muxit temperaturasida simpatik nervlardan mahrum qilingan xayvonlar gavdasi tezroq sovub qolgan. Simpatik nerv sistemasini immunologik «ekstirpatsiya qilish» (olib tashlash) yo`li bilan shunga o‗xshash ma‘lumotlar olindi. Bu metod 1958 -yilda ishlab chiqildi. S. Koen sichqonlarning so‗lak bezlarida simpatik nerv xujayralarining o‗sishiga yordam beradigan oqsil moddani topdi. Ana shu moddani boshqa xayvonlarga yuborish yo`li bilan qon zardobi tayyorlandi, simpatik neyronlarning o‗sishiga yordam beradigan moddani o‗sha qon zardobidagi immun jismlar bog‗lab oladi. Simpatik nerv sistemasi taraqqiy etib ulgurmagan yosh xayvonlarga shunday zardob yuborilganda simpatik nerv sistemasi taraqqiy etmay, simpatik nerv xujayralari yemirilib ketadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling