Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ innervatsiya (boshqarilish) ning ahamiyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shaloq, vegetativ innervatsiya
- 6-jadval Simpatik va parasimpatik nervlarning organlarga ta’siri .
Vegetativ innervatsiya (boshqarilish) ning ahamiyati. Vegetativ nerv
sistemasining vazifasi periferik organlardagi, shuningdek markaziy nerv sistemasidagi modda almashinuvi, qo‗zg‗aluvchanlik va avtomatiyani boshqarishdan iborat. Vegetativ nerv sistemasi to‗qima va organlarning fiziologik xolatini boshqarib va o‗zgartirib, ularni butun bir organizmning shu paytdagi faoliyatiga moslashtiradi. Organlarning ishlash sharoitiga qarab, ularga vegetativ nerv sistemasi tuzatuvchi yoki ishga tushiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Organ avtomatiyali bo‗lib, uzluksiz ishlasa, simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali keluvchi impulslar esa organ faoliyatini faqat kuchaytirsa yoki susaytirsa tuzatuvchi (korreksiyalovchi) ta‘sir ko‗rsatdi, deb aytishadi. Organ uzluksiz 277 ishlamasa va unga simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali keluvchi impulslar organni qo‗zg‗atsa, bunda vegetativ nerv sistemasi ishga soluvchi ta‘sir ko‗rsatdi, deb aytishadi. Qo‘shaloq, vegetativ innervatsiya Vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalangan organlarning aksarisi shu sistemaning ikki bo‗limiga simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga bo‗ysunadi. Organlarga vegetativ nervlar orqali keluvchi impulslar ta‘sirida shu organlar faoliyatining o‗zgarishi haqidagi ma‘lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan. 6-jadval Simpatik va parasimpatik nervlarning organlarga ta’siri . Organ Parasimpatik nervlar ta‘siri Simpatik nervlar ta‘siri. Yurak Sekinroq urib, qisqarish kuchi kamayadi Tezroq urib, sissarish kuchi oshadi Teri tomirlari Torayadi Ichki organlar tomirlari Torayadi. Til va so‗lak bezlari- ning tomirlari Kengayadi Torayadi Jinsiy organlarning to- mirlari Kengayadi : Torayadi Ko‗z Korachigi torayadi (rang- Qorachiri kengayadi (rang- tur pardaning yon ^alqasi- tur pardaning radial muskullari qisqaradi) muskullari qisqaradi) Bronxlar Torayadi Kengayadi So‗lak bezlari So‗lak chiqaradi So‗lak chisaradi Me‘da bezlari Shira chiqaradi Shira chiqishi susayadi Me‘da osti bezining tashqi sekresiya tuqimasi Shira chiqaradi — Me‘da osti bezining Langergans orolchalari Insulin chiqaradi — Buyrak usti bezlarining magiz qavati — Adrenalin chisaradi Teri silliq muskullari Kisqaradi Me‘da-ichak silliq muskullari Qisqarishlari kuchayib, Tonusi oshadi. Qissarishlari susayib, Tonusi kamayadi. Xomilasiz bachadon ning silliq muskullari --- Bushashadi. 278 Simpatik va parasimpatik bo‗limlar ko‗pgina organlarga qarama-qarshi ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni funksional antagonistlar hisoblanadi. Nerv sistemasining shu ikki bo‗limi o‗rtasidagi funksional antagonizm yana shunda ko‗riladiki, ulardan biri organizm xolatini bir yo‗nalishda o‗zgartiruvchi ichki sekresiya bezini innervasiyalay oladi, ikkinchisi esa organizm xolatini qarama-qarshi yo‗nalishda o‗zgartiruvchi boshqa bezni innervasiyalaydi. Masalan, simpatik nervlar buyrak usti bezining mag‗iz qavatini innervasiyalab, adrenalin chiqishini kuchaytiradi va, shu tariqa, qondagi qandni ko‗paytiradi, ya‘ni giperglikemiyaga sabab bo‗ladi, parasimpatik nervlar me‘da osti bezining Langergans orolchalarini innervasiyalab, insulin chiqishini kuchaytiradi buning oqibatida esa qondagi qand kamayadi, ya‘ni gipoglikemiya ro‗y beradi. Simpatik va parasimpatik sistemalar ta‘sirida organizmda ro‗y beruvchi funksional o‗zgarishlar yig‗indisini analiz qilish shuni ko‗rsatadiki, simpatik nerv sistemasi organizm kuchlariga zo‗r berishini talab qiladigan sharoitda uning intensiv ishlashiga imkon bersa, parasimpatik nerv sistemasi, aksincha, o‗sha zo‗r berib ishlash paytida organizm yo‗qotgan resurslarning tiklanishiga yordam beradi. Darxaqiqat, simpatik nerv sistemasi qo‗zg‗alganda yurak tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi, qonning arterial bosimi ko‗tariladi, jigardagi glikogen parchalanib, qonda glyukoza ko‗payadi, skelet muskullarining ish qobiliyati ortadi; parasimpatik nerv sistemasi qo‗zg‗alganda esa, aksincha, yurak sekinroq urib, qisqarish kuchi kamayadi, qon bosimi pasayadi, insulin ko‗proq ishlanib chiqib, glikogenning to‗planishiga va qondagi glyukozaning kamayishiga imkon beradi, me‘dadan va me‘da osti bezidan shira chiqishi kuchayib, ovqat xazmi osonlashadi. Organizmning shoshilinch ish ko‗rishini talab qiladigan har xil sharoitda simpatik nerv sistemasi tonusining oshib ketishi, uyqu vaqtida, aksincha, parasimpatik nerv sistemasi tonusi oshib ketishining ahamiyati shundan tushunarli. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling