Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Aksonreflekslar. Vegetativ nervlar ta‘sirlanganda aksonreflekslar, yoki
psevdo-reflekslar degan g‗alati reaksiyalar qayd qilingan. Ularning reflekslardan farqi shuki, aksonreflekslarda qo`zg‗alish retseptor neyrondan effektor neyronga o`tmaydi. Preganglionar yoki postganglionar neyronlarning aksonlari tarmoqlanganda bir tarmog`i bir organga yoki organning bir qismiga innervatsiya berib, ikkinchi tarmog‗i boshqa organni yoki shu organning boshqa qismini innervatsiyalasa, aksonreflekslar kelib chiqishi mumkin. Aksonning shunday tarmoqlanishi tufayli bir tarmoqning ta‘sirlanishi natijasida qo`zg‗alish ikkinchi tarmoqqa ham yoyilishi, shunga ko`ra ta‘sirot joyidan uzoqdagi organ reaksiya ko‗rsatishi mumkin. Aksonrefleksning klassik misolini o`tgan asrning 70-yillarida N. M. Sokovnin qovuq innervatsiyasini o‗rganib tasvirlagan edi. Ichak tutqichning pastki tugunidan qovuqqa boruvchi bir qorin nervining markaziy uchiga ta‘sir etilsa, qovuq, refleks yo`li bilan qisqarishini Sokovnin kuzatgan. Qo`zg‗alish ikkinchi qorin nervi orqali qovuqqa o`tishi oqibatida reaksiya kelib chiqadi. Bir tomondagi qorin nervining markaziy uchiga ta‘sir etilsa, ichaktutqichning pastki tugunini markaziy nerv sistemasiga bog‗lovchi preganglionar tolalar qirqib qo`yilgan taqdirda ham qovuq qisqaraveradi. Bu xolda markaziy nerv sistemasi orqali bo`ladigan odatdagi refleks yuzaga chiqmaydi, balki qirqilgan qorin nervidan ichaktutqichning pastki tuguni orqali ikkinchi (qirqilmagan) qorin nerviga va undan keyin qovuqda nerv impulslari o`tadi. Preganglionar tolaning tarmoqlanishi tufayli qo‗zg‗alishning bir qorin nervidan ikkinchi qorin nerviga o`tishini Lengli va boshqalarning tadqiqotlari tushuntirib berdi. Qorin nervi shoxchalarining ko`pchilik qismi ichaktutqichning pastki tugunidagi ganglioz xujayralarda tugaydi; shu tarmoqlardan bir qismi esa tugunda uzilmay, qorin nervining tarkibida kelib, ichak tutqichdan periferiyada, qovuq asosida ganglioz xujayralarda tugaydi. Qirqilgan qorin nervining markalar uchlariga ta‘sir etilganda shu nerv tarkibiga keluvchi preganglionar tolalar qo`zg‗alish o`sha tolalarning tarmoqlangan joyigacha boradi, so‗ngra ichak tutqichning pastki tugunidagi ganglioz xujayralarga kiradi va bu tugundan ikkinchi qorin nervlarining tolalari orqali qovuqqa tarqaladi. Preganglionar tolalarning ahamiyati bilan isbot etiladiki, preganglionar tolalar qirqib qo‗yilganda ayniydi, shu qisishdan 8—10 kun keyin qirqilgan qorin nervining markaziy uchiga ta‘sir etilsa, ikkinchi qorin nervi butun turishiga qaramay ta‘sirot qovuqqa yetib 274 bormaydi. Xuddi shuningdek preganglionar neyron sinapslarida qo`zg‗alish o‗tishini tuxtatib qo`yadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling