Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ gangliylar (tugunlar) klassifikasiyasi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ gangliylar (tugunlar) klassifikasiyasi. Vegetativ gangliylar
(tugunlar) ixtisoslashishiga qarab umurtqa (vertebral), umurtqadan oldingi (prevertebral) va organ ichidagi (intramural) gangliylar degan uchta gruppaga ajratilishi mumkin. Vertebral gangliylar simpatik nerv sistemasiga mansub bo‗lib, umurtqa pog‗onasining ikki tomonida yotadi va ikkita chegara stvolni hosil qiladi (ularni simpatik zanjirlar deb ham yuritishadi). Vertebral gangliylar orqa miyaga tolalar bilan bog‗langan, bu tolalar birlashtiruvchi oq va kulrang tarmoqarni hosil qiladi. Postganglionar simpatik neyronlarning tolalari tugunlardan yo mustaqil nerv yo‗llari orqali, yoki simpatik nervlar tarkibida periferik organlarga boradi. Keyingi xolda chegara stvollarning tugunlaridan birlashtiruvchi ingichka kulrang tarmoqchalar (communicantis grisei) shaklida somatik nervlarga boradi Aksari simpatik preganglionar nerv tolalari chegara stvol tugunlarida uziladi; bu tolalarning ozgina bir qismi chegara stvolda uzilmay o‗tib, prevertebral gangliylarda uziladi. 271 Prevertebral gangliylar umurtqa poronasidan chegara stvol gangliylariga nisbatan uzoqroq masofada joylashadi, shu bilan birga o‗zidan innervasiya oluvchi organlardan ham bir qadar uzoq turadi. Prevertebral gangliylarga kipriksimon tugun, bo‗yinning yuqori va o‗rta simpatik tugunlari, quyoshsimon chigal, ichaktutqichning yuqori va pastki tugunlari kiradi. Chegara stvol tugunlarida uzilmay kelgan simpatik preganglionar tolalar kipriksimon tugundan boshqa hamma tugunlarda uziladi. Ko‗z muskullarini innervasiyalaydigan parasimpatik preganglionar tolalar esa kipriksimon tugunda uziladi. Organ ichidagi gangliylargaichki organlardagi chigallar kiradi, nerv xujayralariga boy bo‗lgan chigallar (intramural chigallar) ko‗pgina ichki organlarning, masalan, yurak bronxlar, qizilo‗ngachning o‗rtadagi uchdan bir qismi bilan pastdagi uchdan bir qismi, me‘da, ichak o‗t pufagi, qovuq (siydik pufagi)ning muskulli devorlarida, shuningdek ichki va tashqi sekretsiya bezlarida bor. B.L.Lavrentyev va boshqa tadqiqotchilarning gistologik tekshirishlariga qaraganda parasimpatik tolalar o‗sha nerv chigallarining hujayralarida uziladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling