Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Tikka turish akti. Skelet muskullari bosh miya katta yarim sharlari 
po‗stlog‗ining ishtirokida kelishib ishlaydi (koordinatsiya), bu esa murakkab 
harakat aktlarini bajarishdagina emas, odamning biron pozani saqlab turishida 
ham namoyon bo‗ladi. Tikka turish aktini misol tariqasida ko‗rib chiqaylik 
muvozanat saqlash tikka turish uchun zarur shartdir; butun gavdaning og‗irlik 
markazi gavdaning tayanch tekisligi ustida, ya`ni oyoq kaftlarining polga tegib
turish maydoni bilan chegaralangan tekislik ustida turgandagina (67-rasm) 
muvozanat egallash mumkin. 
67-rasm. Kishi bemalol tikka
turganda oyoqlarning tayanch tekisligi. 
5 - gavdaning umumiy og‘irlik 
markazi proektsiyasiga mos keluvchi 
nuqta. 
Odam tinchgina tikka turganda gavdasi frontal tekislikda ham, sagittal 
tekislikda ham muttasil tebranishi (67-rasm) maxsus tadqiqotlarda aniqlandi. Bir 
tebranishlar odam tikka turganda gavda muvozanatining beqaror ekanligidan 
guvohlik beradi. Odamning tikka turishi aslida gavdaning yiqila boshlashi bilan 
tezda muvozanat tiklanishining uzluksiz takrorlanishidan iborat. Gavdaning 
yiqilishiga sabab shuki, gavda qismlarining og‗irlik kuchi ta`siri chanoq son va 
tizza bo‗g‗imlari yoziladi boldir-panja burimlari esa bukiladi. Shu sababli qisqarib, 
og‗irlik kuchiga qarshi ta`sir etadigan muskullar qatnashgandagina muvozanat 
holatini uzoq saqlab turish mumkin. Gavda og‗irlik markazining tebranishlarini 
yozish bilan bir vaqtda turli muskullarning elektr aktivligi qayd qilinsa, gavda 
vertikal o‗qdan og‗gan paytda, ya`ni gavda yiqila boshlaganda muskullarning 
qisqarishiga ishonsa bo‗ladi (67-rasm). Muskullar refleks yo‗li bilan qisqarib, 
gavdaning tikka vaziyatga qaytishini ta`minlaydi. Odam tikka turganda 
muskullarning 
refleks 
yo‗li 
bilan 
qisqarishida 
vestibuloreseptorlar, 
proprioreseptorlar va ko‗ruv retseptorlarlari muhim rol o‗ynaydi. 
Odam tikka turganda gavdasining tebranishi E. B. Babinskiy va 
hamkorlari ishlab chiqqan stabilograf bilan qayd qilinadi. Bu asbob datchiklarga 
mahkamlab qo‗yilgan maydonchadan iborat bo‗lib, unga tekshiriladigan kishi 
tikka turg‗izib qo‗yiladi. Stabilograf gavdaning umumiy og‗irlik markazi qancha 
siljiganini aniqlashga imkon beradi. Sog‗lom kishida umumiy og‗irlik markazining 
tebranishlar amplitudasi 12 mm dan oshmaydi. Markaziy nerv sistemasining ba`zi 


266 
kasalliklarida (masalan, orqa miyaning proprioretseptorlardan impuls o‗tkazuvchi 
orqa ustunlari zararlanganda –orqa sohasida, shuningdek miyacha o‗smalarida 
gavda normadagiga nisbatan ko‗proq, tebranadi va oshsa ko‗z yumilganda 
barqaror tikka turib bo‗lmaydi. 
Odamning tikka turish aktida katta yarim sharlar po‗stlog‗ining ishtirok 
etishi shu bilan isbot etiladiki, sensomotor zona zararlanganda odam tikka 
turolmaydigan bo‗lib qoladi. Bola (shuningdek harakat tayanch apparati 
zararlangan katta yoshli kishi) uzoq mashq qilish natijasida gavdasini barqaror 
tikka tutadigan bo‗lib qoladi. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling