Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ nervlarning ikki neyronli strukturasi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
Vegetativ nervlarning ikki neyronli strukturasi. Barcha simpatik va
parasimpatik nerv yo‗llarining periferik qismi ketma-ket yotgan ikki neyrondan iborat. Birinchi neyronning xujayra tanasi markaziy nerv sistemasida bo‗ladi, aksoni periferiyaga borib, biron nerv tugunida tugaydi. Ikkinchi neyronning xujayra tanasi shu tugunda bo‗ladi, unda birinchi neyronning aksoni sinaptik oxirlarni hosil qiladi. Ikkinchi neyronning aksoni periferiyaga borib, tegishli organni innervatsiyalaydi. Birinchi neyron tolalari preganglionar tolalar deb, ikkinchi neyron tolalari esa postganglionar tolalar deb ataladi. Vegetativ nerv sistemasining birinchi neyroni qayerda tugashi va ikkinchi neyron qayerdan boshlanishi ikkita metod — morfologik va farmakologik metod bilan aniqlanadi. Morfologik metod shunga asoslanganki, aksonlarning o‗z xujayra tanalaridan ajratilgan periferik qismlari va oxirlari 6—14 kundan keyin o‗z xususiyatini yo‗qotadi. (ayniydi-degenerasiya). Preganglionar tola qirqib qo‗yilsa, degenertsiya faqat qirqish joyidan preganglionar neyron bilan postganglionar neyronni bir-biriga tutashtiruvchi sinapslargacha tarqaladi, xolos. Bordi-yu, postganglionar tola qirqib qo‗yilsa, nerv tolalari vegetativ nervlarning muskul yoki bezdagi oxirgi tarmoqlarigacha ayniydi. Shunday qilib, nerv tolalarining aynishiga qarab, bu tolalarning tamom bo‗lgan joyi aniq tasavvur qilinadi va uzilganligi aniqlanadi. J. Lengli taklif etgan farmakologik metod shundan iboratki, xayvonning son tomiriga nikotin eritmasi yuboriladi yoki tekshirilayotgan vegetativ yo‗lning biron qismiga shu eritma surtiladi. Nikotin ta‘sir eta boshlagan paytda vegetativ nerv 270 yo‗llarining neyronlararo sinapslarini qo‗zg‗atadi, so‗ngra esa falaj qilib qo‗yadi. Nerv gangliysi nikotindan zararlanishi sababli, shu gangliyda uziladigan preganglionar tolaning ta‘sirlanishi undan innervatsiyalanadigan periferik organga ta‘sir o‗tkazmay qo‗yadi. Nikotindan zaharlanmagan boshqa biron gangliyda uzilgan va nikotin surtilgan nerv uzelida uzilmay o‗tadigan preganglionar tolaga ta‘sir etish natijasida ta‘sirlanuvchi nerv uchun odatdagi effekt kelib chiqadi. Vegetativ nerv tolalarining uzilgan joylari morfologik va farmakologik metodlarni tatbiq etib muntazam tekshirishda aniqlangan. Vegetativ nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqqan yo‗lda nerv tolasi hamisha faqat bir joydan uziladi, ya‘ni periferik neyronlar o‗rtasida faqat bitta sinaps bo‗ladi. Vegetativ nerv sistemasining nerv tolasi bir necha periferik nerv gangliysidan ketma-ket o‗tsa, bir gangliydan boshqa hamma gangliylarda uzilmasdan o‗tadi, bir gangliyda esa preganglionar tola tugab, postganglionar tola boshlanadi. Ko‗pincha birinchi parasimpatik neyronning aksoni undan innervasiyalanadigan organga uzilmay boradi, ikkinchi neyron esa butunlay innervasiyalanadigan organda bo‗ladi. Yurakning parasimpatik innervasiyasi misol bo‗la oladi: birinchi neyron aksoni sayyor nerv yadrosidan (ya‘ni uzunchoq miyadan) boshlanib, yurakka boradi va uning devoridagi ikkinchi neyron tanasida tugaydi. Periferik nerv stvolining yo`lida ketma-ket bog‗langan ikki neyron borligi vegetativ nervlarning somatik nervlardan farq qiladigan tipik belgisidir. Somatik nerv tolalari markaziy nerv sistemasidan chiqishda periferiyadagi biron joyda ham uzilmay, ko‗ndalang-targ‗il muskul xujayralarida tugaydi va sarkolemma ostida oxirgi tarmoqlarni hosil qiladi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling