Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlarga turli sharoitning ta`siri.
Yugirish. Odam yugurganda orqadagi oyoq kuchli ravishda yozilib, ikkinchi
oyoq yerga tegib ulgurmasdan ertaroq yerdan uziladi, shunga ko‗ra odam yurganda gavdasi bir necha vaqt yerga tayanmay muallaq turadi. Shuning natijasida butun tikkasiga (yuqoriga va pastga) ancha siljiydi. Harakatlarga turli sharoitning ta`siri. Har bir harakat vaqtida shu aktni tashkil etuvchi harakatlar zanjiri emas, balki harakat aktining oxirgi effekti organizm uchun muhimdir. Bir natijaga turli usullar bilan erishish mumkinligini Siklografiya metodikasi ko‗rsatib beradi. Tajribasiz ishchi mehnat harakatlarini bajarganda harakat apparatining ayrim zvenolari tejamli va aniq harakat qiladigan tajribali ishchidagiga nisbatan qancha nisbatda bo‗ladi. Bu 65-rasmdan yaxshi ko‗rinib turibdi. Bu rasmda arralash kabi siklik mehnat harakatida odam qo‗l muskullarining harakatlari va yurish aktivligining yozuvi keltirilgan. Arralashda bilak ritmik ravishda bukiladi va yoziladi. Tekshiriladigan kishi o‗rganguncha uning harakatlari yetarlicha uyg‗unlashmagan bo‗lib, siltoqqa o‗xshaydi. Yelka ikki boshli va uch boshli muskullarining elektromiogrammalari shuni o‗rgatadiki, bilak ritmik ravishda bukilib va yozilib turishiga qaramay, bukuvchi va yozuvchi muskullar uzluksiz qo‗zg‗algan holatda bo‗ladi. 264 65-rasm. Yurganda (ikki qadam quyganda) oyoqning ketma-ket vaziyatlari (V. S. Gurfinkeldaya). Oyoqlarni harakatlantirishda turli muskullarning ishtirok etishi ko‘rsatilgan. 1 va 2 - birinchi qadamning ikki tayanchli davri; 6 va 7 - ikkinchi qadamning ikki tayanchli davri; 3, 4, 5 va 8, 9, 10- bir tayanchli davrlari. Muskullardagi shtrixlarning qalinligi ularning qisqarish kuchiga mos keladi. Tekshiriluvchi kishi o‗rgatilgach uning harakatlari ko‗proq uyg‗unlashadi, kuchni bir tekis sarflaydi, ayrim sikllar ko‗proq standart bo‗lib qoladi. Elektromiogrammada tinchlik davrlari paydo bo‗ladi, bukuvchi va yozuvchi muskullarning qo‗zg‗alish davrlari esa ravshan chegaralanib turadi. 66-rasm. Ishchi arralayotganda uning harakatlari va elektromio grammasining qayd qilingani (R. S. Persondan). A - ishchi o‘rgatilguncha, B - ikki hafta o‘rgatilgandan keyin. yelka uch boshli muskulining elektromiogrammasi; 2 - yelka ikki boshli muskulining elektromiogrammasi; 3, 4, 5 - muskullarning pastga, yonga va oldinga zo‘r berishlari yozuvi; 6 - vaqt belgisi(1 soniya) Harakat aktlaridagi ayrim zvenolarning o‗zgaruvchanlik dalillarini odamning kundalik hayotida ko‗p uchratish mumkin. Notekis yo‗lda yurish yorqin misoldir: harakat harakteri yo‗lning barcha baland, past va g‗adir-budir joylariga moslashadi, chunki yurish aktida qatnashuvchi muskullardan har birining ishga tushish vaqtini, shuningdek qisqarish darajasi va uzunligini markaziy nerv sistemasi tegishlicha o‗zgartib turadi. Odam charchaganda markaziy nerv sistemasi harakat aktini boshqarolmaydi, natijada harakat akti avvalgidan ko‗ra ko‗proq muskullarning ishtirokida bajarila boshlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling