Va oliy nerv faoliyati
Vegetativ markazlar tonusi
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vegetativ nerv sistemasi tolalarining xossalari
Vegetativ markazlar tonusi. Vegetativ nerv sistemasining ko`pgina
markazlari muttasil tonus holatida bo‗ladi,ulardan innervatsiyalanadigan organlar qo‗zg‗atuvchi yoki tormozlovchi impulslarni shunga ko`ra uzluksiz olib turadi. Oldin ko`zdan kechirilgan ikki misol bilan tushuntiraylik, Itning ikkala sayyor nervi bo`ynidan qirqib qo`yilsa, yurak qisqarishlari tezlashadi, chunki sayyor nervlarning tonus holatidagi yadrolari yurakka doimo ko`rsatadigan tormozlovchi ta‘sirini shu nervlar qirqib qo`yilgandan keyin ko`rsatmaydi. Quyonning bir tomondagi simpatik nervi bo`ynidan qirqib qo‗yilsa, shu nerv qirqilgan tomondagi quloq tomirlari kengayadi, chunki tomirlar vazokonstriktor tonusdan mahrum bo`ladi. Qirqilgan nervning periferik uchiga sekundiga 1-2 stimul bilan ritmik ta‘sir etilsa, yurak qisqarishlarining sayyor nervlar qirqib qo‗yilguncha mavjud bo`lgan ritmi yoki quloq tomirlarining simpatik nerv butun vaqtdagi torayish darajasi tiklanadi. Vegetativ nerv sistemasi tolalarining xossalari. Vegetativ nerv yo`llarining somatik nerv yo`llaridan farq qiladigan morfologik xususiyatlari shuki, ular ikki neyrondan tuzilgan, nerv yo`li nerv tugunlarida uziladi, markaziy nerv sistemasidan g‗uj bo`lib chiqadi, periferiyada segmentar tipda taqsimlanmaydi va diametri kichik bo`ladi. Preganglionar tolalar ‗V‘ tipga kiradi' ; diametri 2—3,5 va ba‘zan 5 mk bo`lib, yupqa miyelin pardasi bor. Postganglionar tolalar S tipga mansub bo`lib, diametri 2 mk dan oshmaydi, ko`pchiligining miyelin pardasi yo`q.Vegetativ tolalar, ayniqsa postganglionar tolalar birmuncha kam qo`zg‗aluvchanligi bilan farq qiladi, ular skelet muskullarini innervatsiya qiladigan motor tolalarga ta‘sir etish uchun kerak bo`lganidan ko‗proq kuchlanishli elektr toki bilan ta‘sir etishni talab qiladi. Vegetativ tolalarda nerv impulslarining tarqalish tezligi ham kamroq; sut emizuvchilardagi preganglionar tolalarda 3 dan 20 m/sek gacha, postganglionar tolalarda 1 dan 5 m/sek gacha. Vegetativ tolalarning umumiy qonuniyati harakterli: ushbu tola qancha ingichka bo`lsa, reobazasi va xronaksiyasi o`shancha ortiq (ya‘ni qo`zg‗aluvchanligi kamroq), refrakter davri uzoqroq va impulslarni o‗tkazish tezligi kamroq. Simpatik va parasimpatik nerv tolalaridagi harakat potensiallari uzoq davom etishi bilan farq qiladi (ayrim cho‗qqi potensiali 150 msek gacha davom etishi, ya‘ni somatik nerv tolalaridagi cho‗qqi potensialiga nisbatan taxminan 100 baravar uzoqroq bo`lishi mumkin). Simpatik tolalarda harakat potensiali vujudga kelganda giperpolyarizatsiya uzoq (0,5 sekundgacha) davom etadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling