Va oliy nerv faoliyati


Vegetativ gangliy (tugun)larning funksiyalari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ gangliy (tugun)larning funksiyalari. Vegetativ gangliylar 
o‗zidan o‗tuvchi nerv impulslarining taqsimlanishi va tarqalishida anchagina rol 
o‗ynaydi. Gangliylardagi nerv xujayralarining soni gangliyga keluvchi 
preganglionar tolalar soniga nisbatan bir necha baravar ortiq (bo‗yinning yuqori 
simpatik tugunida 32 baravar, kipriksimon tugunda 2 baravar ortiq.) Shu tolalardan 
har biri gangliyning ko‗p xujayralarida sinapslar hosil qiladi. Shu sababli 
preganglionar tola orqali gangliyga kelgan nerv impulslari bir talay postganglionar 
neyronlarga va, binobarin,Innervasiyalanadigan organning yanada ko‗proq muskul 
va bez xujayralariga ta‘sir eta oladi. Shu tariqa, preganglionar tolalarning ta‘sir 
ko‗rsatadigan doirasi kengayadi. 
Preganglionar tolalar orqali keluvchi nerv impulslari nechog‗li keng 
tarqalishini quyidagi fakt ko‗rsatib turibdi: itning qorin bo‗shligidagi bir necha 
yirik organ me‘da osti bezi, ingichka ichak buyrak usti bezlari va buyraklarga 
sayyor (adashgan) nervning o‗rta hisobda 70 ga yaqin tolasi keladi. Sayyor nerv 
tolalarining bu chekli miqdori organ ichidagi nerv tugunlari va chigallarga sinaps 
orqali bog‗lanib, yuqorida aytilgan hamma ichki organlarning parasimpatik 
innervatsiyasini ta‘minlaydi. 
Ko‗pgina preganglionar tolalardan hosil bo‗lgan senapslar har bir 
postganglionar neyronda bor. Nerv impulslarining fazoda qo‘shilish xodisasi shu 
bilan bog‗langan. Preganglionar bir tolaga bo‗sag‗adan past kuchdagi stimul bilan 
ta‘sir etilsa, postganglionar tolalarda harakat potensiallari vujudga kelmaydi. Bir 
necha preganglionar tola bir tolaga ta‘sir etish uchun qo‗llanilgan kuchdagi 
stimullar bilan ta‘sirlansa, postsinaptik qo‗zg‗atuvchi potensiallarning fazoda 
masofada qo‗shilishi sababli postganglionar tolalarda harakat potensiallari qayd 


272 
qilinadi. Simpatik nerv tugunlarida ayrim preganglionar tolalarning ta‘sir zonalari 
qisman bir-birini qoplaydi. Shu sababli preganglionar tolalarning ikki tutamiga bir 
yo‗la ta‘sir etilganda okklyuziya xodisasi qayd qilnadi: preganglionar tolalarning 
ikki tutamiga bo‗sag‗adan yuqor kuch bilan bir yo‗la ta‘sir etish effekti shu 
tolalarning tutamlariga aloxida-aloxida ta‘sir etish effektlarining arifmetik 
yig‗indisiga nisbatan hamisha kamroq chiqadi. 
Preganglionar nerv tolalariga ta‘sir etilganda nerv impulslarining vaqtda 
qo‘shilish xodisasi ham ravshan ko‗rinadi. Yakka stimul, xatto ta‘sirot kuchi katta 
bo‗lganda ham, effekt bermaydi. (vegetativ nerv sistemasining neyronlari va 
markaziy nerv sistemasining ko‗pgina neyronlari yakka stimullar ta‘sirida 
qo‗zg‗ala olmaydi, bu xususiyatni iterativlik deb atashadi). Bunga qarama-qarshi 
o‗laroq, preganglionar tolalarning ritmik stimullar bilan ta‘sirlanishiga javoban 
postganglionar neyronlarda qo‗zg‗alish protsessi kelib chiqadi, chunki 
qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensiallar vaqtda qo‗shiladi. 
Neyronlararo sinapslarda nerv impulslarining bir tomonlama o‗tishi, tugunga 
kiruvchi ayrim preganglionar tolalar ta‘sir ko‗rsatadigan zonalarning bir-birini 
qoplashi, postsinaptik potensiallarning vaqtda ham fazoda qo‗shilishi va 
okklyuziya shuni kursatadiki, markaziy nerv sistemasidagi neyronlar va 
sinapslarning tuzilishi va xossalari qanday bo‗lsa, vegetativ nerv sistemasidagi 
neyronlar va gangliy sinapslarining tuzilishi bilan xossalari ham o‗shanday. 
Vegetativ nerv sistemasi neyronlarining harakterli xususiyati shuki, ularda 
vujudga keladigan impulslar birmuncha siyrak ritmli bo‗lib, sekundiga 10—15 dan 
oshmaydi. Masalan, tomir toraytiruvchi nerv tolalari orqali o‗tadigan 
impulslarning maksimal ritmi ko‗pincha sekundiga 6—8 dan oshmaydi. 
Preganglionar tolalarning qo‗zg‗alishlar chastotasi vegetativ nerv sistemasining 
neyronlarida vujudga keladigan tabiiy impulslar chastotasidan oshib ketsa, 
sinapslarda qisman ushlanib qoladi va postganglionar neyron siyrakroq ritmda
qo‗zg‗aladi. 
Shunday 
qilib, 
nerv 
impulslarining 
ritmi 
o‗zgartiriladi. 
Stimulyasiyaning soniyaga 100 dan ortiq chastotasi qo‗zg‗alishlarning sinaps 
orqali o‗tishini batamom to‗xtatib (blokada qilib) qo‗yadi. 
Vegetativ nerv sistemasining gangliylari reflektor markazlarni, ya‘ni reflektor 
dugalar shu gangliylarda tutashadimi? Bu savol ko‗p marta muxokama qilingan 
bo‗lsada, xanuz uzil-kesil oydinlashtirilgani yo‗q. Ba‘zi organlardagi nerv 
chigallarida, jumladan me‘da va ichakdagi Auerbax chigalida tuzilishi bilan bir-
biridan farq qiladigan va o‗zaro kontaktlanadigan ikki tipdagi nerv xujayralari 
borligi (bu xujayralarni A. S. Dogel topgan) vegetativ nerv sistemasining gangliy 
va chigallarida reflektor dugalarning tutashuvi mumkinligini ko`rsatadi. Ammo 
vegetativ nerv sistemasining gangliy va tugunlarida retseptorlardan qo`zg‗alish 


273 
olib keluvchi va impulslarni shu yerdayoq effektor neyronlarga o‗tkazuvchi 
retseptor neyronlar borligini ko‗rsatadigan yetarlicha ishonarli dalillar keltirilgani 
yo‗q. 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling