Va oliy nerv faoliyati


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Vegetativ reflekslar. Vegetativ reflekslar degan ko‗pgina reflektor 
reaksiyalarning yuzaga chiqishida vegetativ nerv sistemasining neyronlari 
qatnashadi :Eksteroretseptorlar ta‘sirlanganda ham, interoretseptorlar 
ta‘sirlanganda ham vegetativ reflekslar yuzaga chiqadi. Bu reflekslarda impulslar 
markaziy nerv sistemasidan periferik organlarga simpatik yoki parasimpatik 
nervlar orqali o‗tadi. 
Turli vegetativ reflekslar juda ko‗p. Meditsina praktikasida vissero-visseral, 
vissero-butan va butan-visseral reflekslarning ahamiyati katta. Ta‘sirlanganda 
reflekslarni yuzaga chiqaradigan retseptorlarning va oxirgi reaksiyaning vujudga 
kelishida qatnashuvchi effektorlar (ishlovchi organlar)ning ixtisoslashishiga qarab, 
bu reflekslar bir-biridan farq qiladi. 
Vissero-visseral reflekslar ichki organlardagi reseptorlarning ta‘sirlanishi 
natijasida vujudga keladigan va ichki organlar faoliyatining o‗zgarishi bilan 
tugaydigan reaksiyalardir. Aorta, karotid sinus yoki o‗pka tomirlaridagi bosimning 
ortishi yoki kamayishi natijasida yurak faoliyati, tomirlar tonusi, taloqqa qon 
to‗lishining reflektor o‗zgarishlari; qorin bo‗shlig‗idagi organlar ta‘sirlanganda 
yurakning refleks yo`li bilan to‗xtab qolishi; qovuq ichidagi bosim oshganda 
qovuq silliq muskullarining refleks yo`li bilan qisqarishi va qovuq sfinkterining 
bo‗shashuvi va boshqa ko‗p reflekslar vissero-visseral reflekslarga kiradi. 
Vissero-butan reflekslar shundan iboratki, ichki organlar ta‘sirlanganda 
gavdaning chetki qismlarida ter ajralishi, terining elektr qarshiligi (elektr 
o‗tkazuvchanligi) va teri sezuvchanligi o‗zgaradi. Masalan, ichki organlarning 
zararlanishiga a‘loqador bo‗lgan ba‘zi bir kasalliklarda terining muayyan 
qismlaridagi sezuvchanligi oshadi va elektr qarshiligi kamayadi. Qaysi organning 
zararlanishiga qarab, terining bunday qismlari topografiyasi har xil bo‗ladi. 
Butan-visseral reflekslar shundan iboratki, terining muayyan qismlari 
ta‘sirlanganda tomir reaksiyalari ro‗y beradi va muayyan ichki organlar faoliyati 
o‗zgaradi. Ba‘zi shifobaxsh proseduralar, masalan, ichki organlar og‗riganda 
terining ma‘lum bir qismini isitish yoki sovutish shunga asoslangan. Amaliy 
meditsinada vegetativ nerv sistemasining xolati xaqida fikr yuritish uchun bir qancha 
vegetativ reflekslardan foydalaniladi (vegetativ funksional probalar). Bularga 
ashnerning ko‘z-yurak refleksi (ko‗z soqqalariga barmoq bosilganda yurak 
urishining qisqa vaqt siyraklanishi), nafas olish-yurak refleksi, yoki nafas aritmiyasi 
(navbatdagi nafas olishdan oldin, nafas chiqarish oxirida yurak urishining 
siyraklanishi), ortostatik reaksiya (yotgan xolatdan tikka turganda yurak urishining 
tezlashuvi va arterial bosimning ko‗tarilishi) va boshqa reflekslar kiradi. 


283 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling