Va oliy nerv faoliyati
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`m bilish resseptsiyasining vakilligi
- Hid biluv resseptsiyasining vakilligi
- Odam miya po‘stlog‘idagi sensor zonalarni ta`sirlash va yemirish effektlari
Eshituv ressepsiyasining vakilligi. Eshituv analizatorining miya po‗stlog‗idagi uchlari birinchi chakkа pushtasida va Geshlning ko‗ndalang chakka pushtasida joylashgan. Afferent impulslar bu zonaga ichki tizzasimon tanalarning hujayralaridan (eshituv yo‗lining uchinchi neyronlari) keladi va ichki quloq chig‗anog‗ining eshituv retseptorlaridan axborot tashib turadi. Har hil balandlikdagi tonlar eshitilganda chig‗anoq retseptorlarlarida vujudga keluvchi impulslar eshituv zonasidagi hujayralarning turli gruppalariga keladi. Ta`m bilish resseptsiyasining vakilligi. Ta`m bilish analizatorining miya po‗stlog‗idagi uchlari, Penfildning ma`lumotlariga qaraganda, odamning chakka bo‗lagida. Silviy egati bilan sirkulyar egat yaqinidа, miya po‗stlog‗ining ta`sirlanib so‗lak ajrattiradigan qismiga yonma-yon joylashgan. Afferent impulslar ta`m bilish zonasiga talamusning orqadagi pastki yadrosidan keladi. Hid biluv resseptsiyasining vakilligi. Hid sezuvchanlikning yo‗llari ko‗ruv do‗mboqlarining yadrolari orqali o‗tmaydigan yagona afferent yo‗llardir. Ularning birinchi neyronlari - xid biluv hujayralari burun shilliq pardasida, ikkinchi neyronlari esa xid biluv piyozida joylashgan. Ikkinchi neyronlarning o‗siqlari xid biluv traktini hosil qiladi. bu trakt noksimon bo‗lakning oldingi qismidagi hujayralarga yetib oladi (A. Brodal), xid biluv analizatorining miya po‗stlog‗idagi uchi shu yerda bo‗ladi. Odam miya po‘stlog‘idagi sensor zonalarni ta`sirlash va yemirish effektlari. Odam miya po‗stlog‗idagi sensor zonalarning lokalizatsiyasi asosan 254 miya operatsiyalari vaqtida po‗stloqning turli nuqtalariga elektr toki bilan ta`sir etib o‗rganilgan. Operatsiyalar mahalliy anesteziya bilan qilingani uchun, qanday sezgilar kelib chiqayotganini bemor aniq aytib bera oladi. Penfild va boshqalarning o‗tkazgan mukammal tekshirishlari bu sezgilarning hamisha elementar harakterda bo‗lishini ko‗rsatadi. Masalan, odamning ko‗ruv zonasi ta`sirlanganda yorug‗lik qorong‗ulik va turli ranglarning sezgilari kelib chiqadi. Bu soxa ta`sirlanganda xech qanday murakkab ko‗ruv gallyusinatsiyalari ko‗zatilmaydi. Miya po‗stlog‗ining eshituv zonasi ta`sirlanganda har hil tovushlar sezgisi kelib chiqadi, bu tovushlar baland va past, qattiq va sekin bo‗lishi mumkin, ammo elektr bilan ta`sir etishda bemor xech qachon nutq tovushlarini idrok qilmaydi. Somatosensor zona ta`sirlanganda tegish, sanchish, et uvishish sezgilari, ba`zan sust temperatura yoki og‗riq sezgisi kelib chiqadi. Ro‗y-rost og‗riq sezgilari deyarli xech qachon kuzatilmaydi. Hid biluv yoki ta`m bilish zonalari ta`sirlanganda har hil hid yoki ta`m (ko‗pincha nohush) sezgilari kelib chiqadi. Odam miya po‗stlog‗ining sensor zonalari yemirilganda gavdaning zararlanish ochagiga qarama-qarshi tomonida sezuvchanlikning shu turi aksari qattiq buziladi. Ko‗ruv zonalari ikki tomonlama zararlanganda kishi ko‗r bo‗ladi, eshituv zonalari olib tashlanganda esa quloq kar bo‗lib qoladi. Odam miyasiga qon quyilganda, o‗sma paydo bo‗lganda, jarohatlanganda sensor zonalarning funktsiyalari hayvonlardagiga nisbatan ko‗proq buzilib, xadeganda tiklanmaydi. I. P. Pavlov katta yarim sharlar po‗stlog‗ining turli qismlarini olib tashlab, itlar ustida qilgan tajribalariga asoslanib, har bir analizatorning po‗stloqdagi uchida markaziy qism yoki yadroni va tarqoq elementlarni ajratish kerak deb xulosa chiqargan edi. Keng sohada joylashgan va analizator yadrosidagi kabi retseptorlardan impulslar oladigan nerv hujayralarini I. P. Pavlov tarqoq elementlar deb atagan edi. Analizator yadrosi yemirilganda funktsiyalar tarqoq elementlar borligi tufayli tarmoqlanadi. Analizatorlarning miya po‗stlog‗idagi uchlarida nerv hujayralari sensor zonalarda ko‗proq to‗plangani uchun bo‗lsa kerak odamda funktsiyalar tarmoqlanishi ham kamroq bo‗ladi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining assosiativ zonalari yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilish shuni ko‗rsatdiki, afferent impulslar talamus yadraloridan sensor zonalargagina emas, balki shu bilan bir vaqtda yondosh sohalarga ham kiradi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗ining shu soxalari assotsiativ zonalar deb ataladi (ular yuqorida ko‗zdan kechirilgan birlamchi sensor zonalardan farq qilinib, ikkilamchi sensor zonalar deb ham ataladi). Assotsiativ zonalar sensor zonalarning chekkasi bo‗ylab joylashadi va ulardan hamma tomonga 1-5 sm chamasida yoyiladi. Assotsiativ zonalardagi hujayralarning muhim xususiyati shuki, ular turli retseptorlarning periferik 255 ta`sirotlariga reaktsiya ko‗rsata oladi. Masalan, mushukning ikkilamchi eshituv zonasida shunday qismlar topilganki, ularda tovush ta`sir etgandagina emas, yorug‗lik ta`sir etganda yoki teriga elektr toki ta`sir etganda ham yuzaga chiqarilgan potentsiallar paydo bo‗ladi. Har xil retseptorlar sistemalaridan impuls olib keluvchi afferent yo‗llar ikkilamchi sensor zonalarning po‗stloqdagi hujayralarida qon konvergensiyalanishi shundan guvohlik beradi. Assotsiativ zonalarni olib tashlash natijasida sezuvchanlikning shu turi yo‗qolmaydi, lekin ayni vaqtda ko‗pincha ta`sirotning ahamiyatini to‗g‗ri baholash qobiliyati buziladi. Masalan, odamda ikkilamchi ko‗ruv zonasi hisoblanadigan 18- va 19-maydonlar (Brodman bo‗yicha) yemirilganda bemor hech qachon ko‗r bo‗lib qolmaydi, ammo ko‗rgan narsasini baholash qobiliyatidan mahrum bo‗lib qoladi. Shu jumladan, bemor o‗qiyotganda so‗zlarning ma`nosiga tushunmaydi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining chakka sohasidagi ikkilamchi eshituv zonasi yemirilsa, bemor ko‗pincha eshitgan so‗zlarining ma`nosini tushunmaydigan bo‗lib qoladi. Bu faktlarning hammasi shuni ko‗rsatadiki, katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ta`sirotlarni analiz va sintez qilish protsesslarida assosiativ zonalar muhim rol o‗ynaydi. Evolutsion taraqqiyot protsessidа katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi assotsiativ zonalarning egallagan maydoni tobora ortib borganligi va odamda eng katta miqdorga yetganligi ham shundan guvohlik beradi. Odamda assotsiativ zonalarning sensor zonalardan farq qiladigan muhim xususiyati shuki, ular yemirilganda muayyan funktsiyalar faqat qisqa vaqt buziladi. Yarim sharlar po‗stlog‗ining qolgan qismlari keyinchalik yemirilgan assotsiativ zonalar funktsiyasini o‗z zimmasiga oladi va shikastlanish kompensatsiyalanadi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling