Va oliy nerv faoliyati


Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi elektr xodisalari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/220
Sana13.09.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1676641
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   220
Bog'liq
YOSH FIZIOLOGIYASI, GEGIYENASI

Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi elektr xodisalari. Katta yarim 
sharlar po‗stlog‗ining yuzasiga yoki bosh terisiga ikkita elektrod qo‗yib, 
kuchaytirgichga ulansa, elektr potentsiallarining shakli, amplitudasi va chastotasi 
turlicha bo‗lgan uzluksiz tebranishlarini qayd qilsa bo‗ladi. Bu tebranishlar yozuvi 
elektroentsefalogramma deb, tekshirish metodining o‗zi esa elektroentsefalografiya 
(ensepolon - miya so‗zidan) deb ataladi. Elektroentsefalogrammani V. V. 
Pravdich-Neminskiy 1913 yilda turli galvanometr yordamida birinchi marta 


247 
hayvonlarda qayd qilgan. Keyinchalik G. Berger elektron usilitel texnikasini tadbiq 
etib, odamning shikastlanmagan bosh terisi orqali elektroentsefalogramma olish 
mumkinligini ko‗rsatib berdi. Bu metod o‗sha vaqtdan buyon eksperimental va 
klinik tadqiqotlarda keng rusum bo`ldi. 
60-rasm. Odam katta yarim sharlar pustlog`ining tashqi (a) va ichki (b) 
yuzasidagi sitoarxitektonik maydonchalar (Brodmandan). 
Elektroentsefalogrammani ajratib olishning ikkita metodi: bipolyar va 
monopolyar usullari bor. Bipolyar metodda katta yarim sharlar po‗stlog‗iga yoki 
bosh terisining tegishli bo‗laklariga ajratuvchi ikkita elektrod qo‗yiladi. Bu holda 
yarim sharlar po‗stlog‗ining elektrodlar ostidagi qismlari o‗rtasida elektr 
potentsiallari ayirmasining tebranishlarini elektroentsefalograf degan asbob qayd 
qiladi. Monopolyar metodda bir elektrod (aktiv elektrod) po‗stloq sohasiga 
qo‗yiladi, (ikkinchi (indifferent) elektrod odam qulog‗ining yumshoqliga yoki 
hayvonning burun suyagiga joylashtiriladi. Bu usulda aktiv elektrod ostidagi 
potentsiallarning tebranishlari qayd qilinadi. Odam bosh terisidan ajratib 
olinadigan potentsiallar amplitudasi 5-10 dan 200-300 mkv gacha, chastotasi 
sekundiga 0,5 dan 70 tebranishgacha va undan ortiq bo‗ladi. 
Yarim sharlar po‗stlog‗i va po‗stloq ostidagi tuzilmalarning turli qismlarida 
elektr 
potentsiallarining 
tebranishlari 
o‗rtasidagi 
o‗zaro 
munosabatlar 
elektroentsefalografiya metodi bilan o‗rganiladi. Buning uchun ko‗p kanalli 
elektroentsefalograflar ishlatiladi, bu asboblar miyaning 4 dan 32 tagacha 
nuqtasidagi elektr aktivligini bir yo‗la qayd qilishga imkon beradi. M. N. Livanov 
va V. M. Ananev taklif etgan elektroentsefaloskopiya metodikasi bu jixatdan 
yanada katta imkoniyatlar ochib beradi. Ular yasagan asbob - elektroentsefaloskop 
yarim sharlar po‗stlog‗ining 50 ta va xatto 100 ta bo‗lagidagi elektr-aktivligini 
yorib va ravshanligini uzluksiz o‗zgartirib turadigan nuqtalar shaklida qayd qiladi. 
Shu nuqtalarning hammasidagi potentsiallar tebranishi o‗rtasida mavjud 


248 
munosabatlarni 
analiz 
qilish 
uchun 
elektron-hisoblash 
mashinalaridan 
foydalaniladi. Elektroentsefalogramma ritmlari. Elektr tebranishlarining chastotasi, 
amplitudasi va fiziologik harakteristikalari jixatidan elektroentsefalogrammada 
to‗rtta asosiy tip tafovut qilinadi (60-rasm). 
Alfaritm potentsialning deyarli sinusoidal shakldagi, sekundiga 8-13 
chastotali, 
50 
mkv 
gacha 
amplitudali 
ritmik 
tebranishlaridan 
iborat. 
Tekshirilayotgan kishi jismoniy va aqliy tinchlik sharoitidа yotib yoki qulay 
kresloda o‗tirib, muskullarni bo‗shashtirgan va ko‗zlarini yumgan xolda 
tashqaridan ta`sir olmayotgan bo‗lsa, alfaritm ro‗yrost seziladi.
Aksari tadqiqotchilarning fikricha, yarim sharlаr po‗stlog‗ining alfaritm 
ko‗proq doimiyligi bilan ta`riflanadigan va amplitudasi kattaroq bo‗ladigan ikkita 
sohasi bor: shulardan biri ensa bo‗lagida, ikkinchisi tepa bo‗lakda. Ensa 
bo‗lagidagi alfaritm yarim sharlar po‗stlog‗ining ko‗ruv zonasida vujudga keladi; 
qoida o`laroq ko‗zi ojizlarda bo‗lmaydi yoki sust bilinadi. Tepa bo‗lakdagi 
alfaritm Roland ritmi deb ataladi, chunki u proprioretseptiv (harakat) 
analizatorning miya po‗stlog‗idagi uchini o‗z ichiga olgan Roland sohasining 
aktivligiga bog‗liq.
Odamdagi alfa-ritmga o‗xshaydigan tebranishlar shunga o‗xshash sharoitda 
laboratoriya hayvonlarida ham qayd qilinadi va alfasimon ritmlar deb ataladi.Beta 
ritm sekundiga 13 dan ortiq tebranishli va 20-25 mkv gacha amplitudali chastotalar 
bilan ta`riflanadi. Bu ritm yarim sharlar po‗stlog‗ining peshana bo‗limlarida 
ko‗proq va tepa bo‗limlarida birmuncha kamroq seziladi. Har hil ta`sirotlar 
berilganda, ayniqsa yorug‗lik tushirilganda, aqliy ishda, masalan, arifmetik masala 
yechilganda, emotsional qo‗zg‗alishda va shunga o‗xshash xollarda yarim sharlar 
po‗stlog‗ining ensa sohasida alfaritm tezda bettaritm bilan almashinadi.Aqliy 
faoliyatda diqqat e‘tiborga qancha ko‗proq zo‗r berilsa yoki reseptorlar qancha 
kuchliroq ta`sirlansa, alfaritm shuncha tezroq bettaritm bilan almashinadi. Turli 
ta`sirotlar berilganda Roland ritmi ham bettaritm bilan almashinadi, lekin qo‗l-
oyoq harakatlanganda vujudga keladigan proprioretseptiv ta`sirotlar bu ritmga 
ayniqsa kuchli ta`sir ko‗rsatadi. 
Tetaritm potentsiallarning sekundiga 4-8 chastotali, 100-150 mkv amplitudali 
tebranishlaridan iborat. Uyqu vaqtida va turli patologik sharoitda: gipoksiyada va 
o‗rtacha chuqur narkozda shunday ritm kuzatiladi. Deltaritm potentsiallarning 
sekundiga 0,5-3,5 chastotali, 250- 300 mkv amplitudali sekin tebranishlari bilan 
ta`riflanadi. Chuqur uyqu vaqtida, chuqur narkozda, gipoksiyada va katta yarim 
sharlar po‗stlog‗idagi turli patologik protsesslarda delta tebranishlar qayd qilinadi. 
Elektroentsefalogramma to‗lqinlarining kelib chiqish masalasi hali to‗la hal 
etilgani yo‗q. Markaziy nerv sistemasining boshqa bo‗limlaridagi hujayralar kabi, 
yarim sharlar po‗stlog‗ining neyronlari ham ta`sirlanganda yoki ularga boshqa nerv 


249 
hujayralaridan impulslar kelganda harakat potentsiallarini vujudga keltira olishi 
hujayra ichiga kiritiladigan yoki hujayra sirtiga qo‗yiladigan mikroelektrodlar 
yordamida tekshirib aniqlandi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi ko‗pgina 
sinapslarda, bundan tashqari, harakat potentsiallaridan oldin possinaptik 
(qo‗zg‗atuvchi va tormozlovchi) potentsiallar paydo bo‗ladi va ular ancha sekinroq 
o‗tadi. 
Elektroentsefalogrammaning sust to‗lqinlari atsinxron ishlayotgan yakka 
neyronlardan ko‗pchiligidagi harakat potentsiallarining algebrik yig‗indisidan 
iborat, deb faraz qilinardi. Ammo E. Edrian ilgari surgan bu fikr xozir e`tirof 
etilmay 
qo‗ydi, 
chunki 
yakka 
neyronlarning 
impuls 
aktivligi 
bilan 
elektroentsefalogramma to‗lqinlari o‗rtasida qandaydir bog‗lanish yo‗qligi isbot 
etildi (49-rasm). Ba`zi bir ta`sirotlarda elektr aktivligining bu ikki turi butunlay 
tarqalib ketishi mumkin. Masalan, efir narkozida yarim sharlar po‗stlog‗ining 
hujayralari harakat potentsiallarini vujudga keltira olmaydigan bo‗lib qoladi, ayni 
vaqtda elektroentsefalogramma potentsiallarining sust tebranishlari qayd 
qilinaveradi va kuchayib qoladi. 
Aksari tadqiqotchilarning fikricha, elektroentsefalogramma to‗lqinlarining 
kelib chiqishi possinaptik potentsiallarning algebraik yig‗indisiga bog‗liq. Katta 
yarim sharlar po‗stlog‗iga markaziy nerv sistemasining boshqa bo‗limlaridan 
impulslar kelishiga qarab, possinaptik potentsiallarning yig‗indi natijalari har hil 
bo‗ladi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗idagi va hujayralarining katta gruppasi sinxron 
qo‗zg‗alganda possinaptik potentsiallarning qo‗shilishi (yig‗ilishi) natijasida ajratib 
oluvchi elektrodlarda elektroentsefalogrammaning yuksak amplitudali, sust, 
alfasimon yoki deltasimon to‗lqinlari qayd qilinadi. Katta yarim sharlar 
po‗stlog‗iga afferent impulslar kamroq kelganda (odam ko‗zini yumganda, tinch va 
binoda turganda), shuningdek uyqu va narkoz vaqtida shunday holat kuzatiladi. 
Yarim sharlar po‗stlog‗iga afferent impulslar kelib tursa, elektrod ostidagi turli 
hujayralarda 
possinaptik 
potentsiallar 
bir 
vaqtda 
vujudga 
kelmay, 
elektroentsefalogrammada potentsiallarning betaritm tipidagi past amplitudali tez-
tez tebranishlari qayd qilinadi. Uyqudan uyg‗onish vaqtida va ziyraklikda 
elektroentsefalogramma shunday o‗zgaradi. 
 


250 
 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling